Bobomiz Odam alayhissalom zamonlaridan beri mavjud bo'lgan bir jamiyat bor. Unga la'nati iblis asos solgan, boshqaruv majlisiga ham o'zi raislik qilgan va unga a'zo bo'lish uchun qabih shartlar qo'ygan: makkorlik, ayyorlik, gij-gijlash, odamlarni tafriqaga solish, hiqdu-hasad, adovat, yomon ko'rish va hokazo…
Sahih hadisda quyidagicha keladi: “Iblis tong otganda askarlarini erga tarqatadi va aytadiki: “Kim bugun bitta musulmonni yo'ldan ursa, unga toj kiyg'azaman”. Keyin haligi askari borib kelib aytadi: “Hotinini taloq qilmaguncha qo'ymadim, yarashib ketishiga sal qolgandi”. Yana boshqasi: “Ota-onasiga oq qildirdim, sal qolsa ularga yaxshilik qilib qo'yardi”. Yana bittasi kelib: “Men bir musulmonni shirk keltirishga olib bordim”, desa iblis “Sen, aynan sen!” deydi. Keyin yana bittasi kelib: “Men bitta musulmonni vasavasa qilib tinch qo'ymadim, oxiri u odam o'ldirdi”, deydi. Shunda iblis: Sen, aynan sen!”, deydi va unga toj kiydiradi”.
O'sha zamonlardan beri bu jamiyat a'zolari, makr-hiylalarining turi ko'payib bormoqda.
Hatto shunday odamlar chiqdiki, la'nati iblisga o'zlarini nisbatlash ila faxrlanadilar. Ba'zilari makkorlik bobida shu darajaga etganki, iblisga dars beradi, shayton ham ularning oldida ip echolmaydi. Shunaqalardan bittasi maqtanib she'r yozgan ekan:
Bo'lgan vaqtim shaytonga askar
Yuragimga xo'p quvonch to'ldi
Kunlar o'tib, yillar aylanib
Iblis mening askarim bo'ldi!
Ho'sh, ular nega bunchalik harakat qilishadi, bu aldovlarning boisi ne?
Sababi iblis va uning askarlari haqida An'om surasining 112-oyatida:
“Shuningdek, har bir Payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ularning ba'zilari ba'zilarini g'ururga ketkazishlari uchun latif kalomlarni tanlarlar”, deyilgan. Ular Allohning bandalaridan hech kimning muvaffaqiyat qozonishini xohlashmaydi, Allohning buyrug'iga bo'ysunilishini istashmaydi. Hech kim maqbul amallarga, Allohning tavfiqiga musharraf bo'lmasin deyishadi. Ular har qanday muvaffaqiyatga, har qanday yaxshilikka dushmandir.
Ularning loyihasida quyidagi bandlar bor:
Yaxshi amallar qiladigan odamni amalidan qoldirish;
Yomon amal qiladigan odamni yomonlikka odatlantirish;
Makru-hasadning barcha vositalarini ommaga yoyish;
Har qanday ezgu amallarni yo'qqa chiqarish;
Haqiqatlarni o'zgartirib yuborish va chiroyli gaplar bilan odamlarni aqldan ozdirish;
Odamlar qalbiga o'zaro g'illu-g'ashlik, adovatni yoyish;
Sovg'a-salomlarni bekor qilish, bid'at-xurofotlarni yuzaga keltirish.
Bu jamiyat hatto turli axborot vositalariga ham daxl qilmoqda, internet saytlarida odamlarni o'z domiga tortmoqda. Maqsad – a'zolarni ko'paytirish, insoniyatni gunoh-ma'siyat botqog'iga yanada botirish. Har bir ijod, har bir iqtidor, har qaysi ishdagi muvaffaqiyat va har qanday mutaxassislik – bu jamiyat a'zolarining xo'ragidir...
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Primore o‘lkasiga tashrifi doirasida o‘lka gubernatori O.Kojemyako, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri K.Sidorenko, qurilish vaziri A.Moskalyov, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri S.Krasitskiy, ta’lim vaziri S.Shamonova, qishloq xo‘jaligi vaziri A.Bronets, sanoat va savdo vaziri S.Kalitin, turizm vaziri N.Naboychenko, shuningdek, Migratsiya siyosati agentligi rahbari M.Sorokin va Rossiya TIVning Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari A.Brovarets bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat migrantlarining ketishdan oldingi tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda Rossiya o‘quv markazlarini ochish, shuningdek, qo‘shma targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Migratsiya siyosati agentligi rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Shu kuning o‘zida O.Kojemyako ishtirokida Primore o‘lkasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarimizni qiziqtirgan savollarga javob berildi.