Allohga shukrki, co'nggi yillarda mamlakatimizning turli hududlarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, xalqimizning emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarga ega jomelar bunyod etilmoqda.
Ana shunday muborak maskanlardan ikkitasi Qoraqalpog'iston o'lkasining Nukus shahrida ajratilgan er maydonlarida barpo etilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Orolbo'yi mintqasiga tashriflari chog'ida Nukus shahrida “Samanbay” va “Qumovul” mahallalarida hashar yo'li bilan qurilayotgan masjidlardagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Muftiy hazratlari qurilish va bunyodkorlik jarayonlarini ko'zdan kechirib, o'z tavsiyalarini ham berib o'tdilar.
Kelgusida mazkur inshootlarning ichki tomoni an'anaviy naqshlar bilan bezatiladi. Ularda barcha qulayliklarga ega kutubxona, ma'muriy bino va zamonaviy tahoratxona barpo etiladi.
Tashrif yakunida muftiy Nuriddin domla hazratlari mahalliy aholi bilan uchrashib, qoraqalpoq eli va yurtimiz haqqiga xayrli duolar qildilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.