Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Ro'zaga doir masalalar

19.06.2015   938   3 min.
Ro'zaga doir masalalar

1.     Og'zi to'la qussa, kafforatsiz ro'za qazosining o'zini tutib beradi. Bordi-yu, qusqi uni qaytarishga kuchi etmaydigan darajada kuch bilan kelsa, ro'za ochilmaydi (“Muxtasar”) 

 

2.     Huqna (klizma) qildirish, burun bilan dorini dimoqqa tortib yutish, quloqqa yog' tomizish kabilar bilan ro'za ochiladi va kafforatsiz qazo vojib bo'ladi. Agar ro'zadorning qulog'iga suv kirib ketsa, ro'zasi ochilmaydi  (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

3.     Hozirgi oq saqich (jevachkalar) tarkibida turli xil modda va shirinliklar mavjud. Shuning uchun hozirgi saqichlarni (jevachkalarni) chaynab, tupigini yutsa, ro'zasi ochiladi.

 

4.     Uzrsiz taom tuzini totib ko'rish, bozordan meva sotib olayotganda tanlash uchun totib ko'rish makruh ishlardandir. Uzrli bo'lsa makruh emas. Masalan: erining xulqi yomonligidan taomning tuzini totib ko'rishga majbur bo'lsa, xo'jayining urishishidan qo'rqib, bozor mevalarini totib ko'rib xarid qilsa, makruh emas. Shuningdek, yosh bolaga ovqatni chaynab beradigan odam yo'qligidan ro'zador bo'la turib, o'zi chaynab berishi uzr hisoblangani uchun makruh sanalmaydi (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

5.     Ro'zador odamning kunduz kuni (uzrsiz) cho'milishi, boshidan suv quyishi, suvga tushib o'tirishi, xo'l kiyimga o'ralib olishi ayrim ulamolar nazdida makruh sanalgan. Abu Yusuf esa, bu kabi ishlar makruh emas, deb fatvo bergan (“Fatovoyi Olamgiriya”).

 

O'zbekiston musulmonlari

 

                                                                      idorasi fatvo hay'ati

 

Boshqa maqolalar

Birgina gumonim uchun

11.07.2025   6579   1 min.
Birgina gumonim uchun

Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar"Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".

Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".