Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2026   |   16 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2026, 16 Rajab, 1447

Bemor bo‘lganda bajariladigan 4 sunnat

14.07.2020   3594   2 min.
Bemor bo‘lganda bajariladigan 4 sunnat
  1. Dard ham, shifo ham Allohdan ekaniga qalbdan taslim bo‘lish, bunga qat’iy ishonish. Har bir yaxshilik ham, yomonlik ham Alloh taoloning huzuridandir. Bunga qalb ila taslim va rozi bo‘lish lozim. Har qanday sinovlarni rozilik bilan qabul qilish musibatlarni yengishning go‘zal muolajasidir. Aksincha, sinovlarga noshukrlik qilish, jazavaga tushish musibat ustiga musibatdir.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Xoh yerga va xoh o‘zlaringizga biror musibat yetsa, Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta, bu Allohga osondir” (Hadid surasi, 22-oyat).

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: “Imonning yuksak darajasi Allohning hukmiga sabr qilish va taqdirga rozi bo‘lishdir”.

 

  1. Dardga shifo izlash. Shifo Allohdan ekaniga imon keltirgan holda, shifoga olib boruvchi halol yo‘l va sabablarni izlash lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Davolaninglar! Alloh azza va jalla qaysi bir dardni bergan bo‘lsa, uning shifosini ham bergan”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Albatta, shifoni yolg‘iz Alloh beradi. Qur’oni karimda bunday deyiladi: “Kasal bo‘lganimda, Uning O‘zi menga shifo berur” (Shuaro surasi, 80-oyat).

Ammo iste’mol qiladigan dori-darmonimiz bir sabab, xolos. Sababni tark etish bandani halokatga duchor etadi.

 

  1. Bemorlik sababli gunohlar mag‘firat etilishiga umid qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonga qay bir musibat – horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am – g‘ussami, hattoki tikan kirishimi yetadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur”, deganlar.

 

  1. Duo qilish.

Alloh taolodan nafaqat o‘zingiz yoki oilangiz, balki butun musulmonlarning haqqiga sihat-salomatlik so‘rab duo qiling.

Sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachonki biror yerlari og‘risa muborak qo‘llarini og‘riyotgan joyga qo‘yib uch marotaba “Bismillah” deb, yetti marotaba bunday der edilar: “A’uzu billahi va qudratihi min sharri ma ajidu va uhoziru” (Imom Ahmad, Imom Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh alayhissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida:

“Bismillahil Kariym, a’uzu billahil a’ziym, min sharri kulli hirqin nahhar va min sharri harrin nar”, deb aytishni o‘rgatganlar (Imom Ibn Sunniy rivoyati).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kimki kasal bo‘ladimi, yo sog‘ bo‘ladimi hamisha Allohning roziligiga intilish lozim. Albatta, Alloh har narsaga Qodir, ne’matlarini beminnat beruvchi va har narsadan xabardor Zotdir.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi

30.12.2025   44923   2 min.
Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi

Inson qadri ulug‘lanayotgan Yangi O‘zbekistonda odamlarni hayotdan rozi qilish, har bir odamning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda turli soha vakillariga ehtirom ko‘rsatish muhim vazifa etib belgilangan. 

Ayniqsa, yon-atrofimizni obod va ozoda qiladigan kasb egalarini qadrlash — insonparvar jamiyatning asosiy belgisidir.

Shu maqsadda, 30 dekabr kuni  O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Hazrati Imom" majmuasida poytaxtimiz obodligi va ko‘rkamligiga hissa qo‘shib kelayotgan obodonlashtirish xodimlari uchun ehson dasturxoni yozilib, iliq so‘zlar ila hadyalar ulashildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mas’ullari va 200 nafardan ziyod xodimlar ishtirok etdi.

Muftiy hazratlari o‘z so‘zlarida so‘nggi yillarda  yurtimizda Davlatimiz Rahbari tomonidan inson qadrini yuksaltirish yo‘lida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilayotgani va bu har bir hamyurtimiz hayotida o‘z aksini topayotganini alohida ta’kidlash barobarida mazkur kasb egalarining jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos ekani, ular tufayli yurtimiz obod, ko‘chalarimiz orasta, atrof-muhitimiz pokiza va qalblarimiz ravshan bo‘lishini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari so‘zlarida ana shunday fidoyi insonlar dinimizda yuksak qadrlanishini ta’kidlab, yo‘ldan ozorni ketkazish ham iymondan sanalishini, Islomda poklikka alohida e’tibor qaratilishi uning iymon bilan bog‘langanidan ham yaqqol ko‘rinishini aytib o‘tdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Poklik iymonning yarmidir”, degan hadislarini yodga oldilar.

Muxtasar qilib aytganda, tadbirda jamiyat farovonligi, avvalo, insonga bo‘lgan e’tibor, uning mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirishdan boshlanishi ta’kidlandi. Poytaxtimiz obodligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga ko‘rsatilayotgan bunday ehtirom va g‘amxo‘rlik davlatimizda har bir insonning mehnati va qadri e’zozlanishining yaqqol namunasi ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida Muftiy hazratlari tomonidan sohada faollik ko‘rsatayotgan jonkuyar xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar, barcha ishtirokchilarga esa oziq-ovqat jamlanmalari hadya etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi Ozodalik va ko‘rkamlik fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi
O'zbekiston yangiliklari