Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Agar iymoningiz sustlashib, ibodatga tanbal bo‘lib qolsangiz, ushbu duoni ko‘p o‘qing:
اللّهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا
O‘qilishi: Allohumma laa taj’alniy shaqiyyan va mahruuman
Ma’nosi: Allohim! Meni badbaxt va mahrum bo‘luvchilardan qilmagin!
Shayx Muhammad Shinqitiy rahimahulloh