Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.
Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Ho'ja Alambardor», «Yunusobod Oqtepa», «Minor» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Sayfuddinov Rahmatulloh domlaga Alloh taolodan kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Xayol va vasvasalarni muolaja qilaman desangiz, ularga e’tibor qaratmang. E’tibor qilmasangiz, insha Alloh, bu xayollar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi. Balki ishingizga diqqat qiling, namozga tursangiz, butun diqqatingizni namozga qarating.
Bu gaplarning javobi shuki, ey birodar, namoz sizga faqat maza va lazzat berishi uchun farz qilinmagan. Balki bu amal Alloh taologa ibodatdir, bandalik-qullikning bir ko‘rinishidir. Mabodo, namozda maza va lazzat kelsa, u holda bu holat Alloh taoloning bir ne’matidir. Agar namozda maza va lazzat kelmasa, uning sababidan namozga zarracha nuqson yetmaydi. Agar siz namozning arkonlari va shartlari hamda odoblarini to‘la-to‘kis ado etayotgan va sunnatga muvofiq bajarayotgan bo‘lsangiz, u holda agar butun umr maza va lazzat kelmasa ham, bunda sizning aybingiz yo‘q. Ibodat chog‘i maza va lazzat kelsa ham, kelmasa ham namoz o‘qishingiz kerak».
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan