#mustaqillik_xayriya_tadbiri
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Urgut tumanida keng qamrovli xayrli tadbir bo‘lib o‘tdi. Homiylar ko‘magida 194 nafar bolajonga yangi o‘quv yili arafasida maktab formalari topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, Urgut tuman bosh imom-xatibi Abdug‘ani domla Hasanov hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, homiylar va tuman hokimligi hamkorligida 20 nafar bolajonning sunnat to‘yi ham tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari bu ezgu ishlar yurtimizdagi saxovat va g‘amxo‘rlik an’analarining yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir bolajonlar qalbiga quvonch, yurtdoshlarimiz qalbiga iftixor bag‘ishladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida Navoiy viloyati imom-xatiblari o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Tadbir Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurjon domla Atoyev, viloyat hokimining o‘rinbosari Elyor Mardonov, shahar va tuman imom-xatiblari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bellashuvda viloyatning 11 ta hududidan 7 ta jamoa ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra:
1 o‘rin — Karmana tumani "Qosim shayx" jamoasi
2 o‘rin — Zarafshon shahrining "Qizilqum" jamoasi
3 o‘rin — Navbahor tumani "Qalqon ota" jamoasi egallashdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Navoiy viloyati vakilligi
Matbuot xizmati