Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Qabristondagi mevalarni yeyish mumkinmi?

18.06.2025   7553   2 min.
Qabristondagi mevalarni yeyish mumkinmi?

Savol: Mahallamizdagi qabristonda mevali daraxtlar bor. Ularning mevalari pishgan paytda, ko‘pchilik qatori biz ham kirib yeb turamiz. Ba’zilar bu ish joiz emas deb qolishdi. Shunga dinimizda nima deyilgan?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu haqida Burhoniddin ibn Moza rohimahulloh shunday zikr qilganlar: "Qabristondagi daraxtlarning hukmi ikkiga bo‘linadi: 

1. Ular yer qabristonga aylantirilishidan oldin ekilgan bo‘lishi mumkin;
2. Ular yer qabristonga aylantirilganidan keyin ekilgan bo‘lishi mumkin. Agar daraxtlar yer qabriston qilinishidan oldin ekilgan bo‘lsa, ekkan odamning mulki bo‘ladi. Shuning uchun, daraxtlarning egasi tirik bo‘lsa, uning roziligi bilan yoki undan sotib olib, keyin iste’mol qilish joiz bo‘ladi. Agar daraxtlarning egasi ulardan odamlar yeyishlarini muboh qilgan (ruxsat bergan) bo‘lsa, u holda so‘ramasdan yeyish ham joiz bo‘ladi. Ammo egasining niyati ma’lum bo‘lmasa yoki egasi vafot etgan bo‘lsa va nima maqsadda ekkani noma’lum bo‘lsa, u holda ulardan yeyish joiz bo‘lmaydi. Agar daraxtlar yer qabristonga aylantirilganidan keyin ekilgan bo‘lsa, ushbu holatda ham, ular egasining mulki hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, bunda ham egasining niyatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar egasi ma’lum bo‘lmasa yoki uning niyati ma’lum bo‘lmasa, u holda ular qabristonning mulki bo‘lgani uchun, ularni sotib, pulini qabristonning ehtiyojlari va ta’miri uchun ishlatiladi” (“Muhiyt”).

Demak, qabristondagi mevalarni yeyish yoki boshqa ekinlarni olish, ularni ekkan egasining niyatiga bog‘liq bo‘lar ekan. Agar boshqalar yeyishlari yoki foydalanishlari uchun ekkan bo‘lsa, ulardan yeyish joiz bo‘ladi. Ammo o‘zi uchun ekkan bo‘lsa, yoki niyati ma’lum bo‘lmasa, yoki kim ekkani ma’lum bo‘lmasa, u holda ularni pulga sotib olib yeyish yoki foydalanish joiz bo‘ladi xolos.

Shu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ba’zilar qabristondagi mevali daraxtlarning tomiri mayyitning qoni va najosatidan ozuqa olgani uchun, ularni yeyish makruh degan da’volarni qilishadi. Bunga javoban ulamolar ushbu da’vo o‘rinsiz hisoblanadi. Chunki daraxtlarning ildizlari garchi najosatdan ozuqa olsa ham, istihola (bir narsani butunlay boshqa narsaga aylanishi) yo‘li bilan boshqa moddaga aylanadi va ularning mevalarini yeyish hech bir makruhliksiz joiz va halol bo‘ladi deganlar ("Ahkomul-janoiz"). Ammo shunday bo‘lsada, qabristonlarga mevali daraxtlarni ekmaslik tavsiya qilinadi. Zero, ularning tomirlari qabrlarni o‘pirilishiga olib kelishi mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qabul jarayoni bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon va internet sahifalari

27.06.2025   6917   2 min.
Qabul jarayoni bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon va internet sahifalari

#xabar #qabul #qayta_aloqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqida quyidagi telefon raqam, internet va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali ma’lumot olishingiz mumkin: 
 

 OLIY TA’LIM MUASSASALARI:

1. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
+998712400115
 oliymahad.uz // @oliymahad   (https://t.me/oliymahad)

2. Mir Arab oliy madrasasi 
+998913129404
 mirarab.uz // @Mirarabuz (https://t.me/Mirarabuz)  

3. Hadis ilmi maktabi
+998662402051
 muhaddis.uz // @muhaddisuz (https://t.me/muhaddisuz)

4. Imom Termiziy nomidagi islom instituti
+998554510596
 imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz)


 O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASALARI: 

1.  “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712444827
 kukaldosh.uz // @kukaldoshuz  (https://t.me/kukaldoshuz)

2. “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712484752, +998941044752
 xadicha.uz // @xadichauz   (https://t.me/xadichauz)

3. “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998507086870
 maxdum.uz // @maxdumuz   (https://t.me/maxdumuz)

4.  “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998885726006
 hidoya.uz // @hidoyauz  (https://t.me/hidoyauz)

5.  “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998755427425
 xojabuxoriy.uz // @Xojabuxoriy  (https://t.me/Xojabuxoriy)

6.  “Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998954204597
 mirarabmadrasa.uz // @mirarabmadrasa  (https://t.me/mirarabmadrasa)

7.  “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998652217744
 juyborikalon.uz // @juyborikalon  (https://t.me/juyborikalon)

8.  “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998556022444
 arroziy.uz // @arroziyuz (https://t.me/arroziyuz) 

9. “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998551015512
 alberuniy.uz // @alberuniyuz  (https://t.me/alberuniyuz)

10. “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998554510596
 imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz) 

 
2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring! 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari