Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2025   |   19 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:26
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2025, 19 Rajab, 1446

Uch kunlik dunyoni bir kun deb hisobla

3.01.2024   3662   6 min.
Uch kunlik dunyoni bir kun deb hisobla

Inson har tong yangi kunni qarshi olar ekan uning ixtiyoriga 24 soat vaqt beriladi. Bu unga har kuni beriladigan 1.440 daqiqa yoki 86.400 soniyalik fursatdir. O'tayotgan vaqtimiz haqida tafakkur qilib ko'radigan bo'lsak, soat millarining "chiq-chiq"lari, aslida aziz umrimizning to'xtovsiz parchalanib ketayotgan onlari ekanini his etamiz. Ushbu onlar bizning yaxshi yo yomon amallarimizga guvoh bo'lib o'tib bormoqda.

Vaqt sen asrashing kerak bo'lgan eng qimmatli narsadir. Senda esa, u behuda o'tib ketkmoqda.

Dunyoga kelgan xar bir insonning umri vakt ko'rinishida to'xtovsiz o'tib boradi. Bu dunyodan ketish muddati etganda unga bo'ysunib, dunyoni tashlab ketishdan o'zga chora kolmaydi. Ketish vakti esa bugunmi, ertami kachon kelishi insonga noma'lum. Dunyo xayoti bir kundek bo'lib o'tib boradi. Chunki kechagi kun o'tib ketgan kun, ertangi kun esa xali kelmagan. Inson amal kiladigan asosiy kun esa bugunidir.

O'tayotgan xar bir laxza inson xayoti va umrining bir qismidir. U qiyomat kuni insonning foydasiga yo zarariga guvohlik beradi. Ulamolar o'tayotgan vaqt haqida bunday deganlar: “vaqt betaraf bo'lmaydi, yo senga qadrdon do'st yoki ashaddiy raqib bo'ladi”. Ya'ni o'tgan vaqt insonning yo foydasi, yo zarariga hujjat bo'ladi.

Ko'pchilikning vaqtga beparvo bo'lishiga asosiy sabab ularning hayotda maqsadi yo'qligidir. Inson dunyoga nima uchun kelgan, bir martagina beriladigan hayot ne'matini berishdan ko'zlangan buyuk hikmat nimada? Tabiiyki, bu savolga eng to'g'ri javobni insonni yaratgan, unga hayot ato etgan Zotning O'zi berishi mumkin. Mana, o'sha eng to'g'ri javob: «Jin va insonni Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim»(Zoriyot surasi, 56-oyat).

Hasan Basriy rahmatullohi alayh bunday deganlar: Boshlanayotgan har bir kun shunday nido kiladi: “Ey odam bolasi, men yangi kunman, sening amalinga guvohman, mendan foydalanib qol, agar o'tib ketsam, kiyomat kunigacha qaytmayman”.

Umrni qadr-qimmat va nafislikda hech narsa ila o'lchab bo'lmaydi. Agar ming yilni behuda sarflab, so'ng tavba qilib, sizga umringizning oxirida saodat nasib etsa, abadul-abad jannatda yashaysiz. Shunda (siz uchun) eng sharafli narsa oxirgi lahzadagi mana shu hayotingiz ekanini bilasiz. Vaqt eng mukammal ne'matdir. Unda hech qanday ayb yo'q. Aybdor undan foydalanmayotgan insonning o'zidir. Bahouddin Naqshband hazratlari bunday deb marhamat qilganlar: “Kim vaqtini zoye ketkazsa, vaqt uning dushmaniga aylanadi, nafasning zoye bo'lishiga yo'l qo'ymang va undan ehtiyot bo'ling”.

Donishmandlardan biri shunday degan ekan: “Uch kunlik dunyoni bir kun deb hisobla. Bir kun o'tib ketdi, yana bir kuni keladimi, yo'qmi, Alloh biladi. Sen hozirgi kuningni g'animat bilib, harakatdan to'xtama”.

Oqil kishi vaqtga beparvo bo'lishi mutlaqo mumkin emas. Hasis odam mol-dunyoga ziqna bo'lganidek, musulmon kishi ham vaqti bekor ketishiga rozi bo'lmasligi kerak.

Mo'min ikki havotir orasida bo'ladi: tez o'tib ketgan kecha va hali kelmagan erta orasida, kechada Alloh taoloning nima qilganini (ya'ni undan amallarini qabul etgan yo etmaganini) bilmaydi, ertaga Alloh taoloning nima hukm qilishini bilmaydi.

Shunga ko'ra banda o'zi uchun o'zidan foydalanib qolsin, oxirati uchun dunyosidan foydalanib qolsin, qarishidan oldin yoshligidan foydalanib qolsin, o'limidan oldin hayotidan foydalanib qolsin.

Vaqt bu inson ega bo'lgan eng nafis, eng bebaho ne'matdir. Bu “Vaqt oltindek qimmatlidir” degani emas, balki “Vaqt oltindan qimmatlidir” deganidir. Chunki vaqt bu hayotdir, hayotning esa oltindan qimmatli ekani hech kimga sir emas. Qolaversa yo'qotilgan oltinu boyliklarni yana qayta qo'lga kiritish mumkin, yo'qotilgan vaqtni esa aslo qayta qo'lga kiritib bo'lmaydi. Bu haqda bunday deyilgan:

Yoqutlar topilar vaqtlar bilan
Vaqtlar topilmas yoqutlar bilan.

Ha, vaqt sotib olsa bo'ladigan mato emas, balki insonga faqat bir marta beriladigan imkoniyatdir. Alloh taolodan o'tkazayotgan kunlarimizni xayr-barakali qilishini, bugunimizni kechamizdan, ertamizni esa bugunimizdan afzal qilishini so'raymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo barchamiz samimiyat bilan istiqomat qilmoqdamiz alhamdulillah, Allox taolo bu ne'matini bizga bardavom qilsin.

Manbalar asosida Ho'jaobod tumani "Yetti chinor" jome masjidi imom-noibi
Muhammad Quddus Abdulmannon tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

100 dan ziyod oilaning holidan xabar olindi

17.01.2025   25790   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati