Madinadagi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tarjimai holi va Islom tsivilizatsiyasi xalqaro ko'rgazma-muzeyi bu yil haj marosimlarini ado etgan ziyoratchilar va tashrif buyuruvchilarga o'z eshiklarini ochdi.
Rasmiylar ziyoratchilarga ko'rgazmaning Nabaviy masjidi janubiy maydonlariga tutash turli bo'limlari va zallarini o'rganish imkoniyatini taklif qildi.
Kuniga 24 soat ochiq bo'lgan muzey Payg'ambar Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ni turli tillarda mavjud bo'lgan displeylar va interaktiv ekranlar orqali tanishtiradi. Maxsus zalda Ikki muqaddas masjidning noyob buyumlari va qadimiy asarlar mavjud.
Islam.ru bildirishicha, avvalroq, Madina hokimi, Shahzoda Faysal bin Salmon, ko'rgazma va muzey mazmuni "Islomning bag'rikengligi va mo''tadilligini namoyish etish uchun dunyoning barcha hududlarida Payg'ambarimizning to'g'ri yondashuvini tarqatish mumkin bo'lgan tarixiy merosi"ni o'zida aks ettirishini aytdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ayni qish-qirovli kunlarda "Vaqf" xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda ko‘plab xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, fond xodimlari g‘ayratli volontyorlar bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 ta oilalaga himmatli xalqimiz ehson qilgan ko‘mir, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa uy-ro‘zg‘orga zarur buyumlarni xonadonlariga yetkazishdi.
Alloh taolo saxovatli xalqimiz va muqarrab duogo‘ylarimizdan rozi bo‘lsin!
Vaqf.uz