Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

“TAFSIR BAYZOVIY”  ASARIDA OYaTLARNING TAFSIR ETISh USLUBI

11.01.2024   277   8 min.
“TAFSIR BAYZOVIY”  ASARIDA OYaTLARNING TAFSIR ETISh USLUBI

Qozi bayzoviy kim HIV asrda Hurosonda yashab, asosan tafsir, arab tilshunosligi bo'yicha faoliyat olib borga va bir necha yirik asarlar yozgan olimdir. Hayoti, ta'limi va faoliyatib, asarlari haqida qisqa va lo'nda malumot berish.

Eng asosiy asar i “Tafsir Bayzoviy” tarixi haqida qisqa va lo'nda malumot berish.

Asarning hozirgacha ilmiy doiralarda o'qib o'rganilishiga uning usluban mustahkam va asosli manbalarga tayanib yozilgani hisoblanadi. Bayzoviy asar muqaddimasida o'z uslub haqida quyidagilarni aytgan:

  1. Bayzoviy tafsir yozishdan oldin birlamchi o'rganish lozim bo'lgan ilmlar: aqoid va fiqh fanlariini puxta bilish, mufassir uchun zarurligi haqida bir asar yozib, unda mufassirlik shartlarini batafsil bayon qilganini zikr etadi.
  2. Arab tilini to'liq o'zlashtirish mufassirlik shartlaridan bo'lib, tafsiri kitobini yozishdan oldin bir asar yozib, oyatlardagi lug'aviy ma'nolarga alohida e'tibor qaratgan, ularni bir necha hil e'rob ko'rinishida o'qilishini ko'rsatib bergan. Masalan:    الم e'robi haqida  quyidagicha ko'rinishlarni bayon qiladi:   الم -  mubtado, (gapning egasi) u Kur'onga yoki suraga ism yoki undan, الم  dan tarkib topgan (taqdir qilingan) iboraga ismdir. ذلك esa uning xabaridir[1].
  3. Olim sahoba va tobe'inlar, salaf ulamolari va sohaning mutaxassislaridan etib kelgan so'zlar sarasini tanlab olib, o'z tafsirida keltiradi.
  4. Qur'on oyatlarini o'qilishidagi mashhur etti qiro'at ko'rinishlarini zikr etish bilan cheklanib qolmay, shoz (mashhur bo'lmagan) qiro'atlarni ularning roviylari mo''tabar bo'lgani uchun o'z o'rnida keltirib o'tgan.
  5. Bir oyatni zikr qilar ekan, gohida unga muvofiq keluvchi boshqa oyatlarni va hadisi shariflarni izoh va to'ldiruvchi sifatida keltirib o'tgan. Jumladan, Baqara surasi 2 oyati –لا ريب فيه هدى للمتقين   haqida هدى  majrur zamirdan hol (tushum kelishigidagi olmoshning ravishidir), u ravishdagi omil bo'lishsiz لا ga sifatdosh bo'lib kelgan o'rin-payt holidir. ريب so'zi aslida harakat nomi “رابني الشيء”  – “bir narsa meni shubxaga soldi” deb aytilgan iborada kelganidek, bezovtalanish va shubhaga borishni bildiradi. Buni ريب)  ) ni shubha deyilishi nafs qalqib, bezovtalanib uni xotirjamligi yo'qolishidir. Hadisi sharifda Seni shubxalantirganni tark qilib, shubxasiziga o't deyilgan.  Chunki,   شك)) shak – gumondir, (صدق)  sidq esa xotirjamlikdir. Hayot sinovlari tufayli zamon borasida shubxa qilishlik ham shak qilishlikdir[2].

Hullasi kalom oyatni tafsir kilishda unga xamohang hadisi shariflarni ham zikr kilganligini ko'ramiz.

  1. Bayzoviy aqidaviy oyatlarni tafsirida turli firqalarning so'zlarini ham keltirib, ahli sunna asha'riylarning qovlini tarjih (kuchli) sanab, unga qarshi chiqqanlarga raddiyalar berardi.

Masalan:  Alloh ta'aloning:  ولوموا أنفسكم )    ( فلا تلوموني oyati haqida Bayzoviy aytadi:  فلا تلوموني )   (ushbu oyat haqida  (shayton) faqat vasvasa qilishimni o'ziga meni malomat qilmanglar. Kimki ochiq dushmanlik qiladigan bo'lsa man kabi uni malomat qilinmaydi.   ( ولوموا أنفسهم ) Sizlar o'zlaringizni malomat qilinglar.  Man sizlarni vasvasa qilganimda robbingizni qo'yib menga itoat qildinglar, Robbingiz sizlarni da'vat qilgan narsaga itoat qilmadinglar. Mu'taziliylar bu kabi misollar bilan banda amallarini o'zi yaratadi deb dalil qiladilar. Bandaning qudrati o'zi o'sha ishni fe'li orqali bajarishi ham mumkinku, u qudrat esa Moturidiy ulamolari aytganlaridek bandaning kasbidir[3].   

  1. Hukm oyatlari haqida zikr qilganda unda fiqhiy mazhablarni qisqacha bayon qilib o'tardi. Ularni orasida Shofe'iy mazhabini tarjih (kuchli) sanardi. Ko'p o'rinlarda Hanafiy, Molikiy va Shofe'iy mazhablarini zikr qilish bilan kifoyalanib, Hanbaliy mazhabi haqida juda oz o'rinlarda so'z yuritardi balki, Hanafiy, Molikiy, Shofi'iy mazhablari bilan cheklanadi. Bunday holatlar uning tafsirida ko'plab uchraydi.

Masalan:

( معلومات ) Haj qilish ma'lum oylar haqidagi oyatini tafsirida : u shavvol, zul qa'ada va zul hijjani 9 kuni Shofi'iy mazhabida, Abu Hanifada esa, shavvol, zul qa'da   va zul hijjaning 10 kuni, Molikiyda zul hijjaning to'liq hammasi Haj oylaridir deyiladi. Yuqoridagi ixtiloflarga ko'ra Hajning vaqtidan murod Hajga ehromga kirish vaqti yoki Haj ammallari va manosiklarining vaqti yoki mutloq haj manosiklaridan iborat chiroyli sanaladigan amallar.

Imomi Molik zul hijja oyining oxirigacha umra qilishni makruh sanaganlar. Abu Hanifa esa, Shavvoldan oldin garchi ehromga kirish durust degan bo'lsalarda, ammo uni makruh sanaganlar[4].

  1. 8. Bayzoviy Isroiliyyot rivoyatlarini tafsirida juda kam o'rinlarda zikr kilgan, rivoyatlarni zaifligini bildirish uchun, boshida قيل روي kabi so'zlar bilan boshlaganligi ham, tafsir yozishdagi uslubiga dalolat qilardi[5].
  2. Qozi Bayzoviy koinotga oid (borliqqa oid) tabiat, falakiyotga doir oyatlar bahsiga chuqur kirib, atroflicha bayon qilishga harakat qilgan, shoyadki shu amali bilan Fahriddin Roziydek buyuk imomning التفسير الكبير tafsiri yo'lidan yursa, chunki, uning tafsiri yordamida yozganligini muqaddimada e'tirof qilgan edi[6].

Yuqorida Qozi Bayzoviy “Anvarut - tanzil va asrorut –ta'vil” nomli     tafsirining uslubi  haqida bayon qildik. Allomaning asarlari va uning sermahsul ijodi  haqida juda ko'p gapirish va yozish mumkin.

Hulosa qilib aytganda ettinchi asr hijriyda Qozi Bayzoviy Hurosonda ilm fan cho'qqiga chiqqan bir davrda zamonasining zabardast ulamolari bilan bir qatorda turib ijod qilgan buyuk simolardandir.

Bayzoviyning ko'plab durdona asarlari borki, bizlar uning asarlarini o'qib o'rganishimiz va izlanishlar olib borishimiz va kelajak avlodlarga etkazishimiz lozim va lobud bo'ladi.

 

 

Toshkent islom instituti

“ Tillar kafedrasi ” katta o'qituvchisi

Izzatilla Yuldashev.

 

 

 

 

.

 

 

 

 

.

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

04.08.2025   1660   1 min.
Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.

Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.

Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.