Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

31 MINGDAN 31 TA FAKT YoHUD ISTIQLOL YILLARIDAGI IShLARNING DYeNGIZDAN TOMChISI

1.09.2022   1880   30 min.
31 MINGDAN 31 TA FAKT    YoHUD   ISTIQLOL YILLARIDAGI IShLARNING DYeNGIZDAN TOMChISI

“Halqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan Hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Chunki bugungi O'zbekiston – kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.”

       Sh.M. MIRZIYoYeV

 

Bugun shu aziz Vatanning har bir farzandining yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz eng ulug', eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramini, O'zbekiston Respublikasi istiqlolini qo'lga kiritganining 31 yillik shodiyonalarini katta tantana qilayapmiz. 

Ana shu qutlug' ayyom arafasida dorilomon kunlarga etkazgani uchun yana va yana shukr qilish maqsadida diniy-ma'rifiy sohadagi oldingi holat va bugungi o'zgarishlarni taqqoslashga harakat qildik. Zero, haqiqat qiyosda bilinishi kundayin ravshan. 

Bugungi kunga kelib bunday yaxshi ishlar, katta o'zgarishlar, yangiliklar, xayrli tadbirlar, fazilatli amallar soni diniy sohaning o'zida 31 mingdan oshiq. Lekin bu yil Mustaqilligimizni 31 yilligini nishonlayotganimiz uchun diniy sohadagi mazkur 31 mingdan ortiq ishlardan faqat 31 tasinigina zikr qilmoqchimiz. 

Zero, Janob Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlardan bo'lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam, Hudoga ham shukr qilmaydi», deb marhamat qilganlar.

1) 31 yil Oldin: Bir yilda 274 mln. sobiq Ittifoq xalqlaridan 24 odam, O'zbekiston dan esa 6 kishi haj safariga borgan.

1) Hozir: Bu yilning o'zida O'zbekistondan 12.000 dan ortiq kishi muborak haj safariga borib, o'n minglab yurtdoshlarimiz hech qanday kvotasiz besh yulduzli barcha qulayliklarga ega mehmonxonalarda turib, umra ibodatlarini ado etdilar. 

2) Oldin: Muqaddas dinimizning asosiy kitobi bo'lmish Qur'oni karim kitobi sanoqli oilalardagina bo'lgan. 

2) Hozir: Hoxlovchilar nafaqat Qur'oni karim kitobini o'zini, balki Qur'oni karimning tafsirlari, tarjimalari, sharhlari, izohlari, ma'nolarini ham xohlagan tilida, xohlagan paytida, xohlagan miqdorida olishlari mumkin. 

3) Oldin: O'zbekiston SSR hududida 84 ta masjid bo'lgan. 

3) Hozir: O'zbekiston Respublikasining hududida barcha tegishli davlat idoralaridan ro'yxatdan o'tgan 2100 dan ziyod rasmiy faoliyat yuritayotgan jome masjidlar xalqimizga emin-erkin xizmat qilmokda. 

4) Oldin: 2-3 ta viloyat uchun, ko'plab shahar va tumanlar uchun 1 ta masjid bo'lgan. 

4) Hozir: Respublikamizda 2100 dan ortik rasmiy faoliyat yuritayotgan, barcha tegishli davlat idoralaridan ro'yxatdan o'tgan jome masjidlar xalqimizga xizmat qilmoqda. 

5) Oldin: Muqaddas Islom dinimizning eng katta ruknlaridan bo'lgan yilda ikki martagina o'qiladigan Hayit namozlarini ham dalalarda, ko'zdan yiroq joylarda, yashirincha va sanoqli odamlargina o'qigan.

5) Hozir: Jannatmakon yurtimizdagi har bir 2100 dan masjidlarida ham barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilgan, eng zamonaviy texnika jihozlari bilan jihozlangan, ibodat uchun hamma kerakli narsalar bilan ta'minlangan ko'rkam, yorug', muhtasham inshootlarda minglab-minglab musulmonlar ibodatlarini ko'nglilaridek, tinch-omon, hech qanday xavf-xatarsiz, bemalol, xush kayfiyatlar va xursandchiliklar ila ado etmoqdalar. 

6) Oldin: SSSR davrida har qanday diniy adabiyotlarni nashri ham, o'zi ham man etilgan. Faqatgina O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari idorasiga har chorakda chiqadigan 1 ta jurnal va 1 ta gazetaga ijozat berilgan. 

6) Hozir: O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilayotgan kundagi davriy matbuot nashrlarida muqaddas Islom dinimizdagi deyarli barcha masalalarni to'liq yoritishdan tashqari, birgina O'zbekiston musulmonlari idorasining “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti tomonidan diniy adabiyotlarning barcha turlari: Qur'oni karimning tafsirlari, tarjimalari, sharhlari, hadis kitoblarining har xil shakllari, fiqh, aqoid masalalariga oid kitoblar, savol-javob kitoblari, ayollarga xos va farzandlar tarbiyasi masalalariga oid kitoblar, Qur'oni karimni o'qishni o'rganish kitoblari, Islom tarixiga oid kitoblar, yurtimizdan chiqqan buyuk allomalarning kitoblari, diniy va dunyoviy ilmlari bilan dunyoga tanilgan va taralgan buyuk ajdodlarimizni kitoblari chop etilmoqda. Bundan tashqari, nashriyotda O'zbekiston musulmonlari idorasining oylik diniy-ma'rifiy, ilmiy-adabiy «Hidoyat» va «Mo'minalar» jurnallari, «Islom nuri» gazetasi ham omma e'tiboriga havola etilmoqda. Imom Buxoriy xalqaro markazi tomonidan esa «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnali chop etilmoqda. Shu bilan birga barcha mo'min-musulmonlar uchun zarur bo'lgan haftalik, oylik, chorak va yillik taqvimlar yuz minglab adadda nashr etilib, xalqimizga tarqatilmoqda.

7) Oldin: O'zbekiston SSRning Konstitutsiyasining 2-bulim 6-bob 50-moddasidagi vijdon erkinligi haqida so'z borgan hayotda esa amal qilinmas, balki faqatgina qog'ozda yoritilgan xolos. 

7) Hozir: Jannatmakon yurtimizni, muqaddas Vatanimiz Konstitutsiyasining 2-bo'lim V bob 18-modda, 2-bo'lim VII bob 31-modda, 3- bo'lim XIII bob 57-modda, 3-bo'lim XIII bob 61-moddalari hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda ma'qullangan, 2021 yil 5 iyul'da qabul qilingan yangi tahrirdagi O'RQ-699-sonli Qonunlar bilan ham diniy e'tiqod va vijdon erkinligi kafolatlangan.

8) Oldin: Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni birinchi soniya, daqiqalaridanoq onasidan ajratib, haqiqiy, mehrli ona sutidan mahrum qilib pasterizatsiya qilingan, kelib chiqshi noaniq bo'lgan sutlar bilan emizilgan. 

8) Hozir: Muqaddas Qur'oni karim oyatlarida talab etilganidek, muborak Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizda ko'rsatilganidek, ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz qilganlaridek birinchi soniya, daqiqalaridanoq bu yorug' dunyoga kelgan yangi chaqaloqlarni onasini mehr-muhabbatiga to'lgan bag'riga berib, haqiqiy, mehrli ona sutidan to'la-to'kis bahramand bo'lishi uchun, bepoyon mehrli onasi nafasi bilan hamnafas bo'lib, mehribon zahmatkash otasi tarbiyasi bilan ulg'ayishi uchun Prezidentimizning alohida maxsus Farmonlari, Vazirlar Mahkamasini bir necha qarorlari chiqib, joylarda mazkur qonunlarni ijro etish uchun sidqidildan amalga oshirilmoqda. 

9) Oldin: Nafaqat diniy, balki milliy qadriyatlarimiz ham toptalgan. 

9) Hozir: Ota-bobokalonlarimiz va ona-momolarimizdan meros bo'lib kelayotgan, nafaqat milliy qadriyatlarimiz, balki muqaddas dinimiz qadriyatlari ham Qur'oni karim oyatlarida talab etilganidek, hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas pok Islom dinimizda ko'rsatilganiday bo'lishi uchun Prezidentimizning alohida maxsus Farmonlari, Vazirlar Mahkamasini bir necha qarorlari chiqib, joylarda mazkur qonunlar ijro etilmokda. 

10) Oldin: Shahar, qishloqlarda ko'chalardagi hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralardagi yoritilgan yozuvlarda xudosizlikka, dinsizlikka qaratilgan iboralar bitilgan. 

10) Hozir: Respublikamizning hamma katta-kichik shaharlarida ham, cheka-cheka qishloqlaridagi ko'chalarida ham hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralarida ham muqaddas Islom dinimizning hikmatli so'zlari, Qur'oni karim oyatlarining mazmunlari, Payg'ambarimiz alayhissalomning ibratli hadisi shariflari, buyuk allomalarimizning dono so'zlari eng ko'rkam, eng hurmatli, eng obro'li joylarda eng zamonaviy uslublar va moslamalar orqali xalqimizni milliy va diniy qadriyatlarga undamoqda.

11) Oldin: Maktab, korxona, idoralarda ro'za tutmaslik uchun ba'zi odamlarga majburlab suv, choy ichkazishgan. 

11) Hozir: Davlatimiz rahbari – Prezidentimizning alohida maxsus qarorlarida ta'kidlangandek, muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam bo'lgan insoniylik, ma'naviy poklik, shukronalik fazilatlarini e'zozlash, mamlakatimizda muqaddas dinimizni tiklash, vijdon erkinligini ta'minlash, ushbu qutlug' oyda amalga oshirib kelinadigan xayriya tadbirlari, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ziyoratgohlarni obodonlashtirish, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo'yicha olib boriladigan ishlarni yanada kuchaytirishga alohida e'tibor qaratish uchun, hamda el-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo'lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma'naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o'rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o'zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug'lash maqsadida yurtimiz bo'ylab davlatimizni barcha tashkilot, korxona, idoralarida Ramazon oyi munosabati bilan Qur'oni karim oyatlaridagi hukmlarni, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xadisi shariflarini va muqaddas Islom dinimizni talablarini amalga oshirib, behisob-behisob xayrli, savobli ishlar qilinmoqda. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur qarorda Ramazon oyini joylarda milliy an'ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga uyg'un va hamohang tarzda o'tkazish bilan bog'lik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o'tkazish bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish topshiriqlari berilmoqda.

12) Oldin: Diniy ilmlarni o'rganish uchun 274 mln. xalqi bo'lgan SSSRda O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari idorasiga qarashli faqat 1 ta Toshkent islom instituti va 1 ta Buxoro shahridagi madrasa bo'lgan.

12) Hozir: Respublikamizda 13 ta diniy ta'lim muassasalari faoliyat olib boradi. Shundan 3 tasi oliy ta'lim muassasasi bo'lib, ular Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi, 10 ta o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi bo'lib, shu jumladan, 2 tasi ayol-qizlar uchun ixtisoslashgan. "Muhaddislar sultoni" bo'lgan, "Dunyo imomi" bo'lmish Imom Buxoriy hazratlari nomi bilan Toshkent islom instituti hamda Samarqand viloyatida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritmoqda. Oliy diniy ta'lim muassasalarida 820 nafar talaba tahsil olib, ularga 110 nafar pedagog-o'qituvchi dars berib kelmoqda, ular orasida fan doktorlari, fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), magistr ilmiy darajasiga ega pedagoglar mavjud. O'rta maxsus islom ta'lim muassasalarida esa jami 1511 talabaga 253 nafar pedagog-o'qituvchilar ta'lim bermoqda. Ulardan 10 nafari fan nomzodi, 42 nafari magistrlik ilmiy darajasiga ega. Diniy ta'lim muassasalari va ilmiy maktablar qoshida jami 21 ta joyda fuqarolar uchun "Qur'oni karim va tajvid" o'quv kurslari tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunga qadar 27 mingdan ziyod fuqarolar mazkur o'quv kurslarida tahsil oldilar.

13) Oldin: Masjidlar qolib hamma buyuk allomalarimizning, mashhur ulamolarimizning, ulug' aziz-avliyolarimizning hoki poklari joylashgan aziz va tabarruk joylar vayron bo'lib, xor bo'lib, tashlandiqlarga aylanib qolgan.

13) Hozir: Buyuk ajdodlarimiz o'zining noyob asarlari bilan butun dunyoga Islom ziyosini sochgan, beqiyos ijodlari bilan insoniyatga mash'al bo'lgan, bemisl ilmiy-ma'rifiy kashfiyotlari bilan jahon ahlini hayratga solgan, ilmiy-ijodiy xizmatlari bilan dunyoni lol qoldirgan, bebaho meroslari bilan bashariyat dunyoqarashi va ma'naviyatiga beqiyos ta'sir ko'rsatgan, o'z salohiyatlari bilan buyuk ilmiy maktablar yaratib, o'z diyorlarini jahonga tarannum etgan, muqaddas va iloxiy kitob bo'lmish Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba, bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug'i hisoblanadigan kitob muallifi, aql-zakovati va matonati bilan islom olamida «Musulmonlarning e'tiqodini tuzatuvchi» degan ulug' sharafga sazovor bo'lgan. Shu bilan birga eng nufuzli va mukammal huquqiy manba muallifi bo'lgan, o'lmas meroslari bilan «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo'lgan. Bular qatorida ular benazir ilm-ma'rifatlari bilan dunyo taraqqiyotini rivojlantirishga ulkan ta'sir ko'rsatgan, teran bilimlari va ilmiy salohiyatlari bilan Islom olami uchun «Ma'naviy etuklik timsoli» bo'lgan. Ayni vaqtda bashariyatning bugungi taraqqiyot sahifalarida ham o'chmas iz qoldirgan ulug' allomalarimizni, buyuk mutafakkirlarimizni, mufassiru muhaddislarimizni, faqihu fuqaholarimizni, olimu ulamolarimizni, piru ustozlarimizni, azizu avliyolarimizni nafaqat nomlari tiklanib tanildi, nafaqat yotgan qabrlari obod bo'ldi, balki yotgan joylari ulug' qadamjolarga aylanib, O'zbekiston diyorining mo''jizalari bo'lgan mazkur tabarruk joy va muqaddas ziyoratgohlarga Yer kurrasining har qanday joyidan kelgan har qanday o'ta yuqori martabali mehmonlardan tortib oddiy sayyohgacha bo'lgan har qanday inson lol bo'lib, tasannolar aytmoqda. Bunday tabarruk va ulug' zotlarning asarlaridan esa O'zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro endi bemalol bahramand bo'lishi mumkin. 

14) Oldin: Diniy xodimlar, xususan imom-xatiblar, domlalar, otinoyilar doim ta'qib ostida bo'lganlar. 

14) Hozir: Oliy ma'lumotlarga, yuqori saviyaga, boy tajribaga, ham diniy, ham dunyoviy ilmlarga, zamonaviy puxta bilimlarga ega bo'lgan muhtaram va hurmatli dinimiz peshvolari, malakali imom-domlalarimiz va otinoyilarimiz Qur'oni karim oyatlarida talab etilganidek, Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizni ko'rsatmalarini hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan taqdim etilayotgan fatvo, buyruq, topshiriq va ko'rsatmalarini bemalol, ochiq-oydin har juma barcha jome masjidlarda o'tkaziladigan juma namozlaridan Oldingi ma'ruzalarda batafsil va atroflicha izohlab, musulmonlarimizga keng tushunchalar bermoqda. Shuningdek, mahallalarda o'tkaziladigan turli yig'inlarda ham, xalqimizni hamma tadbirlarida ham, fuqarolarimizni barcha shar'iy marosimlarida hamda barcha davlat tashkilot, korxona va idoralaridagi yig'ilish va majlislarida ham Qur'oni karim oyatlarida talab etilganidek, Hadisi shariflarda tavsiya etilganidek, muqaddas Islom dinimizni ko'rsatmalarini butun ommaga etkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimizni keng targ'ib etmoqdalar. 

15) Oldin: Uyda Qur'on kitobi bo'lishini har bir qalbida musulmon inson orzu-havas qilgan. 

15) Hozir: Qur'oni karim kitobining o'zini, Qur'oni karimning tafsirlarini, Qur'oni karimning tarjimalarini, Qur'oni karimning sharhlarini, Qur'oni karimning izohlarini, Qur'oni karimning ma'nolarini xohlagan tilda, xohlagan paytda, xohlagan miqdorda olish mumkin. Bundan tashqari O'zbekiston musulmonlari idorasi Respublika Ko'rlar jamiyati bilan hamkorlikda chiqargan ko'zi ojizlar uchun maxsus tayyorlangan Brayl yozuvidagi Qur'oni karim kitobi ham mavjud. O'zbekiston mazkur xayrli amaliyotni amalga oshirgan jahonning uchinchi mamlakati bo'ldi. 

16) Oldin: Dunyo xalqlari nafaqat O'zbekiston SSRdagi musulmonlarni, balki O'zbekiston degan joy borligini ham bilmagan. 

16) Hozir: Halqaro aloqalar kengayib, mamlakatimiz haqida yirik konferenyailar tashkil etilmoqda. Jumladan, AQShning poytaxti Vashingtonda AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson markazi tomonidan tashkil etilgan «Davlat va din, konfessiyalararo bag'rikenglik: O'zbekiston misolida» mavzusida konferentsiya;

Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida «Uch din forumi» xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan «Konfessiyalararo totuvlikka erishishda O'zbekiston tajribasi» mavzuidagi seminar;

AQShning poytaxti Vashingtonda AQShning Oliy Islom Kengashi va Amerika-yahudiy komiteti tomonidan tashkil etilgan «Hozirgi Markaziy Osiyoda islom» mavzuidagi xalkaro konferentsiyada O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy xazratlari ishtirok etdilar;

AQShning Oliy Islom Kengashi raisi Mirahmadiy boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurib, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy xazratlari bilan uchrashdi;

Misr Arab Respublikasining poytaxti Kohirada bo'lib o'tgan Islom Olami Kengashining xalqaro konferentsiyasida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari ishtirok etib, «Asrlar osha diniy ulamolarning ilm-fan rivojiga qo'shgan xissasi» mavzuida ma'ruza qildilar;

N'yu-York shahrida bo'lib o'tgan diniy va ruhoniy liderlarning tinchlik masalalari bo'yicha ming yillik sammitida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari ishtirok etdilar;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Ta'lim, ilm-fan va madaniyat buyicha tashkiloti (UNESCO)ning «Jahon dinlari: tinchlik madaniyati yo'lida» xalqaro konferentsiyasi Toshkent shahrida bo'lib o'tdi;

Bu ro'yxatni davom ettirsak, bir necha tomli kitob bo'ladi. 

17) Oldin: Kundagi oddiy hayotda «Bismillohir rahmonir rahim», «Hudoga shukur!», «Alhamdulillo musulmonman!», «Ilohim», «Hudo hoxlasa», «Hudo nasib qilsa», «Hudo rahmat qilsin!», «Joylari jannatda bo'lsin!», «Oxiratlari obod bo'lsin!» degan iboralarni so'zlab qo'ysa, «dinga tashviqot qildi» deb, «qora ro'yxat»ga kiritilgan.

17) Hozir: Halqimizni kundagi marosim-tadbirlaridagi qiziqarli ma'ruzalari va chiroyli amru-ma'ruflari bilan kifoyalanib, chegaralanib qolmasdan, davlatimiz tomonidan diniy idoramizning rahbarlariga, mashhur va taniqli ulamolarimizga, muhtaram va hurmatli dinimiz peshvolariga, joylardagi imom-xatiblarimizga ota-bobolari buyuk imomlar va allomayu zamonlar, tabarruk zotlar va ulug' insonlar bo'lgan, necha yillar davomida o'z milliy va diniy qadriyatlaridan bebahra qolib ketgan chanqoq xalqimizga muqaddas Islom dinimizni to'liq va batafsil yoritib berish uchun, dinu-diyonatimizni sof va mukammal bildirish uchun hamma davriy matbuot nashrlarida ham, barcha davlat telekanallarida ham, hamma radioeshittiruvlarda ham, viloyat, shahar, tumanlardagi mahalliy teleko'rsatuvlarida ham juda katta ahamiyat berilib, chegarasiz vaqt ajratilib, alohida e'tibor qaratilib, har kun, har xafta, har oy cheksiz-chegarasiz va ulkan imkoniyatlar berilmokda. O'zbekiston Respublikasi bo'ylab Qur'oni karimni to'liq yod qilganlar ichida erkaklar orasida alohida, xotin-kizlar orasida alohida qorilar musobaqalari o'tkazilmoqda. Har yili O'zbekiston Respublikasi bo'ylab imom-xatiblar ichida tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat «Yil imomi» ko'rik tanlovlari qizg'in o'tkazilib, g'oliblari munosib tarzda taqdirlanmoqdalar.

18) Oldin: Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning muborak zamonlaridan boshlab, Yer kurasining har bir makonida, har bir zamonida, har bir mo'min-musulmon hech bo'lmasa bir martagina bo'lsa ham ko'rishni orzu-havas qilgan “Usmon Mushafi” necha-necha yillar begona yurtlarda qolib ketib, birovlarning qo'llarida turgan.

18) Hozir: Mo'min-musulmonlarni xohish-istaklarini inobatga olib, musulmon dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri bo'lgan “Usmon Mushafi”ni O'zbekiston davlatimiz tomonidan jannatmakon yurtimizni har bir odami, muqaddas Vatanimizni har bir fuqarosi, dono xalqimizni har bir mo'min-musulmon farzandi xohlagan paytida xohlaganicha ko'rib, bemalol iste'foda qilishi uchun O'zbekiston musulmonlari idorasining ixtiyoriga topshirildi. Nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki O'zbekistonga tashrif buyurgan har inson ushbu buyuk va noyob tarixiy yodgorlikni bemalol ko'rishi mumkin. 

19) Oldin: Hayit namozlariga borganlarni yashirincha rasmga olib, gazeta, jurnallar orqali va ishxonasidagi devoriy gazetalari orqali ularni haqorat qilib, sharmanda qilib, xorlab, insoniy obro'larini poymol qilishgan.

19) Hozir: Tarixdagi ajdodlarimiz doimo intilgan, o'tmishdagi bobo-kalonlarimiz orzu-havas qilib kutgan, bunday kunlarni ko'ra olmasdan yuraklaridagi armonlar bilan, dillaridagi g'amlar bilan, hayollaridagi umidlar bilan, qalblaridagi o'kinchlar bilan tun-saharlarda Hudodan so'rab, kechalariyu-kunduzlari Parvardigorga iltijo etib, ko'zlarida yoshlar bilan Yaratganga duolar qilib, ojizona Alloh taologa munojotlar qilib o'tib ketgan ota-onalarimiz intilib kutgan kunlar keldi – ikki hayit ayyomlari dam olish kunlariga aylandi. Bunday kunlarni ko'ra olmasdan o'tgan bobolarimizni-momolarimizni, otalarimizni-onalarimizni yaxshi niyatlarini amalga oshirish uchun, ushalmagan orzularini ro'yobga chiqarish uchun muhtaram Yurtboshimiz eng birinchilar qatorida chiqargan maxsus Farmonlari bilan qonuniylashtirib, O'zbekiston diyoridagi xalqimizga ikki hayitni dam olish kunlari qilib, har bir mo'min-musulmonga ikki qanot qilib berdilar.

20) Oldin: Davlat ishchi va xizmatchilari nafaqat turli ma'raka-marosimlarga borishdan qo'rqqan, balki o'z ota-onasining janoza va ta'ziya marosimlarida ham qatnasha olmagan. «Hudoga shukur!» yoki «Bismillohir rahmonir rahim» degan iboralarni aytishdan ham, xatto yuziga fotiha tortishdan ham qo'rqqan. Jazosi – partiya safidan o'chirilish yoki egallab turgan lavozimidan bo'shatilish bo'lgan. O'z farzandlariga sunnat to'yi qilib, xatna qilishdan ham, kelin-kuyovlarga nikoh o'qitishdan ham qo'rqqan.

20) Hozir: Halqimizni barcha tadbirlarida, turli shar'iy ma'raka-marosimlarida davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralaridagi rahbariyatidan tortib hamkasblari va mehnat jamoalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Bevosita va bilvosita rahbarlarining ishtiroklarida davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralari tomonlaridan xalqimizni to'y-hasham kunlaridagi xursandchiliklariga ham xursand bo'lib, har xil issiq-sovuq kunlaridagi tashvishlarida ham sherik bo'lib, qiyin kunlaridagi dardlariga ham hamdard bo'lib, og'ir paytlaridagi musibatlarini baham ko'rib, nochor holatlaridagi g'amlarini birga engib, kerakli darajada har xil ma'naviy va behisob darajada turli xil moddiy yordamlar ko'rsatilmoqda. Mahallalar xonadonlaridagi va to'yxonalardagi xalqimiz o'tkazayotgan turli yig'inlarida ham, har bir fuqarolarimizni barcha shar'iy marosimlarida ham diniy ulamolarimiz, jome masjidlarimizning muhtaram va hurmatli imom-xatiblari o'zlarining sermazmun ma'ruzalarida eng zamonaviy axborot vositalari orqali muqaddas Islom dinimizni ko'rsatmalarini batafsil va atroflicha yoritib, Qur'oni karim oyatlarini ma'nolarini sharhlab, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini mazmun-mohiyatlarini izohlab, shariatimizda talab etilganidek, musulmonlarimizga keng tushunchalar berib, milliy va diniy qadriyatlarimizni butun ommaga etkazib tushuntirib, keng baralla targ'ib etmoqda.

21) Oldin: Dindorlarni, ayniqsa, imom va otinoyilarni davlat tashkilot, korxona, idoralarning rahbarlari ham, xodimlari ham nazariga ilmasdan, mensimasdan, kamsitib, davlat e'tiboridan chetga chiqarib, xalqdan ham qoralab ajratish uchun turli xil nayrang uslublar qo'llanilgan. 

21) Hozir: Yurtimizdagi har bir masjidlardagi o'tkaziladigan ma'ruzalaridan tashqari, har bir fuqarolarimizni barcha shar'iy marosimlaridagi amr-ma'ruflaridan tashqari, davlatimizni barcha tashkilot, korxona va idoralaridagi yig'ilish va majlislarida ham eng yuqori, eng hurmatli va eng e'tiborli joylarda o'tirib, yuqori lavozimdagi mas'ul shaxslar huzurlarida, eng katta minbarlardan turib, din peshvolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz Qur'oni karim oyatlarini hukm-ahkomlarini sharhlab, hadisi shariflarni mazmun-mohiyatlarini yoritib, muqaddas Islom dinimizni ko'rsatmalariga muvofiq batafsil va atroflicha izohlab, xalqimizga keng tushunchalar berib, butun ommaga etkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimizni keng targ'ib etmoqdalar. 

22) Oldin: Ommaviy axborot vositalarida hatto O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari idorasi tasarrufida xizmat qilgan diniy xodimlarga hech qachon imkon berilmagan. 

22) Hozir: O'zbekiston Respublikasi hududida chop etilayotgan kundagi hamma davriy matbuot nashrlarida ham, O'zbekiston Respublikasidagi barcha telekanallari orqali ham, O'zbekiston Respublikasidagi hamma radioeshittiruvlari orqali ham, O'zbekiston Respublikasining viloyat, shahar, tumanlaridagi mahalliy teleko'rsatuvlari orqali ham muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz muqaddas Islom dinimizdagi barcha masalalarni to'liq va batafsil hamda emin-erkin yoritishdan tashqari, Respublikamizdagi davlat nashriyotlaridan, tele va ovoz yozish studiyalaridan, internet tarmoqlaridan hamda O'zbekiston musulmonlari idorasining “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyotidan sermahsul foydalanib, o'zlarining kitoblarini, risolalarini, video va ovoz yozilgan disklarini xalqimiz manfaati uchun tarqatmoqdalar. 

23) Oldin: Halqimizga Islom dinining asosiy manbasini o'rganish uchun bironta rasmiy dargoh yo'q edi. 

23) Hozir: Oliy va o'rta-maxsus diniy ta'lim muassasalari hamda ixtisoslashgan ilmiy maktablarda xalqimizga “Qur'on va tajvid” kurslari faoliyat yuritmoqda.

24) Oldin: Islom dini manbalarini tadqiq etadigan hech qanday joy yo'q edi.  

24) Hozir: Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, mamlakatimiz hududlarida ixtisoslashgan hadis ilmi, kalom ilmi, tasavvuf ilmi, aqoid ilmi va fiqh ilmi maktablari tashkil etildi.

25) Oldin: Butun dunyo tanigan va tan olgan ulug' allomalarning tabarruk qadamjolari mutlaqo qarovsiz holatda edi.  

25) Hozir: Buyuk mutafakkirlarimizning hoki poklari qo'nim topgan joylar obod maskanlarga aylantirildi. Jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Imom Burhoniddin Marg'iloniy, Yetti pir ziyoratgohlari go'zal go'shalarga aylantirildi.

26) Oldin: Ulug' allomalar, buyuk mutafakkirlar va benazir ulamolarning nodir asarlari o'z ona tilimizga tarjima qilinmagan edi.

26) Hozir: Dunyo beshigini tebratgan ulug' allomalar, mislsiz buyuk mutafakkirlar hamda betakror va benazir ulamolarning ko'plab nodir asarlari o'z ona tilimizga tarjima qilinib, xalqimizga tuhfa etilmoqda.

27) Oldin: Imom-xatiblar, ulamolar va diniy soha xodimlari xorijiy davlatlardagi nufuzli tadbirlarda ishtirok etmas edi. 

27) Hozir: Muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimiz, ko'plab ulamolarimiz va diniy soha xodimlari xorijiy davlatlardagi anjumanlar, seminarlar va yig'inlarda muntazam va faol ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, xorijiy davlatlarning diniy idoralari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

28) Oldin: Diniy sohada xizmat qilayotgan xodimlar va diniy-ma'rifiy loyihalarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydigan muassasalar yo'q edi.

28) Hozir: O'zbekiston taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada xizmat qilayotgan xodimlar va diniy-ma'rifiy loyihalarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyati yo'lga qo'yildi.

29) Oldin: Mamlakatimizning Islom dini madaniyatida tutgan o'rnini keng ko'lamda namoyon etadigan majmua tashkil etish inson xayoliga ham kelmagan edi.

29) Hozir: Yurtimizning Islom dini madaniyatida tutgan o'rnini va buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo'shgan hissasini butun dunyoga namoyon etish, diyorimizda muborak dinimizning haqiqiy maqomini targ'ib qilish maqsadida, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.

30) Oldin: Milliy va diniy qadriyatlarimizga “eskilik sarqitlari” deb qaralgan.

30) Hozir: Ommaviy axborot vositalarida ham, turli katta-kichik tashkilotlarda ham xalqimizning barcha milliy-diniy qadriyatlari e'zozlanmoqda.

31) Oldin: Ommaviy axborot vositalarining birontasida ham bironta diniy narsa berilmagan.

31) Hozir: O'zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalarining barcha-barcha turlarida Qur'oni karim oyatlarini hukm-ahkomlarini sharhlab, muborak hadisi shariflarni mazmun-mohiyatlarini yoritib, muqaddas Islom dinimizning ko'rsatmalariga muvofiq batafsil va atroflicha izohlab, xalqimizga keng tushunchalar berib, butun ommaga etkazib tushuntirib, milliy va diniy qadriyatlarimiz keng targ'ib etilmoqda.

Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Biroq fikrimizni muxtasar qilgan holda Allohdan bunday xayrli ishlar yanada ko'payishini, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizga sihat-salomatlik, oilalarimizga baxt-saodat, to'kin-sochin dasturxonlar nasib qilishini so'rab qolamiz. 

Ibrohimjon INOMOV

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

23.12.2024   22   8 min.
Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَسُولُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي النَّاسِ فَأَثْنَى عَلَى اللهِ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ ثُمَّ ذَكَرَ الدَّجَّالَ، فَقَالَ: «إِنِّي َلَأُنْذِرُكُمُوهُ وَمَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ، وَلَكِنِّي سَأَقُولُ لَكُمْ فِيهِ قَوْلًا لَمْ يَقُلْهُ نَبِيٌّ لِقَوْمِهِ، إِنَّهُ أَعْوَرُ، وَإِنَّ اللهَ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom odamlar orasida turib, Allohga loyiq hamdu sano aytdilar, so‘ng Dajjol haqida so‘zlab, shunday dedilar: «Men sizlarni undan ogohlantiraman! Har bir nabiy ham o‘z qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga u haqda hech bir nabiy o‘z qavmiga aytmagan gapni aytaman: uning bir ko‘zi yo‘q, Alloh esa unday emas!»

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ أُمَّتَهُ الْأَعْوَرَ الْكَذَّابَ أَلَا وَإِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ «ك ف ر» أَيْ كَافِرٌ يَقْرَؤُهُ كُلُّ مُسْلِمٍ». رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom shunday dedilar: «Qaysi bir nabiy bo‘lmasin, albatta, ummatini bir ko‘zi yo‘q kazzobdan ogohlantirgan. Bilib qo‘yinglarki, uning bir ko‘zi yo‘q! Robbingiz esa unday emas! Dajjolning ikki ko‘zi orasiga «ka», «fa» «ro», ya’ni «kofir» deb yozilgan. Uni har bir musulmon o‘qiydi».

To‘rtovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo odamlarni sinash uchun Dajjolga turli imkoniyatlar berib qo‘yadi. Jumladan, Alloh taoloning izni ila u o‘likni tiriltirish, yomg‘ir yog‘dirish, yerni hosildor qilish va shunga o‘xshash ishlarga imkon topadi. So‘ngra o‘zidan ketib, xudolik da’vosini qiladi. Shunda Alloh taolo uning ojizlik taraflarini zohir qilib qo‘ygani ish beradi. Uning bir ko‘zi yo‘qligi, peshonasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgani, Dajjol bu narsalarni o‘zidan ketkaza olmasligi uni fosh qiladi.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي أَطُوفُ بِالْكَعْبَةِ فَإِذَا رَجُلٌ آدَمُ سَبْطُ الشَّعَرِ يَنْطُفُ أَوْ يُهْرَاقُ رَأْسُهُ مَاءً قُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالُوا: ابْنُ مَرْيَمَ ثُمَّ ذَهَبْتُ أَلْتَفِتُ فَإِذَا رَجُلٌ جَسِيمٌ أَحْمَرُ جَعْدُ الرَّأْسِ أَعْوَرُ الْعَيْنِ كَأَنَّ عَيْنَهُ عِنَبَةٌ طَافِيَةٌ قَالُوا: هَذَا الدَّجَّالُ أَقْرَبُ النَّاسِ بِهِ شَبَهًا ابْنُ قَطَنٍ»، وَابْنُ قَطَنٍ رَجُلٌ مِنْ خُزَاعَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Sochlari yaxshilab taralgan bug‘doyrang kishini ko‘rdim. Qarasam, sochlaridan suv tomib turibdi. «Bu kim?» desam, «Bu – Masiyh ibn Maryam», deyishdi. So‘ngra boshqa yoqqa qarab, bir barvasta kimsaga duch keldim. Sochi qizil, jingalak, bir ko‘zi yo‘q, biri esa xuddi bo‘rtib turgan uzum donasiga o‘xshaydi. Bu – Dajjol, unga eng o‘xshaydigan odam esa xuzo’alik Ibn Qatandir».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Ibn Qatan – johiliyat davrida o‘lib ketgan odam edi.

وَلِمُسْلِمٍ: «الدَّجَّالُ أَعْوَرُ الْعَيْنِ الْيُسْرَى، جُفَالُ الشَّعَرِ، مَعَهُ جَنَّةٌ وَنَارٌ فَنَارُهُ جَنَّةٌ وَجَنَّتُهُ نَارٌ».

Muslimning rivoyatida:

«Dajjolning chap ko‘zi yo‘q, o‘zi sersoch bo‘ladi. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi – jannatdir, jannati – do‘zaxdir», deyilgan.

وَلِأَبِي دَاوُدَ: «إِنَّ مَسِيحَ الدَّجَّالَ رَجُلٌ قَصِيرٌ أَفْحَجُ جَعْدٌ أَعْوَرُ مَطْمُوسُ الْعَيْنِ لَيْسَ بِنَاتِئَةٍ وَلَا جَحْرَاءَ فَإِنِ الْتَبَسَ عَلَيْكُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Abu Dovudning rivoyatida:

«Dajjol pakana, maymoq, jingalaksochdir, uning bir ko‘zi yo‘q, ko‘zi tep-tekis – bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagan. Agar ikkilanib qolsangiz, bilingki, Robbingiz unday emas», deyilgan.

Sharh: Mana shu sifatlardan uni tanib olaveringlar, tag‘in uning xudolik da’vo qilayotganiga aldanib qolmanglar.

عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَا سَأَلَ أَحَدٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الدَّجَّالِ مَا سَأَلْتُهُ وَإِنَّهُ قَالَ لِي: «مَا يَضُرُّكَ مِنْهُ»، قُلْتُ: لِأَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّ مَعَهُ جَبَلَ خُبْزٍ وَنَهَرَ مَاءٍ، قَالَ: «هُوَ أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ ذَلِكَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Hech kim Dajjol haqida Nabiy alayhissalomdan men so‘raganchalik so‘ragan emas. U zot menga «U senga zarar qila olmaydi», deganlar. «Uning non tog‘i, suv anhori bo‘ladi, deyishadi», dedim. «Allohning nazdida u bunchalik bo‘lishga arzimaydi», dedilar».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo unga mo‘jiza kabi narsalarni juda ham oshirib berib qo‘ygan emas.

عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا مَعَ الدَّجَّالِ مِنْهُ، مَعَهُ نَهَرَانِ يَجْرِيَانِ أَحَدُهُمَا رَأْيَ الْعَيْنِ مَاءٌ أَبْيَضُ وَالْآخَرُ رَأْيَ الْعَيْنِ نَارٌ تَأَجَّجُ فَإِمَّا أَدْرَكَنَّ أَحَدٌ فَلْيَأْتِ النَّهَرَ الَّذِي يَرَاهُ نَارًا وَلْيُغْمِّضْ ثُمَّ لِيُطَأْطِئْ رَأْسَهُ فَيَشْرَبَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مَاءٌ بَارِدٌ وَإِنَّ الدَّجَّالَ مَمْسُوحُ الْعَيْنِ عَلَيْهَا ظَفَرَةٌ غَلِيظَةٌ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ يَقْرَأُهُ كُلُّ مُؤْمِنٍ كَاتِبٍ وَغَيْرُ كَاتِبٍ».

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men Dajjolda nimalar bo‘lishini uning o‘zidan ham yaxshi bilaman. Uning ikkita oqib turgan anhori bo‘ladi, biri ko‘zga ko‘rinib turgan oq suv, biri – ko‘zga ko‘rinib turgan alangali olov bo‘ladi. Kimdir unga yetishsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan anhorga sho‘ng‘isin. So‘ngra boshini egib, undan ichsin, chunki o‘sha sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning ko‘zi tekis, ustini qalin et qoplagan. Uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan bo‘lib, yozishni bilganu bilmagan har bir mo‘min uni o‘qiy oladi».

Sharh: Dajjolning chap ko‘zi qalin et bilan qoplangan bo‘lib, tep-tekis holda bo‘ladi. Shuning uchun u «masiyh» – tekislangan deb ham ataladi.

وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الدَّجَّالَ يَخْرُجُ وَإِنَّ مَعَهُ مَاءً وَنَارًا فَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ مَاءً فَنَارٌ تُحْرِقُ وَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ نَارًا فَمَاءٌ بَارِدٌ عَذْبٌ فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ فَلْيَقَعْ فِي الَّذِي يَرَاهُ نَارًا فَإِنَّهُ مَاءٌ عَذْبٌ طَيِّبٌ». رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُ.

Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Dajjol chiqqanda uning suvi va olovi bo‘ladi. Odamlarga suv bo‘lib ko‘ringan narsa – kuydiruvchi olovdir. Odamlarga olov bo‘lib ko‘rinadigan narsa – muzdek, shirin suvdir. Qay biringiz bunga duch kelsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan narsaga tushsin, o‘sha shirin, pok suv bo‘ladi».

Ikkisini uchovlari rivoyat qilganlar.

(Davomi bor)

«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan

Maqolalar