Cavol: Ba'zan uyda yolg'iz namoz o'qishimga to'g'ri keladi. Shunda Bomdod, Shom va Huftonning farz namozlarini o'qiyotganda Fotiha va Zam surani ovoz ciqarmay o'qisa ya'ni faqat o'zim eshitadigan darajada o'qisam bo'ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Namozda jahriy yoki maxfiy degan hukmlar qiroat ya'ni Fotiha va zam suraga tegishlidir va bu farz namozlarida ba'zan vojib, ba'zan esa ixtiyorli bo'ladi. Namozda lab til yordamida harflarni talaffuz qilish bu namozdagi barcha zikr tasbehlar, qiroatu duolarga tegishli. Bunda o'zi eshitar darajada pichirlab o'qish nazarda tutilgan. O'zi eshitmasada tili qimirlab harflarni to'g'rilab aytishni ham joiz degan ulamolar bor.
Demak, Bomdod, Shom, Hufton namozlarini farzlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha va zam surani ovoz chiqarib o'qish jamoat bilan o'qilganida imomga vojib bo'ladi, yolg'iz o'qiyotigan namozxonga esa ixtiyorli bo'ladi. Peshin va Asr namozlarida hammasi ichida o'qiladi. Ichida, maxfiy degani harflarni til va lab yordamida talaffuz qilmasdan degani emas. Maxfiyni chegarasi o'zi eshitmog'idir. Jahriy esa eng kamida yonidagilar eshitmog'idir. Namozdagi duolar jahriy o'qilmaydi. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda tashqarisi ichkaridan, ichkarisi tashqarisidan ko‘rinadigan xonalar bor", deganlar.
Shunda bir a’robiy: "Ular kim uchun, ey Allohning Rasuli?" deb so‘ragan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Shirinso‘z, taom ulashgan, ro‘zada bardavom bo‘lgan, kechasi hamma uxlab yotgan paytda Alloh uchun namoz o‘qiganlar uchun", deganlar.