Yurtimizdagi barcha mo'min-musulmonlar qatori buxoroliklar ham erta tongdan viloyatdagi 103 ta jome masjidda Hayit namozini o'qishdi. Unda 95 ming nafardan ziyod namozxonlar qatnashdi.
O'qilgan namozlarda aholi uchun barcha qulay sharoitlar yaratildi. Masjidlar atrofi obodonlashtirildi.
Halqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug' kunlarda buxorolik ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan yurt tinchligi, xalq farovonligi yo'lida duolar qilindi.
Hayit bayrami arafasida “Vaqf” xayriya fondi, shuningdek, tashabbuskor homiylar tomonidan kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, 15 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylariga yordam ko'rsatildi. “Muruvvat” uylarida xayriya tadbirlari amalga oshirildi.
Shuningdek, muqaddas qadamjo hamda qabristonlar obodonlashtirildi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O'zA
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.
Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.
Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.
Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV