Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Sentabr, 2025   |   2 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:54
Quyosh
06:12
Peshin
12:20
Asr
16:30
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
24 Sentabr, 2025, 2 Rabi`us soni, 1447

Nafs - ilohiy sir

09.09.2025   5947   3 min.
Nafs - ilohiy sir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

NAFS MOHIYATI

Haqiqatda inson nafsi ilohiy sir (latifai Rabboniya) bo‘lib, uning mohiyatini to‘la anglash mumkin emas.

Inson tanasiga kirib joylashgunga qadar nafs ruh yoki jon deb ataladi. Alloh irodasi bilan ruh tan bilan birlashadi, keyin mosuvallohni[1] taniydi va shu bilan o‘z Parvardigoridan boshqaga chalg‘iydi. Shunda Alloh va nafs o‘rtasida nafsni Yaratuvchiga yaqinlashtirmaydigan parda paydo bo‘ladi.

Ma’lumki, insoniy ruh o‘z tabiatiga ko‘ra oliyjanob borliqdir, chunki unga farishtaning nafasi orqali Alloh hayot beradi. Bu haqda bizga Allohning Elchisi sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:

“Haqiqatda sizlardan har bir kishining yaratilishi onasining qornida qirq kun ichida tomchi suv (nutfa) holida amalga oshadi. So‘ng shuncha muddat ichida laxta qon (alaqa) holida bo‘ladi. So‘ngra yana shuncha vaqt ichida bir parcha go‘sht (muzg‘a) holida bo‘ladi. Keyin unga bir farishta yuboriladi va o‘sha farishta unga jon puflaydi. So‘ng farishtaga shu insonning taqdiriga taalluqli bo‘lgan to‘rt narsani – rizqi, ajali, amali hamda baxtsiz yoki baxtli ekanini yozish farmon qilinadi...” [2] (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).

Tana bilan jon birlashgach, inson deb atalguvchi g‘aroyib yaratiq (maxluq) shakllanadi.

Alloh insonni bunyodkorlik bilan o‘z hayot tarzini barpo etishi uchun yer yuzida o‘ziga xalifa (o‘rinbosar) qildi. Shuningdek, insoniy nafsni tarbiya qilish uchun, bandasiga mehribonlik ko‘rsatib, O‘zining shariatlari (qonun to‘plamlari)ni tushirdi. Zero, bilim va axloqning asosini inson nafsining komil tarbiyasi tashkil etadi.

Modomiki, Allohning amru farmonlari inson nafsiga qaratilgan ekan, nafs sifatlari bilan odamlarning taqvosi va sobitligi aniqlanadi. Ilohiy kitoblarning tushirilishi, Alloh elchilari, payg‘ambarlariga vahiylar kelishi va qonun-qoidalarning o‘rnatilishidan asosiy maqsad inson nafsini kamol toptirishdan iboratdir.

Kuchli his-tuyg‘ular va beparvolikka berilish, har xil hayotiy vaziyatlarga moyil bo‘lishlik inson nafsining tabiatiga xosdir. Nafs o‘zining odam va jinlardan iborat yomon do‘stlari hamda shaytonlar ta’siri ostida doimo gunohlar sodir etadi. Bas, shunday ekan, gunohlar tufayli sodir bo‘lgan zararlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish va nafsni bularning yomonligidan qutqarish uchun gunohlar yo‘qotish ustida davomli ishlash zarur. Bu esa Allohga haqiqiy tavba va qaytish bilangina bo‘ladi.[3]

Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

 


[1]Allohdan boshqa narsalar, olamlar yoki olamdagi Allohdan g‘ayri narsalar.
[2]Agar ko‘nglida iymon bilan ketsa baxtiyorlardan, bil’aks, baxtsizlardandir – Muharrir.
[3] Bu to‘g‘ri yo‘l Alloh tomonidan ko‘rsatilgan hidoyatdir – Muharrir.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

24.09.2025   1513   1 min.
Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi

Toshkent islom institutida “Sentyabr – Islom tarixi va siyrat fan oyligi” doirasida  institutning 3-kurs talabalari o‘rtasida "Hidoyat mayog‘i” nomli siyrat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi, TII “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Umidjon Xodjayev, institut rektori Uyg‘un G‘afurov, Ilmiy ishlar va fan bo‘yicha prorektori Soatmurod Primov, shuningdek, "Hadis va islom tarixi fanlari" kafedrasi ustozlaridan iborat hakamlar guruhi ishtirok etdi.

Musobaqa an’anaga muvofiq Qur’on tilovati va xayrli duolar ila boshlandi. Tadbirni institut rektori Uyg‘un domla G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Musobaqada 3-kurs talabalaridan iborat Ibn Kasir, Ibn Hajar Asqaloniy va Imom Zahabiy jamoalari o‘rtasida qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda birinchi o‘rin Ibn Kasir jamoasiga, ikkita ikkinchi o‘rin Imom Zahabiy va Ibn Hajar Asqaloniy jamoalariga nasib etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlar "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati  

Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi Oliy ma’hadda siyrat musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar