Nabaviy qaytariqlar (3 qism)
25.12.2024
659
1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytardilar:
- Quyosh chiqayotganda, toki nayza bo‘yi ko‘tarilmaguncha va asrdan so‘ng toki quyosh botgunga qadar namoz o‘qishdan qaytardilar.
- Hajr (arazlashish)dan qaytardilar. (Ya’ni, musulmonni boshqa musulmon birodaridan hajr qilishidan qaytardilar).
- Yangi tillani eski tillaga sotishdan qaytardilar.
- Sochni ba’zi yerini oldirib, ba’zi yerini qoldirishdan qaytardilar.
- O‘g‘rilashdan, hazfdan (ko‘rsatkich barmoqlari orasiga toshchani yashirib otishdan) qaytardilar.
- O‘lganlarni so‘kishdan qaytardilar.
- Itga narx qo‘yish, sotishdan qaytardilar. (Izoh: Abu Hanifa rahimahulloh manfaati bo‘lganlarini sotsa bo‘ladi deganlar. Ba’zi ulamolar faqat ov itlarini sotish joiz deganlar).
- Meshning og‘zidan suv ichishdan qaytardilar.
- Zakarni o‘ng qo‘l bilan ushlashdan qaytardilar.
- O‘ng qo‘l bilan istinjo qilishdan qaytardilar.
- Ayollarni janozaga ergashishdan qaytarganlar.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING