Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2025   |   21 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:24
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:53
Bismillah
13 Sentabr, 2025, 21 Rabi`ul avval, 1447

Diniy idoraning “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kurslari manzili va telefonlari

30.11.2023   14433   9 min.
Diniy idoraning “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kurslari manzili va telefonlari

 O'zbekiston musulmonlari idorasi Qur'on va tajvidni o'rgatish bo'limi tasarrufidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursining poytaxt hamda viloyatlardagi filiallari:

  1. Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (71) 227-23-47, (95) 525 50-52

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko'cha, 47-uy

  1. O'zbekiston xalqaro islom Akademiyasi (O'zHIA) filiali

☎ (99) 906-87-27 

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko'chasi, 11-uy

  1. Jizzax viloyati vakilligi – Jizzax shahar filiali

☎ (97) 325-72-43

Jizzax shahar, Sayljoyi mahallasi, Umidobod ko'chasi

  1. Jizzax viloyati vakilligi – Zomin tumani filiali

☎ (97) 328-63-40, (93) 294-83-53

Jizzax viloyati, Zomin tumani, G'.G'ulom MFY, Sh.Nasriddinov ko'chasi

  1. Qashqadaryo viloyati vakilligi – Qarshi shahar filiali

☎ (88) 850-18-18

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Qalliq Bog'obod mahallasi, Nasaf ko'chasi, 274-uy

  1. Farg'ona viloyat vakilligi – Farg'ona shahar filiali

☎ (50) 104-41-00

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Al-Farg'oniy ko'chasi 177-uy

  1. Farg'ona viloyat vakilligi – Buvayda shahar filiali

☎ (94) 624-05-25, (91) 660-11-22

Farg'ona viloyati Buvayda tumani, Poshshopirim qishlog'i, Shukrona ko'chasi, 1-uy

  1. Toshkent viloyat vakilligi – Angren shahar filiali

☎ (95) 500-04-02, (93) 909-07-24

Toshkent viloyati, Angren shahar, Taraqqiyot mahallasi, Bunyodkor ko'chasi, 26-uy

  1. Toshkent viloyat vakilligi – Bekobod shahar filiali

☎ (95) 500-04-03, (99) 918-12-92

Toshkent viloyati, Bekobod shahar, Nurli yo'l mahallasi, Turon ko'chasi 503-uy

  1. Toshkent viloyat vakilligi – Nurafshon shahar filiali

☎ (95) 500-08-04, (99) 935-89-62

Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Obod mahallasi, Ko'tarma-2 ko'chasi, 170-uy

  1. Toshkent viloyat vakilligi – Chirchiq shahar filiali

☎ (95) 500-08-01, (90) 033-25-85

Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Navro'z mahallasi, Gulyaeva ko'chasi, 57-uy

  1. Toshkent viloyat vakilligi – Yangiyo'l shahar filiali

☎ (95) 500-05-09, (94) 706-09-46

Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani, Gulbahor mahallasi, Sh.Rashidov ko'chasi, 6-uy

13.Mir Arab oliy madrasasi qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (99) 702-82-70, (50) 005-01-83

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Abu Hafs Kabir ko'chasi 3 uy

  1. “Ko'kaldosh” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (71) 244-48-27, (99) 249-30-90

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 46-uy

  1. “Hadichai Kubro” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (71) 299-24-11,  (71) 299-27-90

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zarafshon ko'chasi, 15-uy

  1. “Sayyid Muhyiddin maxdum” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (94) 420-77-22, (93) 630-35-12

Andijon viloyati, Oltinko'l tumani, Jalabek qishlog'i, G'ulomjon Hakimov ko'chasi, 23-uy

  1. Hidoya” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (69) 852-60-06 (93) 192-19-84

Namangan viloyati, Namangan shahri, Indra Gandi ko'chasi, 1-uy

  1. “Mir Arab” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (95) 600-45-97, (97) 303-44-43

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Ho'ja Nurobod ko'chasi, 16-uy

  1. “Jo'ybori Kalon” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (65) 221-72-73, (97) 301-84-24

Buxoro viloyati,  Buxoro shahri,  Havzi nav ko'chasi 92-uy

  1. “Faxriddin ar-Roziy” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (95) 606-92-55, (99)775-93-45

Horazm viloyati urganch tumani Qoramon qishlog'i, Kattabog' mahallasi, Hamkorlik ko'chasi 43-uy

  1. “Muhammad al-Beruniy” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (99) 317-93-93, (99) 958 93 30

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Bilimler guzarie ko'chasi, 1a-uy

  1. “Imom Termiziy” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (55) 451-05-96, (99) 673-53-40

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy Darvoza ko'chasi, 3-uy

  1. Samarqand Hadis ilmiy maktabi qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (66) 673-31-51, (94) 186-19-94

Samarqand viloyati Payariq tumani Ho'ja Ismoil mahallasi Hadis ilmi maktabi. Mo'ljal: Imom Buxoriy ziyoratgohi.

  1. “Hoja Buxoriy” O'MITM qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (75) 542-74-25, (97) 950-61-14

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Zargarlik ko'cha 4-uy

  1. Tasavvuf ilmi maktabi qoshidagi “Qur'oni karim va tajvid” o'quv kursi

☎ (95) 604-45-97, (90) 635-42-38

Buxoro shahar, Volidai Abdulazizxon jom' masjidi hududi

  1. “Abul Muin Nasafiy” nomli aqida ilmi maktabi qoshidagi "Qur'oni karim va tajvid" o'quv kursi

☎ (75) 220-06-32, (91) 222-03-03

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Nasaf  ko'chasi 274 uy

  1. Navoiy viloyat vakilligi – Navoiy shahar filiali

☎ (90) 969-48-64,  (94) 853-86-66

Navoiy shahri, M.Tarobiy ko'chasi 48-B uy

  1. Sirdaryo viloyat vakilligi – Guliston shahar filiali

☎ (77) 007-01-38,  (94) 007-19-95

Guliston shahri, Tarqqiyot MFY, Bunyodkor ko'chasi 605 uy

Boshqa maqolalar

Takfirchilikning 8 sababi

12.09.2025   3410   4 min.
Takfirchilikning 8 sababi

Islom dinining eng oliy maqsadi insoniyatni hidoyat yo‘liga boshlash, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birdamlikni mustahkamlashdir. Alloh taolo Qur’oni karimda:

“Albatta, mo‘minlar birodardirlar, bas, ikki birodaringiz o‘rtasini isloh qiling, Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahm qilinsangiz.” (Hujurot surasi, 10-oyat).

Mazkur oyat musulmonlarning o‘zaro birodar va do‘st ekanligiga urg‘u beradi. Biroq tarix davomida ayrim toifalar islom ta’limotini noto‘g‘ri talqin qilib, musulmonlarning o‘ziga qarshi turli fitnalar chiqarishga harakat qildilar. Shulardan eng xatarlisi takfirchilik, ya’ni musulmonni kufrda ayblash masalasidir.

Takfirchilik bir musulmonni boshqa bir musulmonga nisbatan “dindan chiqqan”, “kofir” deb hukm chiqarishidir. Qarshisidagi odamni kofir deyishning oqibatini Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom quyidagicha tushuntirganlar:

“Bir kishi birodariga “ey kofir!” desa, bu gap aniq ikkisidan biriga tegishli bo‘ladi. Agar u kishi rostan ham kofir bo‘lsa, unga qaytadi. Ammo unday bo‘lmasa gapiruvchining o‘ziga qaytadi” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

Ushbu hadisdan anglashilganidek, “takfir qilish” jiddiy masala bo‘lib, uning hukmi aytovchining o‘ziga qaytishi mumkin.

Insonlarni kufrda ayblashning bir nechta asosiy sabablari bor:

  1. Ilmsizlik – Qur’on va sunnatni chuqur o‘rganmagan, ulamolar kitoblari va so‘zlaridan xabarsiz bo‘lgan odamlar din masalalarida shoshilinch xulosa chiqaradi.
  2. Mutaassiblik – o‘z qarashlarinigina haq deb bilish va boshqacha fikrni qabul qilmaslik.
  3. Mazhabsizlik – asrlar davomida amal qilib kelingan mazhablarni inkor qilish va “faqat biz to‘g‘ri yo‘ldamiz” degan da’vo.
  4. Zamonaviy xavorijlik g‘oyasining ta’siri – ilk davrlarda chiqqan xavorijlar g‘oyasidan ilhomlanish va ularning yo‘lini davom ettirish.
  5. Siyosiy yoki mafkuraviy maqsadlar – ba’zi guruhlar islom niqobi ostida siyosiy kurash olib borish uchun takfir qilish g‘oyasidan foydalanadilar.
  6. Yoshlarning tajribasizligi – dinni yangi o‘rganayotgan ayrim yoshlar murakkab masalalarda mustaqil hukm chiqarishga urinib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib qoladilar.
  7. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi – tekshirilmagan “fatvo”lar va radikal da’vatchilar ta’siri.
  8. Shaytonning vasvasasi – insonni xudbinlikka, o‘zini “haqiqiy olim”, boshqalarni esa “adashgan” deb baholash.

Musulmon ulamolari takfirchilikka qarshi qat’iy fikr bildirishgan. Imom Navaviy rahmatullohi alayh shunday degan: “Hech bir kishi yagona gunoh sababli kufrga tushgan deb hisoblanmaydi. Modomiki, u Islom dinining asosiy va zaruriy qoidalarini qasddan inkor qilmayotgan bo‘lsa, u takfir qilinmaydi. Bir inson Islom asoslarini inkor qilganida, avval uning buni bilib-bilmasdan qilgani aniqlanishi kerak. Agar u jaholat sababli yoki ma’lumotsizlik tufayli xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, takfir qilinmaydi.

 Shuningdek, Imom Tohaviy rahmatullohi alayh o‘z mashhur aqida risolasida: “Qibla ahlidan bo‘lgan biror-bir musulmonni gunohi kabira tufayli kofir sanamaymiz”, deb ta’kidlaydilar.

Bu so‘zlardan ma’lumki, bir inson shahodat kalimasini aytgan va islomning asoslariga ishongan bo‘lsa, uni kufrda ayblashga yo‘l yo‘q.

Takfirchilik faqat diniy jihatdan emas, balki ijtimoiy barqarorlik uchun ham xavflidir:

  1. Ummat ichida bo‘linish va tafriqa keltirib chiqaradi.
  2. Birodarlik va ishonchni yo‘qotadi.
  3. Qon to‘kish va islom nomidan zo‘ravonlikka yo‘l ochadi.
  4. Islamning asl ta’limotini buzib ko‘rsatadi, g‘araz niyatdagi kimsalarga esa, fitna uchun imkoniyat yaratadi.

Takfirchilik islom ta’limotiga zid bo‘lgan xatarli g‘oyadir. U insonlarni Allohning rahmatidan uzoqlashtiradi, musulmonlar o‘rtasida birodarlik rishtalarini uzadi va fitna-fasodga sabab bo‘ladi. Har bir musulmonning vazifasi — birodarini kufrda ayblash emas, balki uni hidoyat va xayrli amallarga chorlashdir.

Shu boisdan, barcha holatlarda bo‘lgani kabi bu masalada ham ulamolarning yo‘liga ergashish lozim. Musulmonlar orasida birlik, bag‘rikenglik va inoqlikni mustahkamlash bugungi kun musulmonlarining eng muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda.

Xorazm viloyati Shayx Qosim bobo jome masjidi

imom-xatibi Shermuhammad Boltayev