O'zbekiston Saudiya Arabistoniga za'faron savdosini yo'lga qo'yishi haqida xabar bergan edik. Bu savdo aloqalari kundan-kunga rivojlanib bormoqda jumladan, O'zbekiston elchisi Ulug'bek Maqsudov milliy mahsulotlarni Saudiya bozoriga eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistonining “Edweiat” kompaniyasi raisi Sulaymon As-Samariy bilan uchrashdi.
Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, “Edweiat” kompaniyasi podshohlikda tabiiy va organik mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanadi. Kompaniya rahbari Sulaymon As-Samariy esa O'zbekistonda “Mehrigiyo” brendi ostida giyohlar va tabiiy o'simliklardan tayyorlangan turli mahsulotlarni Saudiya Arabistonidagi dileri etib tayinlangan.
“Mehrigiyo” kompaniyasi mahsulotlariga katta qiziqish bilan qarashi bejiz emasligini As-Samariy ta'kidlab: “Kompaniya kichik korxona shaklida tashkil etilgan bo'lib, so'ng fitoterapiya va muqobil tibbiyot sohasi mutaxassislari sa'y-harakatlarini birlashtirish, zamonaviy farmatsevtika va qadimiy Sharq tabobatining ilmiy yutuqlarini o'zida mujassam qilgan. Hozirda ushbu brend O'zbekistonning ichki bozorida hamda chet davlatlarda salomatlik va go'zallik uchun ilg'or mahsulotlarni taqdim etishga muvaffaq bo'lmoqda”, - dedi u.
Mazkur sohada O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotganidan Saudiyalik ishbilarmon mamnun ekanini va u mamlakatimizga tashrifi davomida mahsulot tayyorlash jarayonini yaqindan kuzatganini aytgan. Muloqotda dastlabki bosqichda Ar-Riyod shahrida “Mehrigiyo” mahsulotlari savdosi uchun maxsus do'kon tashkil etilishi va uning ochilish marosimini o'zbek brendi asoschilari ishtirokida o'tkazilishini ma'lum qilgan.
azon.uz