“Istixora” so'zi lug'atda “xayr, yaxshilikni talab qilish” degan ma'noni anglatadi. Musulmon kishi ikki ishdan qaysi birini qilishini bilmay qolganida, xayrlisini tanlash uchun ikki rakat istixora namozini o'qiydi.
Bu namozni har bir muboh ishdan oldin o'qish mustahabdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o'qisin”, deganlar.
Ulamolar ikki rakatning birinchi rakatida “Qul yaa ayyuhal kafirun”, ikkinchi rakatida esa, “Qul huvallohu ahad”ni o'qishni afzal deyishgan.
Istixora namozi ado etilgach ushbu duo o'qiladi:
«Allohumma inniy astaxiyruka bi'ilmika va astaqdiruka biqudrotika va as’aluka min fazlikal 'aziym. Fainnaka taqdiru va laa aqdiru va ta'lamu va laa a'lamu va anta 'allamul g'uyub. Allohumma in kunta ta'lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma'ashiy va 'aqibati amriy, 'ajili amriy va ojilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta'lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma'ashiy va 'aqibati amriy, 'ajili amriy va ojilihi fasrifhu 'anniy vaqdurlil xoyro haysu kana summa rozziniy bih».
“Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so'rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug' fazlingni so'rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman.
Seng'aybnibiluvchisan. Allohim, agarmanashuqilmoqchi bo'lgan ishim dinimda, hayotimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo'lsa, uni enga nasib etgin va oson qilgin. So'ng uni menga barakotli qilgin. Agar mana shu ishim dinimda, hayotimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo'lsa, mendan uni uzoqlashtir, qayerda bo'lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qilgin va meni undan rozi etgin”.
Ushbu duoni o'qiganda butun qalbingiz bilan Alloh taolo sizga yaxshilikni albatta iroda etishiga to'liq ishoning va xotirjam bo'ling. Zero, Alloh taolo sizga nima yaxshligini sizdan ko'ra yaxshi biladi. Demak, banda istixora namozini o'qib, duo qilganidan keyin yaxshi gumonda bo'lishi lozim ekan. Shunda natija yaxshi bo'ladi.
“Sunnatga muvofiq namoz o'qing” kitobidan olindi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan yuzasi arab yozuvidagi oyat, hadis va hikmatlar bilan ziynatlangan buyumlar mulyaji ham o‘rin olishi rejalashtirilgan. Jumladan, Markaz ekspozitsiyasidan joy olishi kutilayotgan X asrga oid "Allohdan boshqa iloh yo‘q” yozuvi tushirilgan ko‘za Somoniylar sulolasi davriga mansub artefakt hisoblanadi.
Islom dini Markaziy Osiyoga tarqalgandan keyin xattotlik san’ati shakllanib rivojlandi. Rassomlik o‘rniga xattotlik san’atiga ko‘proq e’tibor berildi. Buyumlar yuzasiga hikmatli so‘zlarni yozish urfga aylandi va arab yozuvi boshqa omillar qatorida Islom sivilizatsiyasi shakllanishiga turtki berdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati