Shu yil 28 fevral' kuni Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan otinoyilar uchun bilim va malakalarini mustahkamlash, xotin-qizlar bilan ishlash jarayonida dolzarb masalalarga e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlarni yanada yaxshilash maqsadida o'quv seminar o'tkazildi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda hamkor tashkilot vakillarining ham ma'ruzalari tinglanib, ular tomonidan otinoyilar ma'rifatini yuksaltirish uchun zarur ma'lumotlar berib o'tildi.
Seminarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyat mintaqaviy vakili, O'zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi mas'ul xodimlari, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Rivoyat qilinishicha, bir kuni sahroda bir otliq kishi ketib borardi. Cho‘lda sarson bo‘lib, adashib chanqoqdan tinkasi qurigan bir kishini uchratdi. Bu odam otliqdan suv so‘radi, otliq unga suv berdi. Yo‘lovchi biroz o‘ziga kelgach otliqdan uni o‘zi bilan olib ketishini iltimos qildi. Otliq rozi bo‘ldi va yo‘lovchini otiga minishiga izn berdi.
Ammo, yo‘lovchi ko‘p toliqqani uchun otga o‘zi mingasha olmadi va: "Men chavandoz emasman, oddiy dehqonman, shuning uchun otga minishga o‘rganmaganman. Iloji bo‘lsa menga otga minishimga yordamlashib yuborsangiz", deb iltimos qildi.
Otliq otdan tushib, unga yordam berdi. Biroq, yo‘lovchi otga mingach, mohir chavandoz kabi otni choptirib qochib qoldi.
Shunda otliq o‘zini aldanganini angladi va qochayotgan o‘g‘rining ortidan qichqirib: "Menga qilgan bu ishingni hech kimga aytma, iltimos! Yo‘qsa, odamlar bir-birlariga muruvvat qilmay qo‘yadilar", dedi.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV