Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Hatmga o'tadigan qorilar suhbatdan o'tkazildi

28.02.2024   855   1 min.
Hatmga o'tadigan qorilar suhbatdan o'tkazildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Holiqnazar hazratlari tashabbusi bilan muborak Ramazon oyidagi xatmi Qur'on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni suhbatdan o'tkazish an'anasi yo'lga qo'yildi.

Ushbu an'anani davom ettirish maqsadida 2024/1445 yil Ramazon oyida Respublikamizdagi xatmi Qur'on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni saralash uchun suhbatlar tashkil qilindi. 

Jumladan, bugun 2024 yil 28 fevral' kuni Toshkent shahridagi masjidlarda xatmga o'tadigan qorilar suhbatdan o'tkazildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi «Qur'on va tajvidni o'rgatish» bo'limi mudiri shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlar mazkur qorilarning tayyorgarligini tekshirib, ularga kerakli tavsiyalarni berdilar.

 

 

 
Boshqa maqolalar
Videolar

7-Savol: Meros vasiyat qilinmagan bo‘lsa taqsim qilinadimi?

04.07.2025   429   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir”.

Sayidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar