Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Oktabr, 2025   |   10 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:21
Peshin
12:17
Asr
16:18
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
02 Oktabr, 2025, 10 Rabi`us soni, 1447

Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi

30.09.2025   3007   1 min.
Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi

1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining qutlovlari yo‘llandi.
Diniy idora tizimidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida ushbu tabrik o‘qib eshittirildi. Jumladan, “Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulug‘ bo‘lsa, ilm o‘rgatish, ya’ni, ustozlik qilishning fazilati undan-da ulug‘dir. Alloh taolo ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qo‘yganini Qur’oni karimda bayon etdi”, deyiladi tabrik matnida.
Shuningdek, unda so‘nggi yillarda diniy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, pedagog-o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi rejalar ham eslab o‘tildi. 
Qutlov so‘ngida diniy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, uzoq umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi Muftiy hazratlarining qutlovi o‘qib eshittirildi
Boshqa maqolalar

Iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar

30.09.2025   1887   1 min.
Iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا الحسن بن علي بن عفان العامري  نا ابن نمير عن الأعمش عن إبراهيم  عن علقمة  عن عبد الله قال: لما نزلت هذه الآية :﴿الذين آمنوا ولم يلبسوا إيمانهم بظلم﴾ قالوا: يا رسول الله  وأينا لا يظلم نفسه قال: ليس ذلك  هو الشرك  ألم تسمعوا إلى ما قال لقمان لابنه :﴿يا بني لا تشرك بالله إن الشرك لظلم عظيم.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Iymon keltirgan va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar” oyati nozil bo‘lganda, odamlar: “Yo, Allohning Rasuli, qay birimiz o‘ziga zulm qilmas ekan?” dedilar.

U zot alayhissalom: “Bunday emas, bu (aytilgan zulm) shirkdir. Luqmonning o‘g‘liga: “Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir”, deb aytganini eshitmaganmisizlar ?” dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi