frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

TALABAMAN, RO'ZA TUTMASAM BO'LADIMI?

15.04.2021   6205   1 min.
TALABAMAN, RO'ZA TUTMASAM BO'LADIMI?

Talaba bo'lganim sababli ro'za tutishga qiynalaman. Do'stim: “Ro'za tutishga qiynaladigan kishi iftorlik qilib berishi kerak”, dedi. Agar iftorlik qilib bersam ro'za tutganlik savobini olaman-mi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro'za tutishga qiynalish ro'za tutmaslikka uzr bo'la olmaydi. Ro'za tutmaslikka ruxsat berilganlar qatorida bemorlar, musofirlar, o'ziga yoki bolasiga zarar etishidan qo'rqadigan homilador va emizikli ayollar zikr qilingan. Alloh taolo bandalarini toqatidan ortiq ishga taklif qilmaydi. Bandalarning toqati etishini bilgani uchun ro'zani farz qilgan. Do'stlariga iftor qilib berib, ro'za tutmay yursa bo'ladi, degan gap mutlaqo noto'g'ridir. Ro'zadorlarga iftorlik qilib berish savobli amal, farz, vojib emas. Lekin ro'za tutish farzi ayndir! Allohdan yordam so'rab, ro'za tutishni boshlang!

RAMAZON-2021
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

24.08.2026   21205   1 min.
“The Jordan Times”: Toshkentda islom sivilizatsiyasi va yangi kashfiyotlarga bag‘ishlangan xalqaro media forumi o‘tkaziladi

Iordaniyaning  nufuzli “The Jordan Times” nashrida 24–29 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” xalqaro media forumi haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Maqolada yozilishicha, tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, yetakchi ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.

O‘zbekistonning Iordaniyadagi elchixonasining ma’lum qilishicha, ushbu forum dasturidan yalpi majlislar, media ko‘rgazmalar, matbuot brifinglari va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘rin olgan. Uchrashuvlarda hujjatli kino va tarixiy xotira, nashriyot loyihalari va zamonaviy texnologiyalar, xalqaro media loyihalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik talabalar uchun jahon media sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. Ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, media ishlab chiqarish va xalqaro axborot makonida samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tajriba almashadi.

Nashrda qayd etilishicha, forum ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga sayohat qilishadi. Safar doirasida mehmonlar Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishadi. Shuningdek, Toshkentda xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus mediatur o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Forum 28 avgust kuni yakuniy yalpi majlis va rasmiy yopilish marosimi bilan yakunlanadi. Mehmonlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari