Yaqinda Londonda joylashgan Metadee raqamli platformasi noyob to'plam – Qur'onning tarixiy ahamiyatga ega qo'lyozmasini chiqardi. Qur'onning noyob raqamli nusxasi Oksford universitetining Arxeologiya va san'at tarixi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tomonidan sertifikatlandi. Musulmonlarning Muqaddas kitobi Payg'ambar Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ning sahobalaridan Zayd ibn Sobit al-Ansoriyning qo'li bilan yozilgan bo'lib, u ularning shaxsiy kotibi va
Qur'on oyatlarini yozib olgan kotibidir. Habar qilinishicha, kitobning asl nusxasi Shveytsariyada saqlanadi.
Metadee asoschisi va boshqaruvchi direktori Dipali Shuklaning so'zlariga ko'ra, qo'lyozmaning uchinchi, to'rtinchi va beshinchi jildlarining raqamli nusxalari yaratiladi. Ularning har biri bir million dollarga tushadi. "web3 i metaborliq odamlarning qanday fikrlashi, harakat qilishi va nafas olishini o'zgartirishi sababli raqamli bo'shliqdagi hamma narsaning qiymati faqat ortib borishi mumkin", deydi Shukla.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati