Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Saudiya Arabistoni Makka va Madina bo'yicha yangi reja tuzdi

31.12.2022   1061   1 min.
Saudiya Arabistoni Makka va Madina bo'yicha yangi reja tuzdi

Makka va Madina shaharlarini Saudiya Arabistonida “islom iqtisodiyotining faoliyat markazi”ga aylantirish maqsadida mamlakatdagi tegishli muassasalar bilan kelishuv imzolandi. 

Mamlakatning SPA rasmiy agentligiga ko'ra, shartnoma Savdo vaziri Majid bin Abdulloh al-Kasabiy ishtirokida Islom hamkorlik tashkiloti va Makka hamda Madina Savdo palatalari, Islom savdo, sanoat va qishloq xo'jaligi palatasi o'rtasida imzolandi.

Uch tomonlama kelishuv Makka va Madina shaharlarini islom olamida moliyaviy va biznes faoliyatlari uchun markazga aylantirishni ko'zda tutadi. 

Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Kasabiy savdo rivojlanishi va muqaddas erlarni ziyorat qilgan musulmonlarga xizmat ko'rsatish doirasida tarixdan beri Makka va Madina shaharlarida etarli ishchi kuchi mavjudligiga e'tibor qaratdi. 

Uch tomonlama hamkorlik dasturi doirasida ko'plab tashabbus va faoliyatlar amalga oshirilishini aytar ekan: "Ikkala muqaddas shaharning ham barcha musulmonlar qalbidan joy olganiga shubha yo'q. Umid qilamizki, yuqoridagi omillar ushbu uch tomonlama hamkorlik orqali ikki shahar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishdan umidvormiz”, dedi Kasabiy.

 

Azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rasman: “Haj – 2025” mavsumi 13 may kunidan boshlanadi!

06.05.2025   3187   1 min.
Rasman: “Haj – 2025” mavsumi 13 may kunidan boshlanadi!

O‘zbekistondagi 2025 yilgi Haj mavsumi shu yil 13 maydan boshlanadi. 28 mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. 

Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:

– Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;

– Emlash ishlari olib borildi;

– Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;

– Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi;

– Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga quyidagilar taqdim etilmoqda:

– "Haj – buyuk ibodatdir" qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich.

Ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari bo‘yicha suhbatlar olib bormoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar taqdim etilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati