Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Iyul, 2025   |   7 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
02 Iyul, 2025, 7 Muharram, 1447

Allohning suygan bandasi bo'lish uchun nima qilish kerak?

24.06.2021   2766   4 min.
Allohning suygan bandasi bo'lish uchun nima qilish kerak?

Inson Allohning suygan quli bo'lishi uchun nima qilishi kerak? Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisi qudsiyda bildiriladiki, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohu taolo aytadiki, «Hech bir bandam unga farz qilingan narsalardan ko'ra sevimliroq narsa bilan Menga yaqinlasha olmaydi. Bandam Menga nafl ibodatlari bilan ham yaqinlashadi. Nihoyat Men uni sevaman». Ya'ni Hazrati Mavloga etishish sari yo'naladi. «Hatto uhibbahu». Nihoyat men u qulimni sevaman. Nafl ibodatlarini qilaverib yaqinlashganda, nihoyat Alloh u qulini sevadi... Sevildimi, u qul avliyo bo'ladi, karomatlarga, fazilatlarga ega bo'ladi.

Alloh rizosiga erishishning eng qisqa, eng savobli  yo'li zikrdir.

Shuning uchun tariqatda zikr vazifalarini bajarasizlar.

– Boshqalar qilmaydi, boshqalar tark etadi, namoz o'qimaydi, boshqalar unaqa, boshqalar bunaqa demaysizlar.

Bizga boshqalar kerak emas, bizga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keraklar! Biz uchun avliyoullohning tushunchasi, olimlarning so'zi muhim. Boshqalar, yomon odamlar o'rnak bo'lolmaydi, yaxshi odamlar o'rnak bo'lishi kerak!

Hatto «Majalla» degan Usmoniylarning katta huquq asarlaridan birida aytilganki: «Botil mokisun 'alayh», ya'ni botil o'rnak bo'lmaydi.

– Taqsir, falonchi bunday qiladi, men ham shunday qilsam...

Yaxshiyu lekin uning qilgani zotan botil-da! Sen u botilni nima uchun o'rnak qilib olayapsan? U o'rnak bo'la olmaydi. Sen: «Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday qilgan, men ham shunday qilaman», – deb aytgin va qilgin!

Botil o'rnak bo'la olmaydi, haq o'rnak bo'la oladi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qilgan bo'lsalar, sen ham qil. Lekin Shayton qilgan bo'lsa, sen qilma! Shaytonning qilgani o'rnak bo'lmaydi. Shayton: «Men undan yaxshiroqman», – deb Odam alayhissalomga sajda qilmagan. Alloh ham uni jannatdan quvdi... Demak, Shaytonning qilganini qilmaslik uchun, kibrlanmasliging kerak! Kibr shaytonning axloqidir, kibrlanma, Shaytonning qilganini qilma!

Har kungi zikr vazifalaringiz bo'ladi. Nega har kun? – Chunki, zikr darveshning ozuqasidir. Darvesh zikrdan ma'naviy ozuqa oladi. Inson ovqat bilan quvvatlanganidek, oziq olganidek, darvesh ham zikr bilan quvvatlanadi, oziqlanadi.

– Qachon zikr qilishimiz mumkin?

– Har doim, har vaqt qila olasizlar. Zikrning majburiy bir vaqti bo'lmaganidek, qilinishi mumkin bo'lmagan vaqti ham yo'q.

Kunning istalgan vaqtida qila olasiz. Ishingizni bitirib: «Mana ishim ham bitdi, endi chekkaga o'tirib, zikrimni ham bajaray», – degan vaqtingiz bemalol bajarishingiz mumkin.

– Mening hech o'tiradigan holim yo'q. Qari onam, otam bor, uchta bolam bor, uy ishlari bor, ko'p ishlayman. Kechga borib charchab qolaman.

– Bo'pti, unday bo'lsa vazifani yo'l-yo'lakay bajar. O'tirib qilolmasang, ish jarayonida yurib aytishing mumkin-ku?

– Mehmonxonada, dam olish xonasida o'tira olmayman... Umuman vaqt top, qil! Kartoshka archganingda, pomidor to'g'raganingda qil...

Hatto o'tgan kuni bu erga bir bo'yoqchi keldi, qo'liga cho'tkasini olib, qo'shiq aytib bo'yay boshladi. U qo'shiq aytib ish qilayapti, sen nega zikr aytib ishingni qila olmaysan?

Hatto zikr qilib ovqat pishir. Zikrli ovqatning fayzu barakasi ham ko'p bo'ladi. Yeganga ham foydasi bo'ladi. Hullas, zikr qilib pishir...

Har doim zikr qilish mumkin, bahonaga o'rin yo'q. Beshta yoki   to'qqizta bolang bo'lsa ham, sutkasi bilan – 24 soat ishlasang ham orada zikr qilishing mumkin.

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ixtiloflar yechimi

02.07.2025   245   1 min.
Ixtiloflar yechimi

Ulamolar dinda ixtilof chiqarayotganlardan saqlanish uchun mazhab ahkomlarida mahkam turish, mutaassib g‘oyalarga berilmaslik zarurligini ta’kidlaydi va ixtilofchilarning jamiyatga buzg‘unchi ta’siridan saqlanishda quyidagilarni tavsiya qiladi:

– Ahli sunna val jamoa yo‘lidan yurish;

– Dinni o‘rganishda solih ajdodlar izidan borish;

– Tizimli va ishonchli manbalar asosida ilm o‘rganish;

– Ulamolarni hurmat qilish va ularga ergashish;

– Farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish;

– Turli toifa, firqa va guruhlarning chaqiriqlariga uchmaslik;

– Kishilar o‘rtasida ahil-inoqlik va do‘stlikni mustahkamlash;

– Din, Vatan va xalq foydasi uchun xizmat qilish;

– Ixtiloflardan chetda bo‘lish.

Tarixdan ma’lumki, qaysi xalq yoki jamiyatda ixtilof va o‘zaro nizolar avj olsa, u yerlarda katta fitnalar urchib, o‘lkalar zaiflashgan, oxir-oqibat muqarrar tanazzulga yo‘l tutgan. Aksincha, oshkora va maxfiy fitna va ixtiloflarga qarshi ilm, adolat va birdamlik bilan qarshi turgan yurtlar barqaror rivojlanib, dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallagan.

Shu nuqtayi nazardan, musulmonlarimiz aqida, shariat va diniy amallarni bajarish masalalarida ulamolarimizga ergashishlari, jamoadan ajralmasligi, o‘zlarini buzg‘unchi toifalar ta’siriga tushib, diniy mavzularda nizo va tortishuv chiqarishdan tiyishlari, ixtilofli masalalarning yechimini jumhur ulamolarning Qur’on va sunnat, moturidiya aqidasi, to‘rt mo‘tabar fiqhiy mazhablar asosida yozilgan asarlardagi hujjat-dalillardan topishlari to‘g‘ri yechim hisoblanadi.

Mingbuloq tumani “Toptiq Aziz” jome masjidi

imom-xatibi Mirzohid Umirzoqov

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA