"Armiya va xalq- bir tanu bir jon!"
Shavkat Mirziyoev.
Muhtaram yurtboshimizning ushbu olijanob g'oyalari barchamizga Vatan himoyasi nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimiz ekanligiga da'vatdir.
Ayniqsa, bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida sodir bo'layotgan to'qnashuvlar, nizo va ziddiyatlar bo'lib, begunoh insonlarning qurbon bo'layotgani, shahar va qishloqlarning vayronaga aylanayotgani, har birimizga Vatanimiz va dinimiz, oilamiz va xalqimiz tinchligini asrashga o'z hissamizni qo'shishimiz darkor.
Muqaddas dinimiz manbalarida Vatanni himoya qilish naqadar savobli ish ekanligi bayon qilingan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "To'rt kishiga o'lganlaridan keyin ham ajr oqib kelaveradi: Alloh yo'lida chegarada posbonlik qilgan holda o'lgan kishining ajri, bir ilmni o'rgatgan va u ilmga amal qilganlarning o'rgatuvchiga borodigan ajri, molidan sadaqai joriya qilgan kishining ajri, ortidan duo qiluvchi solih farzand qoldirgan kishining ajri".
Abdulloh ibn Muborak Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan zikr qiladilar: "Alloh taolo qiyomat kuni Sirot ustidan shamol kabi o'tadigan hisob-kitob qilinmaydigan va azoblanmaydigan qavmlarni tiriltiradi."Ey Rasululloh, ular kimlar?"deb so'rashdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Ular o'limni qo'riqchilikda topganlar", dedilar.
Mana 32 yildirki, 14 yanvar'- Vatan himoyachilari kuni sifatida keng tantana qilib kelinmoqda. Ushbu ayyomlarda kishining qalbidan quyidagi satrlar qalqib chiqadi.
So'rasalar mendan agarda do'stlar.
Mard, jasorat, vijdon egasi kimlar.
Javob beraman hech ikkilanmasdan.
Vatanin jon tikib qo'riqlaganlar.
Nasib etgan Alloh buyuk jasorat
Qalblarida vatanga kuchli muhabbat.
Ikki dunyo ko'rmaslar hasrat.
Vatanin jon tikib qo'riqlaganlar.
Tinchlik shodlik uchun tinmaslar
El- yurti duoda, hech kam bo'lmaslar.
Mahshargohda nadomatla ko'z yosh to'kmaslar
Vatanin jon tikib qo'riqlaganlar.
Etganlar Vatanin tuprog'in aziz
Qatra qoni razolatni cho'ktirgandir tiz.
Jonlariga Haq rahmati tinmagay hargiz.
Vatanin jon tikib qo'riqlaganlar.
Otasi rozi, onasi duoda nogoh.
Tanasin do'zaxdan asragay Alloh.
Jannatda yaxshilarga bo'lgaylar hamroh.
Vatanin jon tikib qo'riqlaganlar.
Yuragida Vatan va xalq sevgisi joy olgan shijoatli farzandlarimiz yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlamoqdalar. Ularning bedorlik bilan qilayotgan ishlari naqadar savobli amal hisoblanib, muqaddas dinimizda madh etilgan.
Alloh taolo yurtimiz sarhadlarini mustahkam qilib, xalqimizga tinch va farovon hayot muvaffaq aylasin!
Abdullaxon Mirzayev,
Denov tumani Muhammadqul jome masjidi imom- xatibi
Siz hech qachon yutqazmaydigan, kasodga uchramaydigan uchta tijoriy kelishuv haqida eshitganmisiz? Unda ushbu oyatga quloq tuting:
"Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladiganlar,
- namozni to‘kis ado etib,
- Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora nafaqa qiladiganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar" (Fotir surasi, 29-oyat).
Izoh: "..hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar". Bu ushbu oyatning asosiy xulosasidir. Dunyodagi tijoratda foyda ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan uch amalni – Qur’on tilovati, namoz va infoqni – bajargan insonlar Alloh bilan bo‘lgan "tijorat"dan hech qachon yutqazmaydilar. Bu tijoratning foydasi bu dunyoda ham, u dunyoda ham bo‘ladi. Bu dunyoda qalb xotirjamligi, baraka, hayotda ma’no topish kabilar, u dunyoda esa Allohning roziligi, jannat va abadiy saodatdir. Bu tijorat – haqiqiy va abadiy muvaffaqiyatdir.
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy