Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Masjid salomi namozi

09.01.2024   1033   3 min.
Masjid salomi namozi

Namozxon masjidga kirganida agar farz namozlari ado etilmayotgan bo'lsa, masjid bilan salomlashish niyatida o'qiydigan namozi “tahiyyatul masjid” deyiladi.

Bu namoz ikki yoki to'rt rakat o'qiladi. Afzali to'rt rakat o'qishdir. Tahiyyatul masjid namozini masjidga kirgan kishi o'tirmasdan oldin o'qishi sunnat hisoblanadi.

Mabodo o'tirib olingan bo'lsa ham turib o'qiladi. Unda ma'lum suralarni o'qish shart qilinmagan.

Tahiyyatul masjid namozini quyidagi paytlarda o'qib bo'lmaydi:

– Quyosh chiqayotgan, qiyomga (tikkaga) kelgan va botayotgan vaqtlarda;

– Asr namozini adosidan keyin shom namozini o'qib bo'lguncha;

– Bomdod namozini vaqti kirgandan boshlab quyosh chiqqunigacha;

– Imom xutba qilayotgan paytda;

– Hayit kuni quyosh chiqqandan keyin ham to hayit namozi o'qilgunigacha.

Tahiyyatul masjid namozini o'qib bo'lmaydigan vaqtlarda masjidga kirgan kishi Subhaanallohi, valhamdulillahivalaailahaillallohuvallohuakbar. Allohummasollivasallim'alanabiyyinaaMuhammadni aytsa masjid haqqini ado qilgan bo'ladi.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Birortangizmasjidgakirsa, o'tirishdanoldinikkirakatnamozo'qisin”, deganlar (ImomBuxoriy, ImomMuslimrivoyati).

Bir masjidga bir kunda bir necha bor kirilsa, bir marta o'qilgan tahiyyatul masjid namozi kifoya qiladi.

 "Sunnatga muvofiq namoz o'qing" kitobidan olindi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi

07.05.2025   513   1 min.
Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi

Bugungi kunda insoniylik, qadr-qimmat va ma’naviyat kabi oliy tushunchalarni jamiyatimizda mustahkamlashda ilmu irfon sohiblari, xususan, diniy soha ustozlari va faxriy imomlarning tutgan o‘rni beqiyos. Shu ma’noda, hududlarda ulug‘ va faxriy imomlar hamda hayot tajribasi boy ustozlarni ziyorat qilish, ularning duo-nasihatlarini eshitish, yosh avlodga ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tayotgan muhim amallardan biriga aylanmoqda.


Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchiligida ustozlar va faxriy imomlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ziyorat chog‘ida ularning o‘tgan hayot yo‘li, din va jamiyat uchun qilgan xizmatlari, og‘ir sharoitlardagi sabr va matonatlari haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.


Hayotdagi barcha ne’matlar, tinchlik, erkin ibodat, ilm olish kabi imkoniyatlarning qadrini anglashda o‘tmishdagi og‘ir sinov va qiyinchiliklarni eslash, ulardan saboq chiqarish juda muhim. Ziyorat chog‘ida ustozlar o‘z hayotlaridagi shunday davrlar haqida so‘z yuritar ekanlar, “Bugungidek sharoit bizga nasib bo‘lmagan, yoshlar esa ne’matlar qadriga yetishlari lozim”, degan fikrlarini bayon etdilar.


Ular o‘z nasihatlarida shukronalikni hayot shiori qilish, insonning o‘z ahvoliga rozi bo‘lib, biror ne’mat berilar ekan, undan ilm va amal bilan foydalanish kerakligini ta’kidladilar.


Shuningdek, masjidlarda faoliyat qilayotgan imomlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etarkanlar, ularga doimiy izlanishda, pok niyat va xolislik ila xizmat qilish lozimligi haqida pandu nasihatlar qilishdi. Bunday so‘zlar har bir yosh imomning qalbida mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishi, shubhasiz.

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi Ustozlar va faxriy imomlar ziyorat qilindi
O'zbekiston yangiliklari