Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Iyul, 2025   |   6 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:17
Peshin
12:34
Asr
17:33
Shom
19:45
Xufton
21:12
Bismillah
31 Iyul, 2025, 6 Safar, 1447
Maqolalar

Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

07.07.2025   6809   1 min.
Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.

Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.

Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Solihlardan emasman, deb umidingni uzma!

30.07.2025   1992   1 min.
Solihlardan emasman, deb umidingni uzma!

Ahli ilm va solihlarga muhabbat qiling va davralarida bo‘ling. Shoyad, shafoatlari yetsa:


Imom Shofeiy rahimahulloh aytadilar:

Solihlarni sevaman, garchi ulardan emasman,
Shoyad, ular orqali shafoatga erishsam.
Tijorati gunoh bo‘lganlarni suymasman,
Garchi ular kabi tijoratim(iz) bir bo‘lsa ham.


Yazid ibn Horun rahimahulloh aytadilar: “Muhammad ibn Yazid Vositiy vafot etgach, tushimda uni ko‘rdim va:

“Alloh sizga qanday muomala qildi?” deb so‘radim.

“U Zot meni mag‘firat qildi” dedi.

“Nima uchun?”, deb so‘radim. U bunday dedi:

“Juma kuni asr namozidan keyin bir majlisda edik. Abu Amr va Hasan Basriy rahimahumulloh ham kelib, duo qilishdi, biz “omin” deb turdik. Shu tufayli mag‘firat qilindik”.


Sufyon ibn Uyayna rahimahulloh aytadilar: “Otam o‘n besh yoshga to‘lganimda menga: Ortiq yosh bola emassan. Yaxshilik ortidan bor, shunda solih kishilar qatorida bo‘lasan, dedilar. Shundan beri maslahatlaridan chiqmadim(Ibn Javziy, Soydul Xotir).