Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2025   |   8 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:19
Peshin
12:18
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:22
Bismillah
30 Sentabr, 2025, 8 Rabi`us soni, 1447

Tirik hayvondan kesib olingan a’zoni yeyish

09.09.2025   5233   1 min.
Tirik hayvondan kesib olingan a’zoni yeyish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Zotdor qo‘yimiz bor. Dumbasi kattaligi uchun kestirmoqchi edik. Veterinar oshiqchasini operatsiya qilib, kesib berar ekan. Hayvon tirik bo‘ladi va yana yashab ketadi. Bismillahni aytib kesib beradi. Dumbaning kesilgan qismini yeyish hukmi nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tirik hayvondan kesib olingan a’zoni, garchi “bismillah” aytib kesgan bo‘lsa ham yeyish halol emas. Chunki Abu Voqid al-Laysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida ular tuyalarning o‘rkachlarini yorar va qo‘ylarning dumbasini kesib olar edilar. Bas, u zot: “Tirik holdagi hayvondan kesib olingan narsa, o‘limtikdir, yeyilmaydi”, dedilar (Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyati). Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi

30.09.2025   719   1 min.
Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi

1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining qutlovlari yo‘llandi.
Diniy idora tizimidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida ushbu tabrik o‘qib eshittirildi. Jumladan, “Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulug‘ bo‘lsa, ilm o‘rgatish, ya’ni, ustozlik qilishning fazilati undan-da ulug‘dir. Alloh taolo ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qo‘yganini Qur’oni karimda bayon etdi”, deyiladi tabrik matnida.
Shuningdek, unda so‘nggi yillarda diniy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar ham eslab o‘tildi. 
Qutlov so‘ngida diniy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, uzoq umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi
O'zbekiston yangiliklari