Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Oktabr, 2025   |   12 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:05
Quyosh
06:23
Peshin
12:17
Asr
16:15
Shom
18:04
Xufton
19:16
Bismillah
04 Oktabr, 2025, 12 Rabi`us soni, 1447

Alloh menga biror narsani eshittirsa

18.09.2025   5035   1 min.
Alloh menga biror narsani eshittirsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Padari buzrukvorim Mavlono muftiy Muhammad Shafe’ Usmoniy quddisa sirruh Pokiston muftiy A’zami edilar. U kishining butun hayotlari o‘qish va o‘qitish ila o‘tdi. Dorul ulum Devbandda ta’lim oldilar va o‘sha yerda ta’lim berdilar. U yerdagi «Dorul ifto»ning bosh muftiysi bo‘ldilar.

Bir kuni: «Men qachonki, bir joyga ketayotgan bo‘lsam va qayerdadir voiz va’z aytayotgani, nasihat qilayotganini ko‘rsam, qanchalik shoshmayin, bir muddat bo‘lsa ham, uning gapini eshitish uchun to‘xtayman. Ehtimol, Alloh taolo uning tiliga men uchun foydali bo‘lgan narsani joriy qilib qo‘yar», dedilar.

Bu gapni kim aytyapti? Pokiston muftiy A’zami huzuriga ertayu kech odamlar din o‘rganish uchun keladigan, hatto ulamolar muammolarini hal qilish uchun murojaat qiladigan inson aytyapti! Ilm talabi mana shudir. Vaholanki, odatda, va’z aytayotgan voizlar yoshi kichik, u kishining shogirdlari yoki shogirdlarining shogirdlari bo‘lar edi. Lekin «Shoyad uning og‘zidan men bilmagan va menga foydasi bo‘lgan biror narsani Alloh taolo eshittirsa», degan maqsadda biroz bo‘lsa-da, kutib turar edilar».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Boshqa maqolalar

“Nega yig‘layapsan, ey hadis tolibi?”

02.10.2025   3272   2 min.
“Nega yig‘layapsan, ey hadis tolibi?”

Hishom ibn Ammor bunday hikoya qiladi: «Madinaga, imom Molikning huzuriga keldim. U kishi xuddi podshohlardek haybat bilan o‘tirar edilar. Atroflarida shogirdlari o‘tirar, yana bir guruh odamlar tik turishar edi.

Odamlar u kishidan savol so‘rashar, u kishi esa javob berar edilar. Savol-javoblar tugagach, yonlariga borib, Menga hadis aytib bering, dedim. U kishi Yo‘q, sen o‘qi, men eshitib turaman dedilar.

Men esa Yo‘q, siz aytib bering, dedim. U kishi yana “Syen o‘qi, dedilar. Qayta-qayta so‘ravergan edim, bir kishini chaqirib, Hoy yigit, mana buni o‘n besh qamchi ur, dedilar. Meni qamchilashdi. Alamimdan yig‘lab yubordim.


Imom Molik yig‘laganimni ko‘rib, Nega yig‘layapsan, ey hadis tolibi? Joning og‘ridimi? dedilar. Shunda men: “Yo‘q, jonim og‘rigani uchun emas. Otam uyini yigirma dinorga sotib, pulini menga berib, Madinaga borib, sizdan hadis eshitishimni tayinlagan edi. Ilmdan olgan nasibam esa mana shu o‘n besh qamchi bo‘ldi. Endi men sizni kechirmayman”, dedim.

Shunda imom Molikning ko‘ngli yumshab, Xo‘p, buning kafforati nima ekan? dedilar. Shunda men Har bir qamchi evaziga bir hadis aytib berasiz, dedim. U kishi “Men anchadan beri hech kimga hadis aytmagan edim. Odatda menga o‘qib eshittirishadi. Boshqa narsa aytaqol, bolam”, dedilar. Men: “Yo‘q! Bo‘lmasa sizni kechirmayman”, dedim. Shunda u kishi menga o‘n beshta hadis aytib berdilar. Shundan keyin: Ustoz, yana qamchilab, yana hadis aytib bering, degan edim, “E bor-ye”, deb urishib berdilar.

 

Nodirbek XIDIROV,
Imom Zahabiyning “Siyaru a’lamin-nubalo”,
Ibn Asokirning “Tarixu Dimashq” kitoblaridan erkin tarjima.