Bir kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning oldiga kelib, rizqining torligidan shikoyat qildi.
Ali roziyallohu anhu:
– Ehtimol sen to'mtoq qalam bilan yozarsan? – dedi. U:
– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:
– Ehtimol siniq taroq bilan soch tararsan? – dedi. Haligi kishi:
– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:
– Ehtimol o'zingdan yoshi katta odamning oldiga tushib yurarsan? – dedi. U:
– Yo'q, – dedi. Ali karramallohu vajhahu: .
– Ehtimol bomdod namozidan keyin kun chiqmasdan uxlarsan? – dedi. U:
– Yo'q, – dedi. Hazrat Ali:
– Ehtimol ota-onangning haqqiga duo qilmay qo'ygandirsan? – dedi. U:
– Ha, – dedi. Shunda Ali roziyallohu anhu:
– Ularni eslab turgin. Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman. U zot: “Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi”, deganlar, – dedi.
Har namozdan keyin ikki daqiqangizni ota-onangizga duo qilishdan qizg'anmang.
Homidjon qori IShMATBYeKOV
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ibodat qilinadigan biror kun zulhijjaning o‘n kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro‘zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir" (Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati).