Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyatidagi diniy soha xodimlari tomonidan boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va farzanlariga o‘quv qurollari, maktab forma va kiyimboshlar olib berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qur’oni karimga ko‘ra, terroristlarning omma xalqni portlatishi, insonlarni o‘z joniga qasd qilishga da’vat etishi va boshqa har qanday tinch aholini hayotiga qaratilgan tajovuzlarni amalga oshirishi ulkan jinoyat hisoblanadi.
Albatta, bu ishlarni amalga oshiruvchilarga jahannamda og‘ir azob-uqubatlar borligida hech qanday shak-shubha yo‘q. Qur’oni karimning Buruj surasida odamlarni yondirish taqiqlanganligi keltirib o‘tiladi:
“Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib, so‘ngra tavba qilmaganlarga, ana o‘shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor[1]”. (Buruj surasi, 10-oyat).
Qur’ondagi “fatanu” so‘zi “yondirish” ma’nosida ham tafsir qilinadi. Bu oyat odamlarni portlatuvchilar do‘zax egalari ekanligiga ishora qiladi.
Ibn Abbos va Muqatil aytdilar: “mo‘min va mo‘minalarni fitna qilib” oyati quyidagi ma’noni anglatadi: “Ular mo‘minlarni olov bilan yondiradilar”[2].
Ibn Humayd va Ibn al-Munzirdan rivoyat qilinichisha, Qatoda “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, oyatini “olov bilan yondirib o‘ldirish[3]” degan ma’noni anglatadi deb tafsir qilgan.
Imom al-Qurtubiy va Abu Hafs al-Hanbaliy ham shunday tafsir qilganlar[4].
Musulmonlarni o‘ldirishni haq deb bilganlar Islom chegarasidan chiqqan hisoblanadilar va lovullab yonayotgan do‘zaxning olovida azoblanadilar.
Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Xasadchi, tuhmatchi va folbin mendan emas va men ham ulardan emasman”. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni tilovat qildilar: “Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar”[5] (Ahzob surasi, 58-oyat).
Faxriddin ar-Roziy rahimahullohning Qur’on karim tafsirida quyidagilar yozilgan:
“Oxiratda do‘zax ahlini ikki turdagi azob o‘rab oladi, birinchisi bu ularning kufr keltirganliklari uchun bo‘lsa, ikkinchisi musulmonlarni yondirganliklari uchun beriladi”[6].
“Tafsir al-Jalolayn” asarining muallifi, yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni keltirib o‘tadi: “Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib”, olovda kuydirish orqali, “so‘ngra tavba qilmgan kimsalarga jahannam azobi”, iymonsizliklari sababli, “ular uchun o‘t azobi bordir” musulmonlarni olovda yondirganlari uchun[7].
“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
[1] Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi. – T.: «Hilol-Nashr» 2015. 590– b.
[2] Ar-Roziy, al-Tafsir al-Kabir, 13:III.
[3] Jaloliddin Suyutiy, al-Dur al-Manzur, 8:466.
[4] Muhammad al-Qurtubiy, al-Jomi li ahkam al-Qur’on, 19:295, Abu Hafs al-Hanbaliy, al-Lubab fi ulum al-Kita, 20:253.
[5] Al-Munzir al-Targ‘ib va al-Tarhib, 3:324, Ibn Asokir Tarix Dimashq al-Kabir, 21:334.
[6] Ar-Roziy al-Tafsir al-Kabir.
[7] JaloliddinSuyutiy va Jaloliddin al-Mahalliy, Tafsir al-Jalolayn, I:801.