Maqolada Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid bin Abdulaziz Al-Folih “O'zbekiston-2030” strategiyasi va Qirollikning 2030 yilga mo'ljallangan istiqboli va Milliy investitsiya strategiyasida belgilangan maqsadlar muvofiq kelishi ta'kidlangan, Saudiya – O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi sa'y-harakati har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi urg'ulangan. Shuningdek, ikki davlat xususiy sektorlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur uchrashuvda hamkorlikning aniq yo'nalishlariga e'tibor qaratilishi qayd etilgan.
Muallif O'zbekistonda umumiy qiymati qariyb 31 milliard dollarlik 50 ta investitsiya tashabbusi ilgari surilgani, ushbu loyihalar “O'zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlari doirasida nazarda tutilgan 110 milliard dollarlik xorijiy investitsiya joriy etilishini ta'minlashiga to'xtalgan.
Tomonlar energetika, qayta tiklanadigan energiya, sog'liqni saqlash, infratuzilma, qishloq xo'jaligi, inson resursini rivojlantirish sohalarida qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish, buning uchun zarur sarmoya kiritish bo'yicha erishilgan yutuqlarni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunida qo'mita oltinchi yig'ilishi bayonnomasi imzolandi. Mazkur hujjat asosida ko'plab qo'shma tashabbus, dasturlar, shuningdek ikki mamlakat xususiy sektori o'rtasida qator anglashuv memorandumlari imzolandi.
Muharrama Pirmatova, O'zA
Alloma Muhammad Avvoma hafizahulloh:
"Haqiqiy oqillar muxoliflari bilan bog‘lab turuvchi rishtalarga qaraydilar:
Birinchisi: Odamgarchilik,
Ikkinchisi: Islom,
Uchinchisi: Ilm rishtasi".
Bu hikmatda, aqlli va ixlosli insonlar hatto o‘zlariga qarshi fikrda bo‘lgan odamlar bilan ham umumiy bog‘liqliklarni ko‘radilar. Ular odamiylik jihatidan baribir bir inson ekanligini, agar musulmon bo‘lsa, Islom birodarligi birlashtirishini va ilm rishtasi bilan ham bog‘lanishini anglaydilar. Bu esa ixtiloflar chekinib, hurmat, bag‘rikenglik va ijobiy munosabatlar uchun asos bo‘ladi.