Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Vatanga muhabbat

19.02.2024   1449   5 min.
Vatanga muhabbat

Bugun HHI-asrda zamon shiddat bilan o'zgarib bormoqda ba'zi insonlar nazdida Vatanni madh etish uni sevib ardoqlash o'rniga "Vatanga muhabbat", "vatanparvarlik" kabi tushunchalar etishmasligi oqlab bo'lmas holatdir. Vaholanki bu tushunchalar etmagandek yana u haqida salbiy fikrlar mavjudligi undanda ayanchlidir.

Bu kabi tushunchalar paydo bo'lishiga sabab nima?

-Balki bugungi davrda vatan haqida etarli tushunchalarning etishmasligidir?
- Yo Halqimiz orasida hech qanday dalilga ega bo'lmagan ig'volar tarqatib, Vataniga, xalqiga, oilasiga xiyonat qilayotganlarning ta'siridandir ?
Bunday ishlarning sababi vatanparlik muhabbatini uyg'otib bera oladigan ta'sirning kamligidir balkim?

Alloh taolodan muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining "Islomda Vatan tushunchasi" kitobi bunday bo'shliqni to'ldirishini so'ragan xolda so'zimizni davom ettiramiz.

Vatan mavzusi kitoblarga sig'mas, tugammas mavzudir aslida, biz vatan tushunchasi unga muhabbat ta'rifini oz bo'lsada izohlashga urinamiz.

-Vatan nima?
- Bir jamoa insonlar uning fuqaroligini olib, hoh u erda tug'ilgan yoki tug'ilmagan bo'lsin, unga mansub bo'lib, mustaqil, jamoaviy tarzda yashaydigan joy "Vatan" deb aytiladi.

- Vatanparvarlik (vatanga muhabbat) ma'lum va mashhur tamoyil bo'lib, u insonning o'z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo'lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Bir narsani xisobga olish kerakki vatanga muhabbat quruq gaplar-u og'iz ko'pirtirishlar bilan vujudga keladigan tuyg'u ham emas balki u qalbda yashab amalda namoyon boladi .

Bu borada imom G'azzoliy rohimahullohning Vatan tushunchasi haqidagi fikrlari ila so'zimni davom ettirsam.

Hujjatul islom Shayx Muhammad Gazzoliy rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Bashariyat oz erini undagi narsalari bilan, garchi u hech kim yashamaydigan chol bolsa ham yaxshi koraveradi. Vatanni sevish yurakka singib ketgan, insonni unda bolganida xotirjam, yiroq ketganida talpinadigan, hujum qilinganida asraydigan va kamsitilganida gazablanadigan qilib qoyuvchi tuygudir"

- Alloh taolo bandalari qalbiga vatanga bo'lgan muhabbatni jo qilgan.

"Agar Biz ularga ozlaringizni oldiring yoki ozingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda..." (Niso surasi, 66-oyat.)

Imom Faxriddin Roziy rahmatullohi alayh ozining "At-tafsir al-kabir" kitobi oyat tafsirida: "Alloh taolo Vatandan ayrilishni inson ozini ozi oldirishiga tenglashtirmoqda", degan.Alloh taolo bu bilan farazan: "Men ularga juda qiyin ikki ishni bajarishni farz qilganimda, itoat etmagan bolardilar", demoqda. Juda qiyin ikki ish: jonni oldirish va Vatandan ayrilish. Tarozining bir pallasida jonni oldirish ogirligi tursa, keyingi pallasida unga barobar Vatandan ayriliq turar ekan.

Oqil insonlar fikricha, Vatandan ayrilish juda qiyin, uning alami jonni oldirish alamiga teng keladigan ishdir. Bu esa Vatanga boglanish va unga muhabbat qoyish qalbga chuqur ornashgan ish ekanini korsatadi.

-Vatanga muhabbat nabaviy sunnatdir.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makkaga qarab:

"Ey Makka! Sen qanday gozal shaharsan! Sen menga qanday suyuklisan! Agar qavmim meni sendan chiqarmaganida edi, boshqa joyda turmasdim", dedilar"(Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sallolohu alayhi vassallam vatanlaridan majbur chiqqanlar risolatni etkazish uchun Madinaga bordilar.

Lekin doim o'zlari tug'ilib o'sgan Makka sari talpinar edilar. Alloh taoloning: «(Ey Muhammad!) Albatta, sizga (ushbu) Qur'onni farz qilgan Zot, shak shubhasiz, sizni qaytish joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir» (Qosos surasi, 85oyat) oyati nozil bo'lgach, taskin topdilar.

Vatan muhabbati

-Vatan muhabbati dabdaba va hasham emas. Balki u dushmanlarga qarshi yurt himoyasida turishday vojib sanalgan, undan uzrsiz qolib bo'lmaydigan shar'iy vojib amaldir.

Ikki kishini tarix esdan chiqarmaydi: Vatan himoyachisi va Vatan xoinini. Ulamolar vatanni sevish va uni himoya qilishni shar'iy vojib deydilar.

Hulosa qiladigan bo'lsak Yurt ravnaqi va taraqqiyoti oz-ozidan bolmaydi, albatta. Uning rivoji, gullab-yashnashi bagrida yashayotgan odamlarga bog'likdir. Mamlakatning xar bir fuqarosi yurt rivoji va taraqqiyotiga ozini daxldor deb bilishi, vazifasini sidqidildan ado etishi lozim. Bu yolda bir zum tin olmaslik, koldan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solmoqlik darkor. Yurt rivojiga har bir soha vakili mas'ul. Fuqaroning yurti taraqqiyotiga qoshayotgan hissasi uning qilayotgan mehnatida yaqqol namoyon bo'ladi.

Hoshimov Abdulxay

"Hidoya" o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Hadisi sharifda Vatan tushunchasi

14.01.2025   3331   4 min.
Hadisi sharifda Vatan tushunchasi

Muqaddas dinimizning ikkinchi manbasi bo‘lgan Sunnatda ham vatan tushunchasi va unga bo‘lgan muhabbat borasida talaygina hadislar kelgan.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan qaytayotib Madina ko‘chalarini ko‘rgan vaqtlarida tuyalarini tezlatardilar. (Ot, xachir kabi) ulovda bo‘lsalar, uni niqtardilar”.

Abu Abdulloh aytadi: «Horis Ibn Umayr Humaydning “Ulovni uni (Madinani) sevganlaridan niqtardilar” rivoyatini ziyoda qilgan» (Imom Buxoriy rivoyati).

Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz hajini ado qilsa, ahliga qaytishga shoshilsin. Chunki shunday qilishi ajrini ko‘paytiradi”, dedilar» (Imom Doraqutniy, Hokim va Bayhaqiy rivoyati).

Sharh: Alloma Munoviy[1] rahmatullohi alayh “Fayzul Qodir” kitobida hadisni quyidagicha sharhlagan: “(Vatanga) shoshilish – mustahab. “Ahl”dan murod esa vatandir, garchi u yerda ahli (oilasi) bo‘lmasa-da, kelishi bilan do‘stlari, ahllariga surur bag‘ishlagani uchun “shunday qilishi ajrini ko‘paytiradi”. Vatanda istiqomat qilishda boshqa joyga qaraganda ibodatga (oid) vazifalarni bajarish oson bo‘ladi. Bu Islom asoslaridan biri bo‘lgan haj borasida shunday deyilgan bo‘lsa, boshqa, ayniqsa, mustahab (arab. – “sevilgan”, “yoqtirilgan”) – shar’iy amal; uni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi) va muboh (arab. – “umumiy”, “ixtiyoriy” ish-harakat) – shariat tomonidan mukallaf kishiga qilish yoki qilmaslik ixtiyori teng berilgan amal) safarlarda (o‘z vataniga shoshilishi birinchi navbatda) talab qilinadi. Mana shu hadisdan Abu Hanifa rahmatullohi alayh Makkani qo‘shni tutish makruh (arab. – “rad etilgan”, “qoralangan”, “nomaqbul”) shariat hukmlaridan biri. Qat’iyan taqiqlanmagan, biroq nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amal. Makruh ikki xil bo‘ladi, degan hukmni olganlar”.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Safar azobning bir bo‘lagidir. Sizlarni taom, sharob va uyqudan to‘sadi. Qay biringizning safardan maqsadi hosil bo‘lsa, ahliga shoshilsin”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uch kishining: ota, musofir va mazlumning duosi ijobat qilinadi”, dedilar» (Imom Tabaroniy rivoyati).

Sharh: Alloma Munoviy rahmatullohi alayh “Fayzul Qodir” kitobida yozadi: “Uch kishining: otaning farzandga, musofirning va mazlumning zolimga qilgan duosi ijobat bo‘ladi. Safar vatandan uzoq, g‘urbatda bo‘lish, mashaqqatlarni boshdan kechirish sababli qalbda siniqlik paydo qiladi. Siniqlik duo ijobat bo‘lishining eng katta sabablaridan biri. Mazlum esa nochordir”.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mevaning avvali keltirilar edi. Shunda u zot: “Allohumma barik lana fi madinatina va fi samarina va fi muddina va fi so’ina barokatan ma’a baroka” duosini aytardilar. So‘ngra uni hozir bo‘lgan bolalarning eng yoshiga berardilar» (Muslim rivoyati).

Duoning tarjimasi: “Allohim! Bizning shahrimizga, mevamizga, muddimizga va so’imizga baraka ustiga baraka ber“. (Mud va so’ – hajm o‘lchov birliklari).

"Islomda vatan tushunchasi" kitobidan


[1] Alloma Munoviy. To‘liq ismi: Zaynuddin Muhammad Abdurrauf ibn Tojulorifin ibn Ali Zaynul Obidin Haddodiy Munoviy Qohiriy. Milodiy 1545, hijriy 952 yilda tug‘ilgan. Milodiy 1622, hijriy 1031 yilda Qohirada vafot etgan. Qomusiy olimlardan. Alloma Munoviy parhezkor, kam ovqat, kam uyqu zotlardan edi. 80ga yaqin kitob muallifi. Yozgan kitoblari: “Kunuzul haqoiq” (hadis haqida), “Fayzul Qodir sharhu jomeis sag‘ir” va boshqalar.

MAQOLA