Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2025   |   6 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2025, 6 Rajab, 1447

O'zbekistonning gastronomik va ziyorat turizm sohalaridagi imkoniyatlari Saudiya Arabistoni matbuoti nigohida

24.07.2023   2160   3 min.
O'zbekistonning gastronomik va ziyorat turizm sohalaridagi imkoniyatlari Saudiya Arabistoni matbuoti nigohida

Joriy yilning 12-19 iyul' kunlari Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O'zbekistonga infotur tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jidda shahridagi Bosh konsulxonamizdan ma'lum qilishlaricha,  O'zbekistondagi “Real Dreams” turkompaniyasi orqali tashkil etilgan ushbu ijodiy safar doirasida saudiyalik jurnalist va blogerlar Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishganlar. Shuningdek, Saudiya OAV vakillari 17-18 iyul' kunlari poytaxtimizda o'tkazilgan turizm ko'rgazmasida ham ishtirok etishgan.

Infotur doirasida “Swift News” elektron nashrida va “Snapchat” ijtimoiy tarmog'ida O'zbekistonning gastronomik va ziyorat turizmi sohalaridagi imkoniyatlariga bag'ishlangan qiziqarli maqolalar va videoroliklar joylashtirildi.

“Arab taomlari va ot go'shti bilan mashhur bo'lgan o'zbek restorani” sarlavhali maqolada saudiyalik gazetxonlar e'tiboriga  O'zbekistonning pazandachilik san'ati to'g'risida hikoya qilinadi.

Samarqandda 2000 yillarda tashkil etilgan “Ibrohim Bek restorani”ning o'ziga xos jihati sifatida uning barcha toifadagi xo'randalar uchun mazali hamyonbop taomlar taklif qilishi aytiladi. 

“Restoranda oilaviy o'tirish xonalari bilan birga, ochiq havoda joylashgan so'lim bog'li go'shalar ham mavjud. To'lovni o'zbek so'mida naqd yoki “Visa card” orqali amalga oshirish mumkin”, deb yozadi  “Swift News” nashri muxbiri.

Navbatdagi maqola “Halqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida joriy yilning 17 iyul' kuni O'zbekiston turistik agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent “UzExpo” markazida tashkil etilgan “Ziyorat turizm” ko'rgazmasiga bag'ishlangan.

Ta'kidlanishicha, ushbu ko'rgazmada Saudiya Arabistoni Podshohligi va boshqa arab davlatlaridan 100 nafardan ortiq yirik sayyohlik kompaniyalari, aviakompaniyalar va mehmonxonalar vakillari ishtirok etishgan. Mazkur ko'rgazma Saudiya Arabistoni kompaniyalari uchun umra ziyorati bo'yicha O'zbekiston kompaniyalarga o'z xizmatlarini ko'rsatish uchun qulay maydon ekanligi urg'ulangan.

“Swift News” elektron nashri mavzuni davom ettirib, “O'zbekiston turistik agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan “UzExpo” markazida tashkil etilgan “Ziyorat turizm” ko'rgazmasini O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi rahbariyati vakili ochib berganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, “Saudi Vision 2030” dasturi hamda haj mavsumida “Podshoh mehmonlari” dasturi ijrosini ta'minlash doirasida Podshohlik tegishli chora-tadbirlarni faol amalga oshirayotgani, xususan, “umra” masumida ziyoratchilar sonini 2030 yilga borib 100 millionga etkazishni maqsad qilgani ta'kidlangan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)

25.12.2025   5621   1 min.
Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)

Namanganda «Inson qadri» kitobi taqdimoti va soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Namangan shahridagi taqdimot marosimida Musoxon domla Abbosiddinov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi asari mazmun-mohiyatini tahlil qildilar. So‘zga chiqqanlar kitob jamiyatda mehr-oqibat va odob-axloq tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.


Shuningdek, tadbir doirasida viloyat va tuman bosh imom-xatiblari uchun yangi dizayndagi maxsus liboslar taqdim etildi.

Tadbir yakunida yil davomida eng faol bo‘lgan imom-xatib va otinoyilarga tashakkurnomalar topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari