Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Salom – tinchlik, salom – omonlik, salom – salomatlik

20.12.2017   3943   3 min.
Salom – tinchlik, salom – omonlik, salom – salomatlik

Muqaddas dinimiz qanchalar ulug‘. Unda tinchlik namoyon bo‘ladi. Islom dini insoniyatni barcha sohada, jumladan ilm, axloq, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy va siyosiy jabhada eng oliy darajaga olib chiqdi. Islom – tinchlik dini. U tinchlikni ustun qo‘yadi. Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biri ham “Salom”, ya’ni, tinchlik baxsh etuvchidir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: “U shunday Allohdirki, Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U) Podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) Pok, (bandalariga) tinchlik baxsh etuvchi, Omonlik beruvchidir...” (Hashr, 23).

Solihlarga beriladigan ulug‘ ne’matlardan biri “salom”dir. Ya’ni, tinchlik-omonlikdir. Toho surasining 47 oyatida bunday marhamat qilinadi: “Hidoyatga ergashganlarga salom (omonlik) bo‘lur”. Shuningdek, ular uchun oxiratda tinchlik diyori bor. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir” (An’om, 127).

Musulmonlar uchrashishsa bir-birlariga: “salom”, deyishadi. Ya’ni, o‘zaro tinchlik so‘rab duo qilishadi. Bu haqida Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Huzuringizga oyatlarimizga imon keltirayotganlar kelganlarida, ayting: “Sizlarga salom (salomatlik)!...” (An’om, 54).

Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni o‘z payg‘ambariga salavot va “salom” aytishlarini ta’lim beradi. Ahzob surasining 56 oyatida bunday marhamat qilinadi: “Ey, mo‘minlar! (Sizlar ham) unga salavot va salom aytingiz!”.

O‘zgalarning uylariga kirayotganda salom berib kirish lozim. Uy  ahliga tinchlik-omonlik so‘rab duo qilish muqaddas dinimizning o‘ziga xos odoblaridan biri hisoblanadi. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: “Ey, imon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangiz” (Nur, 27).

Qur’oni karimda muruvvatli, shafqatli, murosali, o‘zaro tinch-omon hayot kechiradigan mo‘minlar bunday sifatlangan: “Rahmonning (suyukli) bandalari yerda kamtarona yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) so‘z qotganda «Salomatlik bo‘lsin!» deb javob qiladigan kishilardir” (Furqon, 63).

Mo‘minlar har namozda tashahhuddan so‘ng tinchlik so‘rab duo qiladilar: “Yo Nabiy, sizga salom (tinchlik-omonlik), Allohning rahmati va barakati bo‘lsin! Bizga ham salom (tinchlik-omonlik), Allohning rahmati va barakati bo‘lsin!”.

Namoz “salom” bilan yakunlanadi. Ya’ni, tinchlik-omonlik so‘raladi. Bir namozxon kunlik besh vaqt namozning tashahudida o‘n yetti marta tinchlik so‘raydi. O‘ng va chapga beriladigan salomlarda esa yigirma ikki marta, jami o‘ttiz to‘qqiz marta tinchlik-omonlik va xotirjamlik so‘rab duo qiladi. Dunyo bo‘ylab ikki milliardga yaqin musulmonlar namozdan keyin tinchlik so‘rashadi. Natijada, Alloh taolodan kuniga 80 milliard marta omonlik so‘raladi. Bu ham tinchlik Islom dinining shiori ekaniga dalillardan biridir. 

Qudratulloh SIDIQMЕTOV,

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi

 

 

 

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   3562   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari