Ulamolar tashrifidan chekka-chekka hududlar ham chetda qolmayapti. Hususan, Islom tsivilizatsiyasi markazi mas'ul xodimi Abror Muxtor Aliy domla ham Namangan viloyatiga tashrifini Pop tumanidagi "Kichik Ho'jaobod" va "Muhammadjon qori" masjidlaridan boshlandi.
Asr namozini "Kichik Ho'jaobod"masjidida, shom namozini "Muhammadjon qori" masjidida jamoat bilan ado etgan masjid jamoalari, ahli ilmlar va aholi vakillari bilan muloqotlar o'tkazdilar. Suhbatda jamiyat a'zolarini qiynab kelayotgan oila, undagi burch va mas'uliyatlar, oilada ota-onaning o'rni, farzand tarbiyasi va hozirgi dolzarb mavzular haqida ma'ruza bo'ldi.
So'ng tumandagi extiyojmand, mexrga tashna insonlarga oziq-ovqat jamlanmasi va O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot matbaa ijodiyot uyida chop etilgan kitoblarni hadya sifatida topshirdilar.







Namangan viloyati safari davom etmoqda.
Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, 2025 yilda diniy soha vakillari faoliyati yuzasidan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazilib, sohadagi islohotlar, ustuvor vazifalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ma’naviy-ma’rifiy sohada faollik ko‘rsatgan bir qator soha vakillari taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati