• Birinchi bosqich:
1. «Aqiydatut Tahoviyya» matni;
2. «Aqoidun Nasafiyya» matni;
3. «Bad'ul amoliy» matni.
• Ikkinchi bosqich:
1. «Bad'ul amoliy» sharhi. Shayx Abdulhamid Turkmoniyning ta'liqotlari bilan o'rganilsa, yana ham yaxshi.
• Uchinchi bosqich:
1. «Tamhid li qovaidit tavhid» — Imom Abus-Sano Mahmud Lomishiy rohimahulloh.
- Ushbu bosqichdagi ko'makchi kitoblar:
1. «Bahrul kalom» — Imom Abul-Mu'iyn Nasafiy rohimahulloh.
2. «Usulud din» — Imom Jamoliddin G'aznaviy rohimahulloh.
3. «Al-bidoya minal kifoya fil hidoya fi usulud din» — Imom Nuruddin Sobuniy rohimahulloh.
• To'rtinchi bosqich:
1. «Umdatul aqoid» — Imom Abul-Barokat Nasafiy rohimahulloh.
- Ushbu bosqichdagi ko'makchi kitoblar:
1. «Usulud din» — Imom Bazdaviy rohimahulloh.
2. «Al-Hodiy fi usulud din» — Imom Jamoliddin Umar al-Habboziy rohimahulloh.
3. «Lubobul kalom» — Imom Alouddin Asmandiy rohimahulloh.
4. «Al-Kifoya fil hidoya» — Imom Nuruddin Sobuniy rohimahulloh.
• Beshinchi bosqich:
1. «Sharhul aqoidin Nasafiy» — Imom Taftazoniy rohimahulloh.
- Ushbu bosqichdagi ko'makchi kitoblar:
1. «Tabsirutul adilla» — Imom Nasafiy rohimahulloh.
2. «Al-Musayaro» — Imom Ibnul Humom rohimahulloh.
◇ «Aqiydatut Tahoviyya» asarining muhim sharhlari:
1. «Sharhu aqiydatut Tahoviyya» — Imom Shujo'uddin Turkistoniy rohimahulloh.
2. «Sharhu aqiydatut Tahoviyya» — Imom G'aznaviy rohimahulloh.
3. «Sharhu aqiydatut Tahoviyya» — Imom Abdulg'oniy al-Maydoniy rohimahulloh.
4. «An-nurul lome' val burhonis sote' fi sharhit Tahoviyya» — Imom Abul-Fazoil Nosiriy al-Hanafiy rohimahulloh.
Doktor Hamza Bakriy hafizahulloh
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men tush ko‘rdim va uyg‘onib Ibni Sirinning "Tushlar ta’biri" kitobini ko‘rsam yomonroq chiqdi va siqilib qoldim. Tush ta’biri masalalariga musulmon inson qanday qarashi kerak?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, Ibn Siriyn rahimahullohga nisbat berilgan “Tushlar ta’biri” kitobi u zotga tegishli emas. Shuning uchun bu kitobni u zotga nisbat berib bo‘lmaydi. Dinimizga ko‘ra tushlar uch xil bo‘ladi:
– Alloh taolo tomonidan bo‘lgan, tahorat bilan yotilganda, tongga yaqin ko‘riladigan, solih tushlar.
– Shaytondan bo‘lgan, aniq esda qolmaydigan, kayfiyatni tushiradigan, alahsirashga o‘xshash yomon tushlar.
– Kasbiga yoki qiziqqan narsasiga taalluqli tushlar.
Dinimizda tush ko‘rganda nima qilish kerakligi borasida aniq tavsiyalar kelgan. Agar rost tushlar shariatga mos kelsa, amal qilish mumkin, agar zid kelsa, qat’iy amal qilinmaydi. Yomon tush ko‘rgan kishi tushini birovga aytmasligi va tushning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rashi kerak. Bu haqida Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhu otasidan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rost tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz qo‘rqinchli tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflab qo‘ysin va tushning yomonligidan (Allohdan) panoh so‘rasin. Shunda yomon tush zarar qilmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ya’ni yomon tush ko‘rgan kishi chap tomonga yengilgina tuflab: “Robbim! Ko‘rgan tushimni yomonligidan panoh so‘rayman”, deb qo‘yadi.
Ba’zi ulamolar imkon bo‘lsa o‘rnidan turib, tahorat olib, ikki rakat nafl namoz o‘qigani hamda biroz sadaqa qilib qo‘ygani yana ham yaxshi, deyishgan.
Shuningdek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish to‘g‘ri emas. Biz dinimiz ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog‘lom, irodamiz mustahkam bo‘ladi. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.