Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyun, 2025   |   5 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:53
Xufton
21:28
Bismillah
01 Iyun, 2025, 5 Zulhijja, 1446

Ogoh bo'ling takfirchilar niqobda

12.05.2021   2902   17 min.
Ogoh bo'ling takfirchilar niqobda

2017 yil 2 fevral' kuni ahlisunna.uz  kanalida Muhammad ibn Abdul Vahhobning takfirchiligi nomli maqolada takfirchilar va ularning manfur asoschisi xaqida ma'lumot berilgandi. Jumladan, unda takfir – musulmonlarni kofirga chiqarish shariatda qoralangan ish bo'lib, ahli sunnat va jamoatdan og'ishgan toifalarning barchasi o'zlaridan boshqalarni kofirga chiqarish bilan tanilganlar. Ana shunday toifalardan biri Muxammad Ibn Abdulvahhob (m. 1703-1792 y.) tomonidan boshlab berilgan “mazhabsizlik” (hozirda salafiylik, deb yuritiladi) oqimi hisoblanadi. Uning boshlig'i avvalboshdanoq takfirchi ekanligi bilan tanilgan edi.

Hanbaliylar muftiysi Muhammad ibn Abdulloh ibn Humayd an-Najdiy (vaf. 1878) o'zining “As-Suhub al-vobila 'ala zaroih al-hanobila” nomli asarining 276-sahifasida bunday deganlar: “Unga (ya'ni, Ibn Abdulvahhobga) biror kimsa raddiya qilib, qilmishlarini ochib tashlasa, uni ochiqchasiga o'ldira olmasa, uni to'shagida yoki bozorda, tunda o'ldirib ketadigan kimsalarni yuborar edi. Uni bu o'ziga qarshi chiqqanlarni kofirga chiqarganligi va o'ldirishni halol sanagani uchun qilardi”.

Makkai mukarramada shofe'iylar muftiysi, mudarrislar raisi bo'lgan Ahmad Zayniy Dahlon esa “Ad-Durar as-saniyya fi-r-raddi 'ala-l-vahhobiyya” asarida bunday yozib qoldirganlar: “Ibn Abdulvahhob bunday der edi: “Men sizlarni tavhidga va Allohga shirk keltirmaslikka da'vat qilaman. Yetti osmon ostidagi barcha odamlar mutlaqo mushrikdirlar! Kimki biror mushrikni o'ldirsa, unga jannat bo'lsin!”.

Ibn Abdulvahhob va unga ergashganlar o'z vaqtida jami musulmonlarni kofirga chiqarganlar, qonlari va mollarini halol sanaganlar. Ahmad Zayniy Dahlon “Umaro al-balad al-harom” nomli asarining 297-298 sahifalarida quyidagilarni aytganlar:“Takfirchilar Toif shahriga kirib kelganlarida odamlarni qatliom qilganlar. Kattayu kichik, ma'mur-u amir, oqsuyak va oddiy insonlarni o'ldiraverganlar. Onaning qo'ynidagi sut emayotgan yosh go'dakni so'yib tashlaganlar. Odamlarni uylarida, hovlilarida o'ldirganlar, Qur'on darsini qilib o'tirgan jamoani ko'rib, ularni ham o'ldirib yuboraverganlar. So'ngra masjidga kirib, masjidda ruku' qiluvchi va sajda qiluvchilarni  ham o'ldirganlar. Mol-dunyolarni talaganlar. Hatto oyoqlari bilan mushaflarni bosqilaganlar, “Sahihi Buxoriy” va “Sahihi Muslim” singari hadis, fiqh nahv kitoblarini ham toptaganlar. Musulmonlarning mollarini talab, xuddi kofirlardan olinadigan g'animatlar singari taqsimlaganlar”.

Takfir – musulmonlarni kofirga chiqarish bugungi kunning eng katta balolaridan biridir. takfirchilarning boshlig'i Ibn Abdulvahhob bu ishni o'z toifasiga boshlab bergan kimsa hisoblanadi.

Takfirchilar aqida manhajida ham fiqh manhajida ham ahli sunnaga zid masalalar iddao qilib chiqqanlar. Shu bois Muhammad ibn Abdul  Vahhobga qarshi o'z zamonasida xam, undan keyin ham, bugungi kunda ham yuzlagan raddiya sifatida o'nlab kitoblar yuzlab maqolalar yozilgan. Ushbu oqim chiqibdiki, musulmonlar boshiga misli ko'rilmagan kulfatlar yog'dirib kelishmoqda. Yaqin sharq mamlakatlaridagi xunrezliklarning asosiy sababchisi takfirchilar oqimi mafkurasidir.

Takfirchilar tarixda ko'p mash'um iz qoldirganligi, takfirchilikni eshitganlar ulardan xazar qiladigan bir darajaga borib etganligi  sabab bugungi kun takfirchilari o'zlarini boshqa nom bilan ko'rsatib asl basharalarini  yashirishga harakat qilib kelishmoqda. Jumladan, ular o'zlarini Qur'oni va xadisga amal qiluvchilarmiz, Qur'on va hadis turganda mazhabga ergashilmaydi degan bahona bilan o'zlariga og'dirib olishga , takfirchilik mazhabiga ergashtirishga intilishmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan takfirchilarga xos asosiy belgilardan biri o'zlariga qo'shilmagan musulmonlani kufrda ayblash, ularga suiqasd uyushtirib qatl qilish, borgan joylarida mavjud hukumatga qarshi fitna qo'zg'ab bog'iylik qilish, talonchilik qilish, odam o'ldirish, ekinzorlarni kuydirish, shaharlarni, turar joylarni, sanoat korxonalarni vayron qilish, ishlab chiqarishni izdan chiqarish kabi islom shariati qaytargan ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Ho'sh ushbu ishlarni qaysi biri Qur'on va xadisga muvofiq?!

Bu aslida musulmonlarni chalg'itishdan boshqa narsa emas. E'tiborli odamga buni tushuntirish oson. Islomning besh ustuni bo'lgan barcha amallarni hanafiy mazhabida asosida amalga oshirilsa, misol uchun kundalik ibodatlarda tahorat qilish, namoz o'qish, ro'za tutish, zakot berish, haj ziyoratini amalga oshirishda amallarning barchasi mazhab ulamolari tomonidan Qur'on va hadisdan to'g'ri amal qilib ketaveradigan qilib hukm olinib ularning darajalari belgilangan. Jumladan, buyruq amallarlarda farz, vojib, sunnat, mustahab, qaytariqlarda esa harom va makruh darajalari mujtahid ulamolarimiz tomonidan belgilab berilgan. Hech qaysi biri Qur'on va xadisdan tashqaridan olingan emas. Balki har bir xanafiy mazhabida bajariladigan ibodatlarni barchasi Qur'oni karim hamda xadisi shariflardan dalillarga asoslagan. Burhoniddin Marg'inoniyning “Al-Hidoya” asarida har bir hanafiy mazhabi asosida amalga oshiriladigan amallarga Qur'oni karim hamda hadis nabaviyalardan dalillar keltirilgan. Demak hanafiy mazhabida ibodatlarini amalga oshirib kelayotganlar barcha amallarida Qur'on va hadisga muvofiq amal qilayotganlariga ishonchlari komil bo'lsin.

Shu o'rinda bir xikoya keltiramiz. Bir kampir shayxdan masala so'radi. Shayx unga: “Savolingga  Imom Molik so'zi bilan javob beraymi yoki Qur'onu sunnatdan?” dedi. Kampir aytdi: “Imom Molik so'zi bilan javob qilavering. U kishi Qur'on va sunnatni sizdan ko'ra yaxshi biladi”, dedi.

Aimma bildi qur'on ma'nisin tuz

Ko'ngilni qo'ymag'il sen har qayu yuz    (So'fi Alloyor)

Yuqoridagi baytda imomlar (mazhab imomlari) Qur'on ma'nosini to'g'ri bilishdi. Sen ko'nglingni har tarafga burmagin, deyilmoqda.

Takfirchilar asli kelib chiqishi Usmoniylar imperiyasini  parchalab tashlash, ichdan buzish uchun g'arb tomonidan yuzaga keltirilgan oqim hisoblanadi.  Bunga etarli tarixiy dalillar mavjud. Usmonli turklar davlati hanafiy mazhabida ibodatlarni amalga oshirib, hukmlarni xam hanafiy mazhabida  chiqarib kelishgan. Usmoniylarga qarshi o'laroq takfirchilar atayin kundalik ibodatlarni bajarishda hanafiylar ushlagan hadislarni ushlamasdan shoz va zaif yoki mansux (amali to'xtatilgan) hadislarni ushlab ibodatlar boshqa bir uslubda amalga oshirishgan. Bu qaysarlikdan boshqa narsa emas.

Keyingi o'zlariga bergan nomlari haqida gohida ular o'zlarini ahli sunna val jamoamiz deb o'zlarini takfirchiliklarini yashirishib takfirchilik manhajini davom ettirib kelishdi. Ulamolar ularni aqidaviy va fiqhiy masalalarda iddao qilgan masalalari ahli sunna val jamoa zid ekanini, ularni ahli sunnadan emasligini ta'kidlashdi. 2016 yilning avgust oyida Chechenistoning poytaxti Grozniy shahrida bo'lib o'tgan konferentsiyada islom olamining ko'zga ko'ringan 200 nafar ulamolari qatnashib takfirchi salafiylarni ahli sunna val jamoadan emas deb qaror qabul qilindi.

 Keyingi takfirchilar o'zlarining manhaji salafi solih deya salafiylarmiz deb iddao qila boshlashdi. Ular o'z ta'sirini muvaffaqiyatli tarqatish maqsadida “takfirchilik” nomidan voz kechishdi va boshqa nom ostida yashirinishdi. Ular o'zlarini “salafiylar” deb atay boshlashdi. Aslida, Payg'ambarimizdan sollallohu alayhi vassallam keyin uch yuz yil yashagan musulmon olimlari salaflar deb ataladi. Aslida xaqiqiy salafi solihlar to'rttala mazhab sohiblari ekani ulamolar tomonidan isbotlab berildi.

Avvalgi takfirchilar mazhabni mutlaq inkor qilib ba'zida kofirga ham chiqarib kelgan. Bugungi kun takfirchilari o'zlarini mazhabni inkor qilmagan holatda ko'rsatib takfirchiligini yashirib, yana aqidada takfirchilik g'oyalarini tarqatishmoqda. Ahli sunna val jamoaning ikkita aqilaviy ta'limot asoschilari ahli sunna val jamoa aqidasi himoyachilari bo'lgan Moturidiylar hamda Ash'ariylarni ahli sunnadan emas, adashgan deya iddao qilishmoqda. Mustaqillikning ilk kunlarida yurtimizga kirib kelgan takfirchilarning birinchi boshlagan ishlari mazhabni inkor qilish, mazhabdagilarni mushriklikda ayblash bilan boshlangan. Shu orqali turli nizolar yuzaga keltirishgan.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda faol da'vat ishlarini olib borayotgan haddan oshgan jamoalar, takfirchilik xaqida lom mim demayapdilaru faqat takfirchilik g'oyalarini ilgari surishmoqda. Ular hatto Muxammad ibn Abdul Vahhob xaqida umuman ma'lumot berishmayapdi. O'zlarini xaqiqiy musulmonlar, ularga ergashmaganlarga, ularga raddiya berayotganlarga nisbatan turli ta'na toshlarini yog'dirish bilan mashg'ul bo'lishib ularni yomonotliq qilib ko'rsatishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda yana ko'proq Ibn Taymiyaning fikrlari ko'proq tarqatiladi. Ibn Taymiya ahli sunna aqidasiga zid g'oyalarni iddao qilib chiqqani va o'zining shoz (ko'pchilikka qarshi) fatvolari sabab u hayoti davomida to'rt marta mahkamaga tortilib zindonga tashlangan. Zamonasining ko'zga ko'ringan ahli sunna ulamolarining majlisida u o'z aqidasini himoya qila olmaganidan so'ng Ibn Taymiya o'z aqidasidan qaytib tavba qilgani haqida aniq ma'lumotlar mavjud. (Ibn Taymiyaning tavbasining to'liq matni mavjud). Oxirgi marta u payg'ambarimiz qabrlarini ziyorat qilish uchun safar belbog'i bog'lanmaydi, degan fatvo bergani uchun yana mahkamaga tortilib umrining oxirigacha zindonda o'tirgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Buxoriy nomi bilan audio video ma'ruzalari tarqatilayotgan Mirzag'olib ismli shaxs Muhammad ibn abdul Vahhobning “Al-usulus-salosa” nomli risolasini tarjima qilib kitobdagi g'oyalarni to'lib toshib targ'ib qilgan. Ammo muallifni Muxammad rahimahulloh deb qo'yaqolgan. Qaysi Muhammad ekani haqida mutlaqo gapirmagan. Aslida kitob muallifi Muhammad ibn Abdul Vahhob bo'lib uning shaxsi  haqida biror narsa demagan. Bu shaxs o'zini yana hanafiy qilib ko'rsatib ba'zi fiqhiy masalalarni hanafiylik asosida gapirgan. Ushbu shaxs MDH mamlakatladaridagi barcha masjid va madrasalarni ziror deb, ushbu masjid va madrasalarga kirmaslikka chaqirgan. Shuningdek u Muhammad ibn Abdul Vahhob tomonidan o'ylab topilgan tavhidni rububiya, uluhiya va asmoi sifatga bo'lib islom ummatini kofirga, mushrikka chiqarishga asoslangan takfirchilikni targ'ib etib yana Muhammad ibn Abdul Vahhob xaqida hech narsa demay takfirchilikni targ'ib qilib o'zini takfirchiligini yashirgan. 

Shuningdek bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda faol targ'ibot ishlarini olib borayotgan fiqhiy masalalarda o'zini hanafiy qilib ko'rsatib aqidada ibn Taymiya va Muhammad ibn Abdul Vahhobning ahli sunnaga zid aqidalarini faol targ'ib qilayotgan ko'zga ko'ringan targ'ibotchilari ham mana shu uslubdan ustamonlik bilan foydalanib yoshlarga salafiylik, takfir aqidasini singdirishga urinishmoqda. Qo'shtirnoq ichidagi ulardan bittasi yaqinda bir audio ma'ruzasida kim Alloh taoloni osmonda demasa kofir bo'ladi, degan. Ko'pincha fiqhiy masalalarni hanafiy mazhabi asosida savollarga javob berib o'zini go'yo hanafiy qilib ko'rsatadigan bu shaxs takfirchilar aqidasini idddao qilmoqda. Ibn Taymiya ham Allohni osmonda deb makon isbot qilish aqidasidan tavba qilgani xaqida aniq dalil mavjud. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Allohdan o'zga iloh yo'q, Muxammad alayhissalom Allohning rasulidir, deb guvohlik beraman  degan musulmon mo''min ekanini ta'kidlaganlar. Alloh osmonda deb e'tiqod qilishga targ'ib etish Alloh va Rasuliga to'qimadir. Ahli sunna val jamoa ulamolari ijmo' qilgan aqida masalalari Alloh taologa makon isbot qilinmaydi. Bu mujassimalarning aqidasidir. Bunga mo''tabar barcha aqida matnlariga yozilgan sharhlarda keng izoh berilgan (bu mening shaxsiy so'zim emas). Kalimai shahodatni aytgan kishini obro'si qoni moli harom ekanini hajjatul vado'da Payg'ambarimiz alayhissalom ta'kidlaganlar. Takfirchilar kim ularni aqidalarini qabul qilmasa, kofirga chiqarishda davom etishmoqda.

Ushbu oqim targ'ibotchilaridan yana biri o'zining audio ma'ruzalarida hanafiylik mazhabi asosida ayrim fiqhiy masalalarni gapirsada, muayyan bir mazhabni ushlab unga amal qilish mutaassiblik degan. Yana u Qur'on xadis turganda mazhab ushlanmaydi, deb odamlarni chalg'itishga uringan. Ahli sunna val jamoaning ikkita aqidaviy ta'limot asoschilari Moturidiylar hamda Ash'ariylarni ahli sunnadan emas adashgan, deya iddao qilgan. Aslida esa fiqhiy masalalarda barcha hukmlarni mazhab ulamolari Qur'on va xadisdan olishgan.

Bugungi kunda takfirchilar turli nomlarda namoyon bo'lib o'zlariga islomiy nomlarni berib vayronkor g'oyalarni ilgari surib, musulmon diyorlarda vayronkorliklarni amalga oshirib kelishmoqda. Yaqin sharq mamlakatlarini, jumladan, Suriya, Liviya, Somali, Afg'oniston, Iroq kabi mamlakatlarni vayron bo'lishiga, begunoh odamlarni, yosh bolalar, qariyalar, ayollarni o'ldirilishiga, milionlab insonlarni yurtlarini tashlab qochoqqa aylanib o'zga yurtlarda xor zor bo'lishiga, ushbu mamlakatlarda iqtisod umuman izdan chiqib ishlab chiqarish barbod bo'lib ocharchilik kelib chiqishiga aynan mana shu mafkura sababchi bo'lmoqda. Shu jumladan Makka shahrining sobiq imomlaridan Kalboniy degan kishi IShIDni ham o'zlarining takfirchi, salafiy aqidasida ekanini e'tirof etgan.

Ahlisunna.uz kanalida e'lon qilingan yana bir maqolada ular kitob nashr qilishda xam Muhammad ibn Abdulvahhob e'tiqodini tarqatishda vahhobiylik nomini yashirishib kelayotgani aytilgan. Kitoblar chiqqanda haqiqiy muallif ismi yashiriladi va uning o'rniga boshqa bir kishining nomi yoziladi. Bunga misol, Moskva shahrida “Badr” nomli nashriyot Muhammad ibn Abdulvahhobning “Yakka xudolik kitobi” nomi ostida kitob chop qilgan. Muallif o'rnida Muhammad ibn Sulaymon at-Tamimiy ko'rsatilgan. Kitob bir necha bor turli nashriyotlarda chop qilingan va Rossiya, O'rta Osiyo va Kavkaz orti respublikalarida tarqalib bo'lgan. Shunga o'xshash boshqa misolni keltirishimiz mumkin. Ular rus tilida “Shubhalarni ketkizish” (Kashfush shubuhot) nomli risola chop etishdi. Unda tarjimon – Muhammad Abdullodan boshqa hech nima yo'q. Chop etish sanasi, nashriyoti va hokazo ko'rsatilmagan. Muallif sifatida yana o'sha Muhammad ibn Sulaymon at-Tamimiy ko'rsatilgan. Haqiqiy muallif kimligini arab tilida yozilgan “Kashfush shubuhot”ni o'qigan kishi biladi xolos. Ushbu risola 2000 yillargacha haj ziyoratiga borgan hojilarga tekin tarqatilar edi. Ba'zida hojilar ushbu risolani olib kelganiga guvohmiz. U arab tilida bo'lib, muallif Muxammad ibn Abdul Vahhobdir.

Islom va musulmonlarga ushbu takfirchi jamoalarning nima foydasi tegmoqda?. Bilaks ulardan islom va musulmonlarga zarardan boshqa narsa etmayapdi. Jumladan, begunoh musulmonlar, yosh bolalar, ayollar, qariyalar qurbon bo'lishmoqda.

 Urushlar natijasida milionlab odamlar uylarini, vatanini tark qilib o'zga yurtlarga ko'chib ketishga majbur bo'lishmoqda. Ayrimlari dengizda suvga g'arq bo'lib halok bo'lmoqda.

Zavod fabrikalar vayron bo'lib ishlab chiqarish butunlay izdan chiqib odamlar ishsiz qolishiga sabab bo'lmoqda. Buning natijasida odamlar, ayniqsa yosh bolalar ocharchilik qurboni bo'lishmoqda. Shuningdek tibbiyot va ta'lim muassasalari vayron etilib tizim butunlay izdan chiqqan.

Eng yomoni g'arbda islomni yomon otliq bo'lishiga bular sababchi bo'lishmoqda. G'arbda islom terror dini deb turli ta'na toshlari yog'ilishiga, muqaddas dinimizni, payg'ambarimizni karikatura qilinishga sababchi bo'lishmoqda.

Yuqoridagi misollardan kelib chiqib barchani, ayniqsa yoshlarimizni ogohlikka chaqirib qolamiz. Takfirchilar nima sababdan asl basharalarini yashirishmoqda. Kufrda, munofiqlikda, fosiqlikda ayblash, ta'nakorlik, fitna qo'zg'ash, qotillik, terror, talonchilik takfirchilarga xos ko'rinish. Bularning aniq basharasini faqatgina aqida ilmidan xabardor kishigina biladi. Shuning uchun  ahli imon mo''min musumonlardan Tahoviy aqidasi, Fiqhul akbar, Bad'ul amoliy kabi aqida matnlarining tarjimalari chop etilgan bo'lib ushbu kitoblarni o'qishni, tushunmagan joylarini ahli ilmlardan so'rab olish zarur. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu toifaga mansub kishilarni g'iybat, ig'vo, haqoratli so'zlar, rasmiy diniy ulamolarni saroy mullalari deya obro'sizlantirib o'zlariga qaratish, hukumat rahbarlariga ta'na toshlari otish, kufrda ayblash kabi belgilardan tanib olishingiz mumkin. Ehtiyot bo'ling yovuzlik, shafqatsizlik, buzg'unchilik g'oyalarini tarqatayotganlarning tuzog'iga ilinib qolmang.

D.Abduqadirov

VIDEO
Boshqa maqolalar

Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda

30.05.2025   6766   2 min.
Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda

#xabar #haj2025

Makka shahrida ziyoratchilar joylashgan mehmonxonalarda ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ulug‘ ibodat ahkomlari va hojilik odoblari haqida mav’izalar qilinmoqda. Yurtimizda keyingi yillarda haj va umra safarlarini yuqori darajada tashkil etilayotgani, yurtdoshlarimizga ushbu ibodatlarini chiroyli ado etishlari uchun har tomonlama qulaylik va sharoitlar hozirlashga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanmoqda.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari,  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Qur’on va tajvid bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulla Maxdum o‘g‘li, Fatvo markazi direktori o‘rinbosari G‘ulomjon domla Xolboyev, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, Toshkent shahar vakili o‘rinbosari Abdulloh domla Yo‘ldoshev, “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Muhammadamin domla Alixonov, “Eshon Boboxon” jome masjidi imom-xatibi Tavakkal domla Kenjayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Muhammadbobur domla Yo‘ldoshev kabi ulamolar hojilarga suhbatlar qilib berishmoqda.

 

Uchrashuvlarda tabarruk shaharlar qadr-qimmati, bu yerlarda ziyorat va ibodat qilish ulkan saodat ekani, bu ulug‘ joylarda Rasul alayhissalom yurganlari, Islom tarixidagi muhim voqealar sodir bo‘lgani, haj ulug‘ ibodatligi, bunday sharafga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytish, har bir ziyoratchi haqiqiy hojilik maqomiga yetishish yo‘lida yuksak ixlos, go‘zal odob bilan harakat qilish tavsiya etilmoqda.

 

Shuningdek, ma’rifiy suhbatlar chog‘ida, avvalo, niyatni to‘g‘ri qilish, doimo Alloh taoloning zikpi bilan band bo‘lish, ictig‘fop, dyolar va Qyp’oni kapimni tilovatini ko‘paytirish, tilni behyda co‘zlapdan tiyilish, qo‘lidan kelganicha odamlapga yaxshilik qilish, qalbni mashg‘yl qiluvchi narsalardan xoli bo‘lish, o‘zini kamtar tytish, zeby ziynatga e’tibop bepmaclik singari haj odoblariga amal qilish hajning mabrur bo‘lishiga sabab bo‘lishi haqida shar’iy dalil va hayotiy misollar asosida eslatib o‘tilmoqda.

Suhbatlar nihoyasida ziyoratchilar bilan haj ibodatiga doir savol-javoblar ham bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda Ulamolar ziyoratchilarga ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda