NAFS MOHIYATI
Haqiqatda inson nafsi ilohiy sir (latifai Rabboniya) bo‘lib, uning mohiyatini to‘la anglash mumkin emas.
Inson tanasiga kirib joylashgunga qadar nafs ruh yoki jon deb ataladi. Alloh irodasi bilan ruh tan bilan birlashadi, keyin mosuvallohni[1] taniydi va shu bilan o‘z Parvardigoridan boshqaga chalg‘iydi. Shunda Alloh va nafs o‘rtasida nafsni Yaratuvchiga yaqinlashtirmaydigan parda paydo bo‘ladi.
Ma’lumki, insoniy ruh o‘z tabiatiga ko‘ra oliyjanob borliqdir, chunki unga farishtaning nafasi orqali Alloh hayot beradi. Bu haqda bizga Allohning Elchisi sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
“Haqiqatda sizlardan har bir kishining yaratilishi onasining qornida qirq kun ichida tomchi suv (nutfa) holida amalga oshadi. So‘ng shuncha muddat ichida laxta qon (alaqa) holida bo‘ladi. So‘ngra yana shuncha vaqt ichida bir parcha go‘sht (muzg‘a) holida bo‘ladi. Keyin unga bir farishta yuboriladi va o‘sha farishta unga jon puflaydi. So‘ng farishtaga shu insonning taqdiriga taalluqli bo‘lgan to‘rt narsani – rizqi, ajali, amali hamda baxtsiz yoki baxtli ekanini yozish farmon qilinadi...” [2] (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
Tana bilan jon birlashgach, inson deb atalguvchi g‘aroyib yaratiq (maxluq) shakllanadi.
Alloh insonni bunyodkorlik bilan o‘z hayot tarzini barpo etishi uchun yer yuzida o‘ziga xalifa (o‘rinbosar) qildi. Shuningdek, insoniy nafsni tarbiya qilish uchun, bandasiga mehribonlik ko‘rsatib, O‘zining shariatlari (qonun to‘plamlari)ni tushirdi. Zero, bilim va axloqning asosini inson nafsining komil tarbiyasi tashkil etadi.
Modomiki, Allohning amru farmonlari inson nafsiga qaratilgan ekan, nafs sifatlari bilan odamlarning taqvosi va sobitligi aniqlanadi. Ilohiy kitoblarning tushirilishi, Alloh elchilari, payg‘ambarlariga vahiylar kelishi va qonun-qoidalarning o‘rnatilishidan asosiy maqsad inson nafsini kamol toptirishdan iboratdir.
Kuchli his-tuyg‘ular va beparvolikka berilish, har xil hayotiy vaziyatlarga moyil bo‘lishlik inson nafsining tabiatiga xosdir. Nafs o‘zining odam va jinlardan iborat yomon do‘stlari hamda shaytonlar ta’siri ostida doimo gunohlar sodir etadi. Bas, shunday ekan, gunohlar tufayli sodir bo‘lgan zararlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish va nafsni bularning yomonligidan qutqarish uchun gunohlar yo‘qotish ustida davomli ishlash zarur. Bu esa Allohga haqiqiy tavba va qaytish bilangina bo‘ladi.[3].
“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov