Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2025   |   5 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2025, 5 Rajab, 1447

TARIHDAN BIR ShINGIL

14.05.2021   2763   8 min.
TARIHDAN BIR ShINGIL

Bugun 2021 yil 14 may kuni 101 yil to'ldi.

 

Nimaga deysizmi?

Vatan ozodligi uchun otilib chiqqan yigitlarning sardori – Madaminbek 1920 yil 14 may kuni fojeali tarzda halok bo'lgan.

1917 yil hokimiyat tepasiga kelgan Bol'sheviklar partiyasi Chor Rossiyasining bosqinchilik siyosatidan zada bo'lgan xalq ustida zulmu zo'ravonlikni battar oshirgani mazlumlar kahrini toshirib yuboradi. 1918 yildan boshlab Farg'ona vodiysining turli nuqtalarida yuragida o'ti bor yuzlab yigitlar qo'rboshilar atrofida uyushib, xudosiz bol'shevik (kommunistlarning eski nomi)larga qarshi janglar olib borishadi.

Kommunistlarga oid manbalarda "bosmachilar", mustaqillikdan keyingi asarlarda "milliy istiqlolchilar" deb nomlangan bu xalq askarlari o'zlarini "mujohidlar" deb atardilar. Tarqoq holdagi faoliyatning samarasizligini tushunib etgan istiqlolchilar etakchilari - qo'rboshilar qurultoy o'tkazib, Madaminbekni o'zlariga amir etib saylashadi. Ana shundan so'ng ishlar ancha oldinga siljiydi. Vatan himoyachilarining soni va salmog'i ortadi, lashkarning intizomi yaxshilanadi. Ular ko'plab qishloq va shaharlardan qizillarni siqib chiqarib, joylarda o'z nazoratlarini o'rnatadilar. Hatto ish shu darajaga etadiki, bol'sheviklar hokimiyati markaziy shaharlarda va temir yo'l stantsiyalaridagina saqlanib qoladi. Bol'sheviklarni butunlay supurib tashlab, milliy hokimiyat barpo etish istiqlolchilik harakatining g'oyasi edi.

Madaminbek begonalar qo'lida o'yinchoq bo'lib qolmaslik va boshqalarga qaram bo'lmaslik uchun tezlik bilan qurol-yarog' ishlab chiqarish choralarini ko'radi va o'ziga qaram bo'lgan hududda engil o't ochish qurollari ishlab chiqaruvchi tsex ochtiradi.

Maxsus harbiy ta'lim olmagan qo'rboshilar boshchiligidagi dehkon, kosib va hunarmandlardan iborat xalq lashkari qat'iyat va fidokorlik ko'rsatib, muntazam qo'shin bilan tengma-teng olishadi, ularning tinkasini quritib, malakali tahsil olgan general va ofitserlarni boshi berk ko'chaga kiritib qo'yadi.

Nihoyat, qizil armiya qo'mondoni Frunze Madaminbek bilan muzokara olib boradi. Ikki qo'mondon Farg'ona vodiysi Sovet davlatiga tobe avtonom jumhuriyat sifatida qoldirilib, undagi ichki ishlar erli xalq istagan usulda olib boriladi, degan yo'sinda tinchlik bitimi imzolanishiga kelishib olishadi. Bitim amalga oshmog'ining muhim sharti, qo'rboshilar tomonidan qizillarga qarshi qurolli harakatlar to'xtatilishi kerak edi. Madaminbek maydonda yurgan qo'rboshilarga hozirgi damda biz uchun tinchlik juda zarur, fursatdan foydalanib abgor ahvolimizni o'nglab olamiz, aks holda shu imkoniyat ham qo'limizda qolmaydi, kuchlar nisbati ruslar foydasiga o'zgarib, hozirgidan tuban ahvolga tushib qolsak, dushman biz bilan murosa qilib o'tirmaydi, hech qanday muxtoriyat ham bo'lmaydi, degan fikrlarni uqtirmoqchi bo'ladi. Lekin hissiyoti kuchli ba'zi qo'rboshilar Madaminbekni o'rislarga sotilganlikda ayblab, unga keskin qarshi chiqishadi. Sotqin degan ayb bilan qo'li yugurdak ba'zi "mujohidlar" darrov o'lim hukmini ijro qilishadi.

Shu o'rinda adolat yuzasidan Madaminbekni aynan kim o'ldirgani noaniq qolganini aytib o'tishimiz kerak. Ba'zilar bo'lib o'tgan ishlarni tahlil qilib, u bol'sheviklar tomonidan uyushtirilgan o'yin qurboni bo'lgan, deydilar. Ehtimol, bu gapda ham jon bordir. Asl voqea qanday bo'lgani Allohga ayon. Har nima bo'lganda ham u qizillar qo'l ostidagi hududda emas, u erdan chiqib, qo'rboshilar bilan uchrashuvga borgan joyida o'ldirilgani qayd etilgan. Bu fakt esa, vatan himoyachisining ishonchli yordamchisi bo'lishi mumkin bo'lgan qurol tor fikrli, qiziqqon kishilar qo'liga tushsa oqibati dahshatli bo'lishi haqidagi fikrni bot-bot xayolga olib kelaveradi.

Ko'p utmay Rossiya hududlarida Oqposhshoning bol'sheviklarga qarshilik ko'rsatayotgan kuchlari tor-mor etiladi. Zalvorli dushmandan qo'li bo'shagan qizil armiyaning kattagina qismi O'rta Osiyoga tashlanadi. Farg'ona vodiysidagi kuchlar nisbati ruslar foydasiga o'zgara boshlaydi. Milliy istiqlolchilar o'zaro ixtiloflar, etishmovchilik va boshqa sabablar bilan tarqoqlashib, ba'zilar engilib, asirga tushadi, ba'zilari qizillar tomoniga o'tib ketadi. Qolgan-qutganlari Vatandan bosh olib ketadi.

Ruslar tomoniga o'tib "kechirilgan"larning aksariyati 30-yillarning qatag'onlarida otib yuboriladi yoki uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

 

Shoir Muhammad Yusuf Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan qahramonlar haqida quyidagi she'ni yozgan:

 

“BOSMAChILAR”... 

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz, 
Tutun bo'lib to'zib ketdi taqdiringiz.
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz.
Ot o'ynatib yurmadingiz "bosmachilar"... 

Tuproq to'shak bo'ldi, bolish-egar boshda, 
Jaloliddin kabi mudom jahongashta.
Umringizning yarmi o'tdi tog'u toshda,
Ne kunlarni ko'rmadingiz "bosmachilar"... 

Qo'rg'oshinga qalqon bo'ldi o't ko'kraklar, 
Kafan bo'ldi qonga botgan oq yaktaklar.
So'nggi makon bo'ldi ba'zan chakalaklar, 
Odamday ham o'lmadingiz "bosmachilar"... 

Tushunmayin kim qarg'adi, kimlar sotdi, 
Ko'nglingizda alam, ko'zda yoshlar qotdi.
Ortingizdan goh bolangiz toshlar otdi, 
Yosh deb gina qilmadingiz "bosmachilar"... 

Uyingizda sizni kutdi kel, deb, to'ram,
Kelinchaklar kokillari taram-taram. 
Ko'ngilga yor sig'armidi yurtda qaram, 
Jangohlardan jilmadingiz "bosmachilar"... 

Kengashsangiz tor dunyolar keng bo'lardi, 
Ergash yoqa bo'lsa, Shermat eng bo'lardi,
Birlashsangiz kim ham sizga teng bo'lardi, 
Nechun ahil bo'lmadingiz "bosmachilar"... 

"Bosmachi"mish! Bunday demish qay bema'ni! 
Tutmaydimi uni bir kun Beklar qoni?! 
Hamma sizdek o'z yurtini suysa qani, 
Behuda qon to'kmadingiz "bosmachilar"... 

Siz yo'q, bunda ko'tarildi darpardalar, 
Otdan tushdi sariq mo'ylov sarkardalar 
Buxoroni to'pga tutgan sharmandalar, 
Afsus, afsus, ko'rmadingiz "bosmachilar"... 

Olmoslardan keskir edi shamshiringiz, 
Tutun kabi to'zib ketdi taqdiringiz.
Ming yigitga arzirdingiz har biringiz,
Ot o'ynatib yurmadingiz "bosmachilar"... 

Nima ham derdik, shoirni o'rtagan dard bu, alamli satrlar bu.

 

Sharofiddin Latipov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida

24.12.2025   7732   3 min.
2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qaror qilaman:

1. Quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:

(a) 2025 yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr – chorshanba;

(b) 2026 yilda:

(i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):  2 yanvar – juma, 28 may – payshanba, 29 may – juma, 31 avgust – dushanba;

(ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – shanba, 30 may – shanba, 31 dekabr – payshanba.

2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

(a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026 yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21 mart – Navro‘z bayrami hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026 yil 9 mart, 23 mart va 11 may – dushanba kunlariga ko‘chirilishi;

(b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr – shanba kunidan 31 dekabr – payshanba kuniga ko‘chirilsin.

4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:

(a) Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etsin;

(b) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin;

(v) “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin.

5. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga:

(a) mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

(b) uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.

6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PQ–452-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

8. Belgilansinki, ushbu Farmon 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. Mirziyoyev

O'zbekiston yangiliklari