Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2025   |   11 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:28
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2025, 11 Ramazon, 1446

Bir oyat tafsiri: Hidoyat, rahmat va mag'firat oyi

15.04.2021   1853   6 min.
Bir oyat tafsiri: Hidoyat, rahmat va mag'firat oyi

«Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga engillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi. Bu – hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishingiz va shukr qilishingiz uchundir» (Baqara, 185).

Dastlab ro'za tutish ma'lum kunlardagina farz bo'lgan edi. Muoz ibn Jabal, Ibn Abbos, Ibn Mas'ud (roziyallohu anhum) rivoyatiga ko'ra ro'za Islomning avvalida oldingi ummatlarning ro'zasi kabi har oyda uch kun tutilgan. Bu holat Nuh (alayhissalom) davrlaridan to Ramazon oyi ro'zasi farz qilinguncha davom etgan.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida har oy uch kun hamda ashuro kuni ro'za tutganlar. So'ng: "Ey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo'lsangiz. Sanoqli kunlarda. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. Madori etmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir" (Baqara, 183) oyati nozil bo'ldi.

O'shanda sog'lom va muqim kishi ixtiyorli bo'lib, xohlasa ro'za tutar, xohlamasa bir miskinga taom berardi. Salama ibn Akva'dan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: "Alloh taolo ro'za haqidagi oyatni (Baqara, 183)nozil qilganidan so'ng, bizlardan kim xohlasa, ro'za tutar, xohlamasa ro'zasi o'rniga bir miskinga taom berardi".

So'ngra: "Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin" oyati tushdi va musulmonlar uchun ro'za tutish qat'iy lozim bo'ldi.

Bu oyat nozil bo'lganida musulmonlar iftorlikdan to uyquga yotgungacha taomlanishlari mumkin edi.

Agar tunning bir qismida uyg'onsalar taom eyishlari va ahli bilan yaqinlik qilish mumkin emasdi.

Keyin bu oyat: "...Shuningdek, tonggacha, ya'ni oq ipning qora ipdan (tongning tundan) ajraladigan vaqtigacha eb-ichaveringiz. So'ngra, ro'zani kechgacha (quyosh botguncha) mukammal tutingiz!" (Baqara, 187) nozil bo'ldi va bandalar kechasi tong otgungacha eb-ichishi va boshqa muboh ishlarni qilishlari mumkin bo'ldi.

Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Odam bolasining hamma amali bir necha barobar oshiriladi: bitta yaxshilik o'n barobaridan etti yuz barobarigacha oshiriladi. Alloh taolo: "Ro'za unday emas. Ro'za Men uchundir. O'zim uning mukofotini beraman. Zero, Odam bolasi shahvati va taomini Men uchun tark qiladi", deb marhamat qilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Ro'zador uchun ikki quvonch bor: iftor qilganidagi bir quvonch, Parvardigoriga yo'liqqanida bir quvonch. Ro'zador og'zining hidi Alloh taolo uchun mushkning hididan ham yoqimliroqdir. Ro'za pardadir. Birortangiz ro'za tutsa, yomon gapirmasin va baqirib-chaqirmasin. Biror kishi uni so'ksa yoki urishsa, "Men ro'zadorman!" desin" (Muttafaqun alayh).

Ro'za ibodatlarning eng ulug'i, fazilatlisidir. Uning savobi faqat tutgan kishi uchundir, kamaytirilmaydi ham, boshqalarga olib berilmaydi ham. Alloh taolo bu oyni barchamiz uchun barakotli qilsin.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muborak oy shukuhi: "Mavlono" qabristonida ham hashar o‘tkazildi

10.03.2025   2467   1 min.
Muborak oy shukuhi:

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
 

Uning doirasida Namangan shahridagi "Mavlono" qabristonida tashkil etilgan xasharda mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlardan iborat mingga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.


"Mavlaviy" ziyoratgohi oldida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda bir guruh imomlar, nuroniylar bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ezgu ishlarni davom ettirish mavzusida suhbatlashdi. 


Shuningdek, tadbir doirasida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhiga Qur’on tilovot qilindi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida qurbonlik so‘yilib, xayru saxovat ishlari amalga oshirildi. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada ko‘rkamlashtirildi. 


Bu kabi xayrli tadbirlar nafaqat marhumlarning ruhini shod etish, balki jamoatchilikni birlashtirish, avlodlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati

Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi:
O'zbekiston yangiliklari