Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

Imomi Kisoiyning zakovati

23.02.2024   713   1 min.
Imomi Kisoiyning zakovati

Imomi Muhammad ibn al Hasan rohmatullohi alayhi  bilan Kisoiy rohmatullohi alayhi bir majlisda birga edilar. Kisoiy rahmatullohi alayhi  Muhammad ibn al Hasan rohmatullohi alayhning xolasining o'g'li edi. Muhammad Kisoiyga; Shuncha zakovating bo'la turib, nima uchun fiqh ilmi bilan shug'ullanmaysan dedi. Shunda Kisoiy  Arab tili sarf - nahvsini puxta bilgan kishi boshqa ilmlarni ham bemalol o'qiy oladi dedi. Imomi Muhammad  uni imtihon qilib ko'rmoqchi bo'ldi. Men senga fiqhdan savol beraman, sen esa javobini nahvdan chiqarchi dedi. Mayli so'rang dedi, Kisoiy. Sajdai sahv vojib bo'lgan kishining sajda qilishi esidan chiqib qoldi, unga sajda qilish vojib bo'ladimi? dedi. Shunda Kisoiy bir oz o'ylab turdida, yo'q unga sajda qilish vojib bo'lmaydi dedi. Javobing to'g'riku ammo Nahv qoidalarining qaysi bobidan chiqarding dedi. Nahv ilmining falon bobida لا يصغر المصغر   (ismi tasg'ir qayta yana tasg'ir qilinmaydi ) deyilgan, deb javob berdi. Imomi Muhammad rohmatullohi alayhi uni zakovatidan ta'ajjublandi.

Yuldashev Izzatulloh

Toshkent islom instituti “Tillar” kafedrasi o'qituvchisi

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

14.08.2025   3523   2 min.
Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi

Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, hanafiy mazhabi asosida pok dinimizning asl mohiyatini ayol-qizlarga yetkazish, bid’at-xurofotlarning oldini olish muhim vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda, tabiiyki, otinoyilarning alohida o‘rni bor. 
 

Shu yil 13 avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
 

Yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda diniy soha hodimlari, shu jumladan, otinoyilarning mas’uliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, ayol-qizlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sof Islom dini ta’limotining asl mohiyatini keng ommaga yetkazish va har qanday jaholatni ilm-ma’rifat bilan yengish mumkinligi to‘g‘risida gapirdilar.
 

   Tadbirda Toshkent shahar, “Ma’rifiy targ‘ibot markazi” davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Zulayho Soatova, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimasi Nilufar Irgasheva va Toshkent shahar tumanlari bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va hudud otinoyilari ishtirok etdi.


   Toshkent shahar, "Ma’rifiy targ‘ibot markazi" davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali soxibi, Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich 2025-yil 25-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining 1037-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining mazmun –mohiyati. Mutaassiblik nima? Radikalizm atamasi haqida. Mutaassib va radikal shaxsning  belgilari, bir-biridan farqi va uni aniqlash usulari. Ular bilan suhbat o‘tkazish usullari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

  
  Nilufar Irgasheva otinoyilar faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar to‘g‘risida fikr almashdi. Shu bilan birga 6 oy davomida otinoyilar tomonidan amalga oshiriligan ishlar yuzasidan tahliliy fikrini bildirib, shuningdek, xar bir otinoyi MFY idoralarda “Jaxolatga karshi ma’rifat” loyihasi asosida tashkil etilayotgan manaviy-marifiy tadbirlarni o‘tkazishda faol bo‘lishlari lozimligini va ayollarni urfimiz va milliyligimizga xos kiyinishlarini va boshqalarga taqlid qilmasliklarini haqida bosqichma-bosqich tushuntirish ishlarini olib borishini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish doirasida otinoyilarning savollariga javoblar qaytarildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi Ma’naviyatli ayol-qizlar ko‘paysa, jamiyat barqaror bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari