Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Oliy ma'had ayol-qiz talabalari o'rtasidagi Qur'on musobaqasi g'oliblari aniqlandi

17.02.2024   1837   2 min.
Oliy ma'had ayol-qiz talabalari o'rtasidagi Qur'on musobaqasi g'oliblari aniqlandi

Toshkent islom institutida “Fevral' – Qur'on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e'lon qilingan. ShumunosabatbilanTahfizulQur'onkafedrasitomonidanOliyma'hadtalabaqizlario'rtasida “Qur'onmusobaqasi – 2024” ko'rik-tanlovio'tkazildi.

Tadbirda  O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari, institut rektori Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov, prorektorlar Yoqub domla Buxarbayev va Soatmurod Primov qatnashdi.

Musobaqa hifz va tilovat yo'nalishida o'tkazildi. Unda qoriyalarning chiqishlarini Tahfizul Qur'on kafedrasi qori ustozlari baholab bordi: Valixon qori Azimboyev, Sodiqjon qori Qurbonov, Jahongir qori Ro'ziyev va Islomxon qori Ubaydullayevlar.

Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

Hifz yo'nalishida:

1-o'rin: 2-kurs talabasi Valixonova Ominaxon;

2-o'rin: 1-kurs talabasi Yusufiy Ruqayya;

3-o'rin: 1-kurs talabasi Muzaffarxonova Robiya.

 

Tilovat yo'nalishi bo'yicha:

1-o'rin: 4-kurs talabasi Ikromova Mohinur;

2-o'rin: 2-kurs talabasi Yigitaliyeva E'zoza;

3-o'rin: 4-kurs talabasi Komilova Malohat.

G'oliba qoriya qizlarga qimmatbaho va esdalik sovg'alari mukofot sifatida topshirildi.

Zafar qori Mahmudov,

Toshkent islom instituti
Tahfizul Qur'on kafedrasi

o'qituvchisi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

5-6 Savol: Turmush qurgan qizlarga merosdan ulush bermaslik...

13.06.2025   8046   1 min.
5-6 Savol: Turmush qurgan qizlarga merosdan ulush bermaslik...

Saidjamol domla MASAYITOV – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar