Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi

04.06.2025   11280   1 min.
Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi

#xabar #haj2025

3 iyun kuni Makka shahridagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar o‘zlari turgan mehmonxonalarda g‘usl qilib, ehrom bog‘lab, haj niyati ila imonu ixlos bilan labbaykani aytib Mino vodiysiga yo‘l oldilar. 


Eslatib o‘tamiz, zylhijja oyining cakkizinchi kyni (by kyn bizda "yolg‘on apafa", apabchada eca "tapviya kyni" deyiladi) Minoda hojilar toatu ibodatda bo‘ladilar. Minoda tarviya kunining bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Asosan duo, ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Islom tarixida Payg‘ambar alayhissalom shunday qilganlar.


Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi hojilarimiz 4 iyun chorshanba kuni Mino vodiysida, 5 iyun payshanba kuni esa Arafot va Muzdalifa vodiylarida haj amalining asosiy kunlarini ado etadilar. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

13.06.2025   6361   1 min.
Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.