Bugun, 5 aprel' kuni “Yangi O'zbekiston” bog'ida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, turli millat vakillari va diniy konfessiya etakchilari ishtirok etdilar.
Marosimda muftiy hazratlari tadbir ishtirokchilari qatori ushbu hududda tashkil etilgan "Bag'rikenglik bog'i"ga turli daraxt ko'chatlari o'tqazdilar va bunday xayrli amallar bardavom bo'lishini so'rab duo qildilar.
Mazkur tadbir Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini alohida qayd etish kerak. Zero, ushbu tashabbus barcha yurtdoshlarimizni yagona maqsad atrofida birlashtirdi, desak yanglishmagan bo'lamiz.
Chunki ayni bahor kunlari yurtimizda amalga oshirilayotgan ko'kalamzorlashtirish ishlari diyorimizning yanada yashillika burkanishiga sabab bo'lmoqda. Loyihaga ko'ra, kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko'chat ekish maqsad qilingan bo'lib, ayni kunlarda loyiha doirasida ko'plab ko'chat ekish, hududlarni obod qilish ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur xayrli loyiha doirasida shu yil 1 mart kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining bayonoti ham qabul qilindi. Bayonotda “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotimizda tutgan o'rni haqida so'z yuritilib, dinimiz ta'limoti asosida barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chaqirish barobarida, qishloq-ovullarmiz, mahalla-ko'ylarimizni obod qilish orqali yurtimizni bog'u bo'stonga aylantirish nazarda tutilgan.
Ushbu savobli loyihada yurtimizdagi barcha masjidu mahallalarda uyushqoqlik bilan davom etib, masjidlar hududida yashil makonlar tashkil etish va ko'chat ekish ishlari faol davom etmoqda.
Zero, Islom dinimiz ham erni obod qilish, ko'chat o'tqazish masalalariga alohida fazilatli amal sifatida qarashini Muftiy hazratlari ta'kidladilar. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar bir musulmon banda ko'chat o'tqazsa, yoki ekin eksa, undan biron insonmi, qushmi yoki hayvonmi esa, buning uchun unga sadaqa qilinganning savobi bo'ladi”, dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Yurtimizda “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari muntazamlik kasb etgani juda quvonarlidir.
“Ko‘kaldosh” hamda Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslarining navbatdagi (56- va 44-chi davra) guruh tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv kurslariga hujjat topshirish uchun 18 yoshdan oshgan fuqarolar o‘zlari bilan pasport nusxasi olib kelishi talab etiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati