Saudiya Arabistoni turizm axborot agentligining “TNA_media24” Twitterdagi sahifasida “O'zbekiston – dunyodagi eng muhim ziyorat turizmi maskanlaridan biri” degan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, O'zbekiston o'zining go'zal tabiati, rang-barang iqlimi va qadimiy tarixi bilan xorijlik sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. “Bu mamlakat islom va jahon tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan ko'plab olim va ziyolilari, qadimiy Ipak yo'li bo'yidagi savdo va madaniyat markazlari, karvonsaroy saroylari, muhtasham masjid va madrasalari bilan ham mashhur”, – deyiladi nashrda.
– Keyingi yillarda O'zbekiston hukumati tomonidan turizmni, ayniqsa, ziyoratni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko'plab sayyohlarni jalb qilmoqda. Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidentining turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qator qaror va farmonlari qabul qilingan. Ular sanoat rivoji uchun namuna bo'lib xizmat qiladi”.
Maqolada xabar qilinganidek, 2019-yilning 21-23 fevral' kunlari Buxoro shahrida birinchi Halqaro ziyorat turizmi forumi bo'lib o'tdi. Unda dunyoning 130 dan ortiq davlatidan islom ulamolari, turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir yakunida qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasida O'zbekiston jahondagi ziyorat turizmining muhim markazlaridan biri sifatida e'tirof etilgan.
“Har yili Crescent Rating va Mastercard kompaniyalari tomonidan e'lon qilinadigan Halqaro islom turizmi tanloviga ko'ra, O'zbekiston dunyoda 32-o'rindan 22-o'ringa ko'tarildi. “O'zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar o'rtasida jozibadorlik, xavfsizlik va bag'rikenglik ko'rsatkichlari bo'yicha dunyoning etakchi 10 ta davlati qatoridan joy oldi”, - deya xulosa qiladi “TNA_media24”.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni ro‘zasini Ramazon oyi ro‘zasini kutib sog‘ingandek boshqa kun va oy ro‘zasini kutganlarini ko‘rmadim"
(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).