Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Mart, 2026   |   21 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:26
Quyosh
06:44
Peshin
12:38
Asr
16:38
Shom
18:28
Xufton
19:39
Bismillah
10 Mart, 2026, 21 Ramazon, 1447

O'zbekiston Butunjahon Islom iqtisodi forumida qatnashadi

19.06.2021   1725   1 min.
O'zbekiston Butunjahon Islom iqtisodi forumida qatnashadi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Sidiqov 15 iyun' kuni Malayziya elchisi Hendi Assan bilan uchrashdi.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida ko'p qirrali O'zbekiston-Malayziya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajada bo'lib o'tadigan qo'shma tadbirlar jadvali va kun tartibini ko'rib chiqdi. Shu nuqtayi nazardan joriy yil 15-16 iyul' kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferentsiyada Malayziya tomonining hamda 15 iyul' kuni onlayn rejimda o'tkaziladigan Butunjahon islom iqtisodiy forumida O'zbekiston tomoni ishtirokining tashkiliy jihatlariga muhim e'tibor qaratildi.

Butunjahon Islom iqtisodiy forumi 2006 yilda Malayziya ko'magi bilan tashkil etilgan. BIIF Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning Yevropa davlatlari ishbilarmon doiralari bilan asosiy muloqot maydoni sanaladi. Shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalarini ishga solgan holda tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga yangi imkoniyatlar yaratish ham tashkilotning asosiy vazifalaridandir.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda

10.03.2026   536   1 min.
Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda

Xorijdagi elchixona va konsullik idoralari tomonidan chet eldagi vatandoshlar ishtirokida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan ko‘plab saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mehr-shafqat, bag‘rikenglik va saxovat oyi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va iftorliklar xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga milliy-diniy qadriyatlarni yetkazish maqsadida tashkil etilyapti.

“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan xayrli tadbirlar xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan yurtdoshlarni bir davraga birlashtirish imkonini bermoqda.

Uchrashuvlarda vatandoshlarimizga Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, islom dini arkonlari, muhtoj va ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash kabi masalalarda keng tushuncha berilmoqda.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda davlatimiz tomonidan yuborilgan diniy ulamolar ham qatnashib, hamyurtlarimizga islom dinining haqiqat, ezgulik, adolat, xayrixohlik, bag‘rikenglik borasidagi ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, diniy ma’lumotlardan foydalanish manbalari, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik kabi masalalarda fikr yuritmoqda.

Bugungi kungacha, Tokio, London, Doha, Jidda, Chongju, Vashington, Nyu-York, Nyu-Jersi, Filadelfiya, Anqara, Istanbul, Chanqay, Karabyuk, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kemerovo, Yekaterinburg, Vladivostok, Xabarovsk, Kaliningrad, Rostov-Don, Irkutsk, Qohira, Praga, Kuala-Lumpur, Boku kabi yirik shaharlarda iftorlik tadbirlari yuqori darajada tashkil etildi.

Chet eldagi elchixona va konsullik idoralari Ramazon hayiti bayramigacha yana ko‘plab shaharlarda milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda vatandoshlar ishtirokida ana shunday uchrashuv va iftorliklar o‘tkazishni reja qilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda
Dunyo yangiliklari