Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Oktabr, 2025   |   15 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:08
Quyosh
06:26
Peshin
12:16
Asr
16:11
Shom
17:59
Xufton
19:11
Bismillah
07 Oktabr, 2025, 15 Rabi`us soni, 1447

Alloh menga biror narsani eshittirsa

18.09.2025   5155   1 min.
Alloh menga biror narsani eshittirsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Padari buzrukvorim Mavlono muftiy Muhammad Shafe’ Usmoniy quddisa sirruh Pokiston muftiy A’zami edilar. U kishining butun hayotlari o‘qish va o‘qitish ila o‘tdi. Dorul ulum Devbandda ta’lim oldilar va o‘sha yerda ta’lim berdilar. U yerdagi «Dorul ifto»ning bosh muftiysi bo‘ldilar.

Bir kuni: «Men qachonki, bir joyga ketayotgan bo‘lsam va qayerdadir voiz va’z aytayotgani, nasihat qilayotganini ko‘rsam, qanchalik shoshmayin, bir muddat bo‘lsa ham, uning gapini eshitish uchun to‘xtayman. Ehtimol, Alloh taolo uning tiliga men uchun foydali bo‘lgan narsani joriy qilib qo‘yar», dedilar.

Bu gapni kim aytyapti? Pokiston muftiy A’zami huzuriga ertayu kech odamlar din o‘rganish uchun keladigan, hatto ulamolar muammolarini hal qilish uchun murojaat qiladigan inson aytyapti! Ilm talabi mana shudir. Vaholanki, odatda, va’z aytayotgan voizlar yoshi kichik, u kishining shogirdlari yoki shogirdlarining shogirdlari bo‘lar edi. Lekin «Shoyad uning og‘zidan men bilmagan va menga foydasi bo‘lgan biror narsani Alloh taolo eshittirsa», degan maqsadda biroz bo‘lsa-da, kutib turar edilar».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Boshqa maqolalar

Dunyo bilan nima ishim bor...

06.10.2025   840   1 min.
Dunyo bilan nima ishim bor...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني أنا يزيد بن هارون أنا المسعودي عن عمرو بن مرة عن إبراهيم عن علقمة عن عبد الله بن مسعود قال: نام رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم على حصير فأثر في جنبه فقلنا: يا رسول الله ألا آذنتنا فلنبسط لجسدك ألين منه فقال لي :”ما لي وللدنيا إنما مثلي ومثل الدنيا كراكب سار في يوم صائف فقال تحت شجرة ثم راح وتركها.

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bo‘yra ustida uxlaganlarida muborak yonboshlarida uning izi qolar edi.

U zot alayhissalomga: “Yo Allohning Rasuli, bizga izn bering yumshoqroq narsa to‘shab beraylik?!” deb aytdik.

Shunda menga: “Mening dunyo bilan nima ishim bor. Men bilan dunyoning misoli jazirama kunda safarga chiqqan yo‘lovchi kabidir. O‘sha musofir daraxt ostida dam olib, so‘ng uni tark etadi”, dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi